Mustaqil Davlatlar Hamdo‘stligi (MDH) 1991-yil 8-dekabrdagi MDH tuzish to‘g‘risida bitim va 1991-yil 21-dekabrdagi mazkur Bitim Protokoli asosida tashkil qilingan. Ozarbayjon Respublikasi, Armaniston Respublikasi, Belarus Respublikasi, Qozog‘iston Respublikasi, Qirg‘iziston Respublikasi, Moldova Respublikasi, Rossiya Federatsiyasi, Tojikiston Respublikasi, Turkmaniston, O‘zbekiston Respublikasi va Ukraina MDH ishtirokchi davlatlari hisoblanadi. MDH Ijroiya Qo‘mitasi Hamdo‘stlikning ijro etuvchi, ma’muriy va muvofiqlashtiruvchi idorasidir. Uning shtab-kvartirasi Minskda va bo‘linmasi Moskvada joylashgan.
Shanxay Hamkorlik Tashkiloti (SHHT).
Dastlab «Shanxay beshligi» deb nomlangan bu tashkilotga 2001-yilda O‘zbekiston Respublikasi a’zo bo‘lib qo‘shilgach «Shanxay Hamkorlik Tashkiloti» deb ataladigan bo‘ldi. Ayni paytda unga Rossiya Federatsiyasi, Xitoy Xalq Respublikasi, O‘zbekiston, Qozog‘iston, Tojikiston, Qirg‘iziston Respublikalari, Hindiston, Pokiston va Eron rasman a’zodirlar. (Mongoliya va Belorus kuzatuvchi maqomiga ega.) Xavfsizlikni ta ’minlash, mintaqaviy barqarorlikni mustahkamlash, ekologiya muammolarini birgalikda hal qilish, savdo-sotiq aloqalarini chuqurlashtirish, ilmiy-texnikaviy, madaniy-ma’rifiy sohalardagi munosabatlarni kengaytirish va boshqa hayotiy muhim yo‘nalishlar bo‘yicha muammolami hal etish SHHTning asosiy vazifalari sirasiga kiradi.
Yevroosiyo Iqtisodiy Hamjamiyati
Markaziy Osiyo Hamkorligi (Qozog‘iston, O‘zbekiston, Qirg‘iziston) tashkilotining 2005-yil 6-7-oktabr kunlari Sankt-Peterburg shahrida bo‘lib o‘tgan sammitida MOHT bilan Yevroosiyo Iqtisodiy Hamjamiyatini birlashtirishga kelishib olingan edi. Mazkur ikki tashkilotning maqsad va vazifalari ko‘p jihatdan o ‘xshash hamda bir-biriga yaqin bo‘lganligi O ‘zbekistonning Yevroosiyo Iqtisodiy Hamjamiyati safidati joy olishiga olib keldi. 1995-yilda Bojxona ittifoqi negizida tuzilgan bu tashkilotning strategik maqsadi a ’zo davlatlar o‘rtasida integratsiyani rivojlantirishga qaratilgan. Ye O.I.H ning 2005-yil noyabrida Sankt-Peterburgda bo‘lib o‘tgan sammitida O‘zbekiston bu tashkilotga qo‘shilgach, Hamjamiyat a’zolari 6 taga yetdi (Rossiya, Belorus, Qozog‘iston, Qirg‘iziston, Tojikiston, O‘zbekiston).