BMTning ixtisoslashgan muassasalaridan biri bo‘lib, bu xalqaro iqtisodiy tashkilot tomonidan O‘zbekistonga hozirga qadar 198,013 mln AQSH dollari miqdorida kredit berildi. XVF va O‘zbekiston Respublikasi o‘rtasida samarali hamkorlik keng yo‘lga qo‘yilgan bo‘lib, ushbu bankning vakolatxonasi o‘z faoliyatini Toshkentda olib bormoqda.
1944-yilda tashkil topgan bo‘lib, shtab-kvartirasi Vashingtonda joylashgan. Hozirgi paytda Xalqaro qayta tiklanish va taraqqiyot banki deb nomlanadi. Bankning asosiy maqsadi rivojlanayotgan mamlakatlarning iqtisodiy-ijtimoiy taraqqiyotiga ko‘maklashishdir. O‘zbekiston Jahon bankiga 1992-yil 21-sentabrda a’zo bo‘ldi. Mamlakatimizga Xalqaro qayta tiklanish va taraqqiyot banki tomonidan 2493 aksiya chiqarilgan bo‘lib, Toshkentda 1993-yildan buyon ushbu bankning vakolatxonasi faoliyat yuritmoqda.
1964-yilda mamlakatlararo va uning a’zolari o‘rtasidagi iqtisodiy, madaniy, ilmiy-texnikaviy aloqalarni ta’minlash maqsadida tuzilgan mintaqaviy tashkilot bo‘lib, qarorgohi Tehronda joylashgan. Ushbu tashkilotning ta’sischilari Eron, Pokiston va Turkiya davlatlaridir.
Iqtisodiy hamkorlik tashkilotiga 1992-yilga kelib O‘zbekiston, Qozog‘iston, Qirg‘iziston, Turkmaniston, Tojikiston, Ozarbayjon va Afg‘onistonning qo‘shilishi natijasida uning a’zolari soni 10 mamlakatni tashkil etdi.