Xalqaro tadqiqotlar va ta’limda innovatsion texnologiyalar



Yüklə 93,94 Kb.
səhifə6/6
tarix14.12.2023
ölçüsü93,94 Kb.
#178227
1   2   3   4   5   6
“Xalqaro tadqiqotlar va ta’limda innovatsion texnologiyalar” fanining texnologiya o‘qituvchisini tayyorlashdagi ahamiyati

XULOSA VA TAVSIYALAR
Xulosa o‘rnida shuni aytish mumkinki, Xalqaro tadqiqotlar va ta’limda innovatsion texnologiyalar fanining texnologiya o‘qituvchisini tayyorlashdagi ahamiyati beqiyosdir.
Bugungi kunda dunyoda to‘rtinchi texnologik inqilob mavjud, tezkor axborot oqimlari, yuqori texnologiyali innovatsiyalar va rivojlanishlar hayotimizning barcha sohalarini o‘zgartirib bormoqda. Ta’lim sifatini oshirish maqsadida qabul qilingan farmon va qonunlarda, xalq ta’limi tizimiga ilg‘or xorijiy tajribalar, o‘quv-tarbiya jarayoniga zamonaviy pedagogik texnologiyalarni, jumladan ta’lim berishning inno vasion usulllarini joriy etish, o‘quv va o‘quv-uslubiy adabiyotlarni yangi avlodlarini joriy etish va amaliy ilmiy tadqiqotlarni amalga oshirish belgilangan. Shuningdek, umumiy o‘rta ta’limning yangi davlat ta’lim standartlari va o‘quv dasturlarini tako millashtirish va shu bilan birga STEAM metodlarini bosqichma-bosqich amalga oshirish belgilangan.
Ko‘p yillik kuzatishlar shuni ko‘rsatadiki, boshlang‘ich sinf o‘quvchilari, keyinchalik esa bitiruvchilar u yoki bu fanlarni o‘rganib, boshqa fanlarni o‘rganishga qiynaladi, ularda mustaqil fikrlash, olingan bilimlarga o‘xshash yoki yangi vaziyatlarga ko‘chira bilish ko‘nikmalari yetishmaydi. Bularning hammasi dars jarayonida turli fanlar bo‘yicha mashg‘ulotlarning o‘zaro kelishmovchiligi tufayli sodir bo‘lmoqda. Bu holatda integratsiya bir predmet bo‘yicha bilimlarni ikkinchisiga ko‘chirish va faoliyatning almashinishi emas, balki zamonaviy fanlar integratsiyasi yo‘nalishlarini aks ettiruvchi yangi didaktik ekvivalentlarni yaratish jarayonidir. Qator olimlar maktab ta'limini integratsiyalashning muhimligiga e'tibor qaratsa, ba'zilari integratsiya darsni samarali tashkil qilish vositasi, predmetlar aloqalarini yangi pog‘onalarga ko‘tarish shakli, deb hisoblaydi.
TAVSIYALAR

  • Xalqaro tadqiqotlar va ta’limda innovatsion texnologiyalar fanini bakalavrlar uchun ham keng ko‘lamda o‘tish maqsadga muvofiq;

  • Bu fan bo‘yicha keng ko‘lamli ilmiy tadqiqot ishlarini yo’lga qo’yish kerak;



1 Mardanova F. Ta’limda STEAM texnologiyasi. Tafakkur manzili jurnali. №5. 2022.




Yüklə 93,94 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin