Xalqaro tashkilotlar Isoqulov Elbek



Yüklə 484,22 Kb.
səhifə2/4
tarix25.09.2022
ölçüsü484,22 Kb.
#64108
1   2   3   4
xalqaro tashkilotlar

NATO

  • (North Atlantic Treaty Organisation — NATO) — xalqaro davlatlararo harbiysiyosiy tashkilot. 1949 yil 4 apr. da Vashingtonda 12 davlat: AQSH, Buyuk Britaniya, Fransiya, Belgiya, Niderlandiya, Lyuksemburg, Kanada, Italiya, Portugaliya, Norvegiya, Daniya, Islandiya vakillari tomonidan Shim. Atlantika shartnomasi imzolangan. Shim. Atlantika hamkorligi kengashining «Tinchlik yoʻlida hamkorlik» dasturiga qoʻshilish toʻgrisidagi hujjatning Oʻzbekiston tomonidan imzolanishi (1994) respublikaning xalqaro tuzilmalarga integratsiyalashuvi jarayonida yangi bosqichni boshlab berdi. 1995-yil 16 avg. da Oʻzbekiston NATO bilan xavfsizlik toʻgʻrisidagi bitimni imzoladi.

Yevropa Ittifoqi.

Ushbu xalqaro tashkilotning tashkil topish tarixi aslida 1947-yilda «Ko‘mir va po‘lat» konsernining tashkil topishidan boshlanadi. 1993-yilda Yevropa Ittifoqi nomini olgan tashkilot Maastrixt (Niderlandiya)da 12 ta davlatning rahbarlari imzolagan shartnomaga binoan vujudga kelgan federativ davlat xususiyatlarini o‘zida birlashtirgan davlatlararo birlashmadir. Yevropa Ittifoqining maqsad va vazifalari quyidagilardir:

  • 1) Yevropa xalqlarining yaqin ittifoqini tashkil etish, muvozanatlashgan va uzoq muddatli iqtisodiy taraqqiyotga ko‘maklashish, bunda, ayniqsa, quyidagilardan foydalanish: ichki chegaralari bo‘lmagan makonni yaratish; iqtisodiy va ijtimoiy hamkorlikni kuchaytirish; yagona valyutani joriy etish;
  • 2) xalqaro sohada, ayniqsa, tashqi siyosatni va xavfsizlik sohasidagi siyosatni, kelajakda esa mudofaa siyosatini birgalikda yuritish orqali o‘z mohiyatini tasdiqlash;
  • 3) adliya va ichki ishlar sohalaridagi hamkorlikni rivojlantirish.

Yevropada Xavfsizlik va Hamkorlik Tashkiloti (YXHT)

  • 1975-yilda tashkil topgan xalqaro siyosiy tashkilotlardan biridir. 1992-yil 26-fevralda O‘zbekiston Respublikasi uning a’zoligiga qabul qilindi. Shu bois 1994-yildan O‘zbekistonning YXHTdagi vakolatxonasi Venada, 1995-yildan esa YXHTning Markaziy Osiyo mamlakatlari bilan aloqalari bo‘yicha byurosi Toshkentda faoliyat yuritmoqda. 1999-yilda ushbu byuroga YXHTning mintaqadagi markazi maqomi berildi. Markaz faoliyati nazariy jihatdan siyosiy-harbiy, iqtisodiy-ekologik va inson huquqlari kabi sohalarda O‘zbekistonda amalga oshirilayotgan tub islohotlarni qo‘llab-quvvatlashga qaratilgan.

Yüklə 484,22 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin