Xalqaro tadqiqotlar va ta’limda innovatsion texnologiyalar


-§. “Xalqaro tadqiqotlar va ta’limda innovatsion texnologiyalar” fanining texnologiya o‘qituvchisini tayyorlashdagi ahamiyati



Yüklə 93,94 Kb.
səhifə3/6
tarix14.12.2023
ölçüsü93,94 Kb.
#178227
1   2   3   4   5   6
“Xalqaro tadqiqotlar va ta’limda innovatsion texnologiyalar” fanining texnologiya o‘qituvchisini tayyorlashdagi ahamiyati

1.2-§. “Xalqaro tadqiqotlar va ta’limda innovatsion texnologiyalar” fanining texnologiya o‘qituvchisini tayyorlashdagi ahamiyati
Mamlakatimizda amalga oshirilayotgan yangi o‘quv rejalari va dasturlariga o‘tish davrida jamiyat va atrof-muhit o‘rtasidagi aloqalarni uyg‘unlashtirish, atrof-muhitga jiddiy munosabatni o‘rnatish va shakllanish masalalari muhim ahamiyat kasb etadi. Gegel falsafadagi uslubni mazmun harakatining shakli sifatida ko‘rsatadi. Ta'lim jarayonida turli hil tizimlar orqali o‘qituvchi va u bilan birga o‘quvchilar o‘z bilim, qobiliyat va ko‘nikmalarini deduksiya, induksiya, sintez, umumlashtirish, aniqlashtirish, taqqoslash shaklida ifodalashadi. Barcha mantiqiy jarayonlar uslubning mazmun bilan uzviy bog‘langan ichki tomonini tashkil qiladi. Boshlang‘ich sinflarda o‘quv jarayoni foydalanilayotgan usul, uslub va shakllarining turli - tumanligi bilan ajralib turadi.
Ma'lumki, atrof-muhitga jiddiy munosabatlar poydevori boshlang‘ich sinflarda o‘rgatiladi. Shuning uchun ta'limning natijasi maktab ta'limining 1-bosqichiga bog‘liq. Yangi psixologik-pedagogik tadqiqotlar kichik yoshdagi maktab o‘quvchilarining bilish faoliyati cheklanganligi haqida ilgarigi tushunchani ko‘rib chiqishga imkon beradi. Bu boshlang‘ich ta'limning barcha tarkibiy qismlarini o‘zgartirish va yangilashga asos yaratadi. Boshlang‘ich sinf o‘quvchilarining yosh xususiyatlariga javob beradigan va dars talablariga mos keladigan maqsadni aniqlash bunday yangilanishning asosiy masalasidir. Bir qator ishlar boshlang‘ich ta'limdagi fanlararo va fanlar ichidagi aloqalarga bag‘ishlangan. Bu muammolar o‘quv fanlarini integratsiyalashga o‘tishning yaqin rivojlanish sohasidir. Boshlang‘ich maktab fanlari integratsion aloqalarining mohiyati haqida olimlar orasida qaramaqarshiliklar ko‘p. Integratsiya atama va uslubiy nuqtai nazardan hodisa sifatida nima ekanligini ko‘rib chiqaylik. Integratsiya lotincha integration tiklash, to‘ldirish, integer-butun so‘zidan kelib chiqqan. Bu borada ikki tushunchaga egamiz: 1. Tizim, organizmning alohida tabaqalashtirilgan qism va vazifalarning bog‘liqlik holatini bildiruvchi tushuncha va shu holatga olib boruvchi jarayon. 2. Tabaqalashtirish jarayonlari bilan birga amalga oshirilayotgan fanlarni yaqinlashtirish jarayoni. Integrativ yondashish turli darajadagi tizimli aloqalarning obyektiv yaxlitligini aks ettiradi. (tabiat-jamiyat-inson). U tizim elementlarining yaxlitlik va uyushqoqlik darajasini oshirishga olib keladi. Integratsiyalash mobaynida bir-biriga bog‘liqlik hajmi oshadi va tartibga tushadi, shu tizim qismlarining ishlashi va o‘rganish obyektining yaxlitligi tartibga solinadi. Zamonaviy didaktika va metodikada ta'kidlanishicha, o‘quvchilarni o‘qitish, rivojlanishi va tarbiyasining muvaffaqiyatlari ularda dunyo birligi haqida tushunchani shakllanganligini, o‘z faoliyatlarini umumiy tabiat qonunlari asosida yo‘lga solish zaruriyatini tushunishlari, tabiatshunoslik kursida fanlararo va fanlar ichidagi aloqalarni yecha olishlari bilan bog‘liq. Ta'limdagi integratsiya o‘quv fanlari mazmunini konstruksiyalashga tizimli yondoshish orqali ko‘rib chiqiladi.
Integratsiyaning turli darajalari ajratiladi: boshlang‘ich – tabiat haqidagi elementar bilimlarni birlashtirish; oraliq – fanlar bo‘limlarini bo‘lish integratsiyasi; yakuniy - tabiatshunoslikni o‘rganish bilan bog‘liq bo‘lgan ta'limning oxirgi bosqichi integratsiyasi. Shu bilan birga, tabiiy-ilmiy ta'limni to‘liqroq va kengroq integratsiyalash imkoniyati ham inkor etilmaydi. Tabiat yoki predmet haqidagi eng oddiy bilimlarni hosil qiluvchi bog‘liqlikning eng soddasi ma'lum bir joy yoki tushuncha bilan chegaralangan lokal tasavvurdir. Bu bog‘liqlik boshqa bilimlarga nisbatan ajralgan, shuning uchun eng oddiy aqliy faoliyatni ta'minlaydi. Bu kichik maktab yoshiga xos. Biror bir tizimga tegishli bo‘lgan tasavvurlar eng sodda tizimli tasavvurlardir. Ular biror bir mavzu, predmet yoki hodisani o‘rganishi asosida hosil bo‘ladi. Biror bir predmetni bilish, yangi dalil va tushunchalarning tanlanishi ularni bir bilimlar bilan taqqoslanishi orqala amalga oshiriladi.
Bilimlarning eng oddiy umumlashtirishi sodir bo‘ladi, lekin olingan bilim hamma unga yaqin bo‘lgan bilimlar bilan bog‘lansa ayni muddao bo‘lar edi. Bunda o‘quvchilarning tahlil qilish va umumlashtirish faoliyatlari vujudga keladi. Tizim ichidagi tasavvurlar o‘quvchilarning butun bir fanlar tizimini bilishini ta'minlaydi (fizikaviy, kimyoviy, biologik, bilimlar tizimi), o‘rganilayotgan fan doirasida bilimlardan keng foydalanish kuzatiladi. Tizim ichidagi tasavvurlar, vaqt, muhit, son bog‘lanishlarini aks ettiradi. Predmetlararo tasavvurlar aqliy faoliyatning eng yuqori pog‘onasi hisoblanadi. Ular bilimlarning turli tizimlarini birlashtiradi, hodisa yoki jarayonning xilma-xilligini bilish imkoniyatini beradi. Shu bilimlar asosida umumiy tushunchalar kelib chiqadi. Tizimlararo tasavvurlarning shakllanishi, ularni bilimlardan foydalanishga, ularni bir-biriga bo‘ysundirishga, bilimlar chegarasidagi bo‘shliqlarni chegaralashga imkon beradi. Bayon qilingan psixologik dalillar yordamida boshlang‘ich, to‘liqsiz o‘rta va o‘rta maktab ta'limini integratsiyalashning asosiy xususiyatlarini aniqlash mumkin. S.P.Baranov, L.R.Bolotin, V.A.Slasteninning “Pedagogika” kitobida darslarda qo‘llanadigan fanlararo bog‘lanish ko‘rsatiladi, lekin integratsiyalashgan ta'lim muammolari aks etmagan.
Olimlar fikrlaridan shunday xulosaga kelish mumkinki, integratsiya differensiya jarayonlari bilan birgalikda fanlarni yaqinlashtirish va bog‘lash jarayoni bo‘lib, yangi, butun, yaxlit bo‘limlar yaratishga yordam beruvchi, fanlararo aloqalarni amalga oshiruvchi yuqori ko‘rinishdir. O‘quv predmetlari orasida integratsiya predmetlar tizimini inkor etmaydi va integratsiya tizimini takomillashtirish, kamchiliklarni bartaraf etish yo‘li bo‘lib, predmetlar orasidagi aloqalar va bog‘liqliklarni chuqurlashtirishga qaratilgan bunday yondashuv-differensiya va integratsiya orasidagi munosabatlarni tushunishga tayanadi. Pedagogikaning maqsadi bir hil maqsad vazifalarga ega bo‘lgan turli fanlarning element va qismlarini bir butunga birlashtirishga yo‘naltirilgan integratsiyani amalga oshirishda o‘qituvchilarga yordam berishdir.
Ko‘p yillik kuzatishlar shuni ko‘rsatadiki, boshlang‘ich sinf o‘quvchilari, keyinchalik esa bitiruvchilar u yoki bu fanlarni o‘rganib, boshqa fanlarni o‘rganishga qiynaladi, ularda mustaqil fikrlash, olingan bilimlarga o‘xshash yoki yangi vaziyatlarga ko‘chira bilish ko‘nikmalari yetishmaydi. Bularning hammasi dars jarayonida turli fanlar bo‘yicha mashg‘ulotlarning o‘zaro kelishmovchiligi tufayli sodir bo‘lmoqda. Bu holatda integratsiya bir predmet bo‘yicha bilimlarni ikkinchisiga ko‘chirish va faoliyatning almashinishi emas, balki zamonaviy fanlar integratsiyasi yo‘nalishlarini aks ettiruvchi yangi didaktik ekvivalentlarni yaratish jarayonidir. Qator olimlar maktab ta'limini integratsiyalashning muhimligiga e'tibor qaratsa, ba'zilari integratsiya darsni samarali tashkil qilish vositasi, predmetlar aloqalarini yangi pog‘onalarga ko‘tarish shakli, deb hisoblaydi. Demak, integratsiya - o‘quvchining turli fanlar bo‘yicha kuzatishlari va xulosalarini tasdiqlab yoki chuqurlashtirib beruvchi yangi dalillarni topib berish manbaidir. Ular faoliyatning turli shakllarini almashib turishi orqali o‘quvchilarning charchashi va asabiylashishini oldini oladi.
Masofaviy ta'lim Hozirda dunyo shunchalik tez rivojlanmoqdaki, bugungi yangilik ertaga eskirib qolyapti. Shuning uchun, ma'lumotlarni o‘z vaqtida olish maqsadida, odamzot informatsion texnologiyalarni yaratdi. Kompyuter - bu oddiy va qulay tarzda ma'lumotlarga yetish vositasidir. Ma'lumotlar bilan ishlayotgan shaxs, ma'lumotlarning qayerda joylashishidan qat'i nazar, xoh u shaharda, xoh jahonning boshqa nuqtasi bo‘lsin, uni olish imkoniyatiga ega bo‘lishi kerak. Hozirda shu va shunga o‘xshash boshqa muammolar kompyuterlar yordamida bartaraf qilinmoqda. Kompyuterlar inson hayotining barcha jabhalariga jadallik bilan kirib borapti va jahonda ularning soni va qo‘llanilish doirasi kengaygandan kengaymoqda. Bu esa kompyuterlarning kundankunga yanada rivojlanishini ta'minlayapti. Bularning hammasi ta'lim tizimiga ham o‘z ta'sirini ko‘rsatadi. Hozirda puxta bilimga ega bo‘lish uchun informatsion texnologiyalarni ham o‘zgartirish zaruriyati tug‘ilmoqda, chunki ta'lim tizimi har doim zamon talablariga mos kelishi kerak. Hozirgi zamon talabi esa yangi o‘quv muhiti, ya'ni yangi informatsion texnologiyalar yordamida ixtiyoriy joyda turib bilim olish, ixtiyoriy o‘quv yurtlari bilan aloqa qilish va jahonning ixtiyoriy nuqtasidagi ma'lumotlarni olishdir. Bunda bizga internet tizimi yordam berishi mumkin. Internet tizimi orqali ta'lim tizimi tashkil qilingan maktablar, kollejlar va o‘quv yurtlari hozirgi kunda rivojlanib borayotgan "virtual o‘quv yurtlari"ga birlashayotganini kuzatish mumkin.


Yüklə 93,94 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin