Xalqimiz ma`naviy yuksalishida dinlarning o`rni. Reja: Avesto – xalqimiz diniy, axloqiy, ilmiy, adabiy qarashlarini ifoda etadigan bebaho ma`naviy meros



Yüklə 108,83 Kb.
səhifə2/2
tarix17.05.2020
ölçüsü108,83 Kb.
#31185
1   2
xalqimiz ma


Fiqh. VIII-XII asrlar butun musulmon jamiyatida fan va madaniyat, ilm va tafakkur rivojlangan bir davr bo’ldi. Bu davrda diniy bilimlar bilan bir qatorda dunyoviy ilmlar ham o’z rivojiga ega bo’ldi. Islom dini - Arabiston yarim oroli dorasidan chiqib, taraqqiy etgan jahon diniga aylandi. Islomning din sifatida shakllanib, rivojlanishi aynan shu davrlarga to’g’ri keladi. Albatta, bunga turli mintaqalardagi jarayonlar o’z ta’sirini ko’rsatdi. Xususan, Movarounnahrning islom madaniyati va fanning algebra, astronomiya, falsafa, tarix, hadis, kalom va boshqa sohalariga ko’rsatgan ta’siri juda kattadir. Ayniqsa fiqh ilmi sohasida Movarounnahrning tutgan o’rni beqiyosdir. Umuman olganda islom huquqshunosligi (fiqh) o’ziga xos rivojlanish tarixiga ega.

Fiqh - g’arbda Islamic Law, Muslim Law, Muhammadan Jurisprudence, Le Droit Musulman, Islamische Gesetz kabi nomlar bilan yuritiladi. Dunyoda amaldagi huquq normalaridan farqli o’laroq, fiqh o’z ichiga ibodat masalalarini ham qamrab oladi. Buni Tavrot kitobining ibodat masalalarini jamlab olgan Talmudga qiyoslash mumkin. Fiqh - qadimdan mavjud huquqiy normalarni ibodat va muomala masalalari bilan mushtarak holda ma’lum tartibga solingan huquqiy tizimdir.



Lug’atda:«al-fiqh» kalimasi -« anglamoq, tushunmoq» kabi ma’nolarni beradi.

Istilohda: «al-fiqh» - «Islom huquqi» deb yuritiladi.

Fiqh zamonaviy fanlar asosida hozirgacha chuqur o’rganilmagan bo’lib, mutaxassis olimlar oldiga katta muammolarni qo’yib kelmoqda.

Fiqh - odatda «furu‘ al-fiqh» (so’zma-so’z: «fiqh tarmoqlari») shariatni konkret sohalarga tadbiq qilishdan va «usul al-fiqh» (so’zma-so’z: «fiqh asoslari») shariat xukm oladigan manbalarni ishlab chiqishdan iborat bo’ladi. Tarixiy tadrijga ko’ra «al-fiqh» - usul al-fiqhdan avval paydo bo’lgan. Fiqh ilmining tadrijiy rivojini mutaxassis olimlar tomonidan bir necha davrlarga taqsim etilgan. Masalan:

Payg’ambar s.a.v. davri (610-632). Bu davrda Payg’ambar s.a.v. hali hayot edilar. Vahiy kelishi davom etayotgan bir davr edi. Ixtilofli va muammoli masalalarni shaxsan u zotning o’zlari orqali hal etilardi. Muhammad s.a.v. payg’ambar bo’lish bilan birga davlat boshlig’i ham edilar. Barcha huquqiy masalalar, sud jarayonlari, ijro bevosita u zotning boshchiliklarida bo’lar edi.

Sahobalar davri. Payg’ambar s.a.v. vag’otlaridan keyingi davrda Islom xalifaligi hududi tez sur’atlar bilan kengaya bordi. Andalus, Eron, Iroq, Suriya, Movarounnahr, Misr, Shimoliy Afrika musulmonlar qo’liga o’tdi. Musulmonlar u erlarga qozilar va faqihlarni yubora boshladilar. Bir-biridan uzoq bo’lgan erlarda mustaqil fiqh markazlari paydo bo’ldi. Bu markazlar bir-biridan ilmiy jihatdan deyarli farq qilmas edi. Madina, Makka, Misr, Kufa, Basra va Shom kabi mahalliy markazlarning urf-odatlari, ehtiyoj va shart-sharoitlari boshqa-boshqa edi. Fiqhni tadbiq etuvchi sahobalar etuk qobiliyatli, ochiq fikrli va keng dunyoqarashga ega edilar. Ular biror fiqhiy qonun-qoidani joriy etishda albatta o’sha er aholisining urf-odati va shart-sharoitlarini hisobga olar edilar. Shu sababdan fiqh ilmi tezlik bilan xalq ziyolilari orasiga singib ketdi.

Sahobalar davrida quyidagi fiqh markazlari shakllandi :



A) Madina maktabi;

B) Makka maktabi;

V) Kufa maktabi;

G) Misr maktabi;

D) Shom maktabi;

Yuqorida nomlari zikr etilgan ilm markazlarida ta’lim berish uslubi o’sha o’lkaning mavjud madaniyati va urf-odatlaridan kelib chiqqan holda bir-biridan bir oz bo’lsada farq qilar edi. Shuningdek, ibodat va muomala masalalaridagi ijtihodlar (ijtihod – faqihning biror masala yuzasidan chiqargan fatvosi) ham turli shakllarda edi. Bu holat ma’lum o’lkalarda turli mazhablarning paydo bo’lishiga asos bo’lib xizmat qildi.



Tobiinlar davri. Sahobalar davri haqida mavjud ma’lumotlarga ko’ra, ular orasida ko’plab shogirdlarga ega bo’lgan faqihlar mavjud edi. Keyinchalik ularning bu shogirdlari ilm sohasida, xususan fiqh ilmida katta xizmat qildilar. Ular biror muammoni hal etishda faqatgina og’zaki fatvo berish bilan cheklanmay, balki yozma asarlar ham qoldirganlar. Mana shunday yozma asar qoldirgan olimlarning birinchilaridan Urva ibn Zubayr (vaf. 94G’712 y.) bo’lgan. Biroq, manbalarning ma’lumot berishicha, uning barcha yozgan kitoblari yonib ketganligi sababli keyingi avlodga etib kelmagan.

Fiqh ilmiga doir asarlarni boblar va fasllarga bo’lib tasnif qilish ilk asrdayoq boshlangan edi.



Tobiinlar davri keyinchalik muazzam asarlar yozilishi va minglab kishilar qabul qilgan mazhablarning buyuk mujtahidlari etishib chiqishi uchun poydevor vazifasini o’tagan.

Buyuk mujtahidlar (tabaa tobiinlar) davri. Bu davrda Abu Hanifa, Molik ibn Anas, Muhammad ibn Idris ash-SHofi‘iy, Ahmad ibn Hanbal, al-Avzo‘iy, Dovud az-Zohiriy kabi buyuk faqihlar etishib chiqqanlar. Ularning hayoti, faoliyati, ijodi xususida ko’plab ilmiy ishlar olib borilganiga qaramasdan, etarli emas.

Bu davrda ikki: «ashob ar-ra’y» (fikr tarafdorlari) va «ashob al-hadis» (hadisga ergashuvchilar) oqimlari vujudga keldi.

«Ashob ar-ra’y» oqimiga Iroqda Kufa maktabi vakillari tomonidan asos solindi. Bunga avvalo ahli sunna va-l-jamo‘aning buyuk imomi Abu Hanifa (80-150G’699-767) poydevor qo’ydi. Muhim fiqh ilmiy akademiyasini shakllantira olgan Abu Hanifa ilmiy masalalarda ko’pincha «ra’y»ga suyanar edi. Shunga ko’ra «ra’y» hanafiy mazhabining shakllanishi va harakatlanishining asosiy xususiyatini tashkil etadi. Hadis to’plashda, qiyos va istihsonni keng yoyishda, Islom dini aqidalarini ma’lum bir tartibga solishda va shu bilan birga shariat hukmlari va qonunlarini ustuvor dalillar asosida ilmiy tarzda ta’lim berish uslubini ishlab chiqishda Abu Hanifa katta xizmat qilgan. Hanafiy mazhabining asosiy manbalari quyidagichadir:

Al-Qur’on; As-Sunna; Al-Ijmo‘; Al-Qiyos; Al-Istihson;

Imom Abu Hanifa. Hanafiy mazhabining asoschisi al-Imom al-A‘zam Abu Hanifa an-Nu‘mon ibn Sobit al-Kufiy (80-150G’699-767) – g’orslardan bo’lib, Umaviylar (661-750) va Abbosiylar (750-1258) davlati ayni avj olgan davrda yashagan taba‘a tobi‘inlardandir. Manbalarda uning otasi Sobit asli Xurosondan ekanligi qayd etiladi. «Abu Hanifaning o’zi esa, Anas ibn Molik bilan uchrashgan va undan «Ilm talab qilish har bir muslim uchun farzdir» hadisini rivoyat qilgan, shunga ko’ra, u tobi‘inlardan», degan ma’lumotni uchratish mumkin. Uni «ahli ra’y Imomi»,«ahli Iroq faqihi»,«hanafiy mazhabi sohibi» kabi nomlar bilan manbalarda keltiriladi. Kasbi gazlama savdosi bilan shug’ullanish edi. Yoshlik chog’idayoq Qur’onni yod olgan. 18 yil ustozi Hammod ibn Abi Sulaymondan tahsil olgan. Fiqh ilmini Ibrohim an-Naxa‘iy va ash-Sha‘biydan olgan. Abu Hanifaning etuk shogirdlaridan Muhammad ibn al-Hasan ash-Shayboniy (132-189G’709-805), Abu Yusuf (113-182G’731-769)larni alohida aytib o’tish zarur.

Imom Molik. «Ashob al-hadis» oqimiga Hijozda Madina maktabi vakillari tomonidan asos solindi. Bunga ahli sunna imomlaridan Molik ibn Anas (93-179G’712-795) «o’z amaliyotida faqat Qur’on va hadisga suyanish ta’limoti»ning asoschisi bo’ldi. Manbalarga ko’ra, Molik ibn Anas butun umri davomida Madina (qadimgi nomi Yasrib) shahridan chiqmagan. Imom Molik nomi bilan mashhur bo’lgan mazkur faqih Molikiy mazhabining asoschisidir. Molik ibn Anasning mashhur «Kitob al-Muvatto’» nomli asari mavjud.

Imom Shofi‘iy. Yuqorida nomlari va asoschilari zikr etilgan bu ikki oqimni ahl as-sunna imomlaridan bo’lmish Imom Shofi‘iy nomi bilan mashhur Muhammad ibn Idris ash-Shofi‘iy (151-179G’767-804) nazariy jihatdan birlashtirgan. U Shofi‘iy mazhabining asoschisi bo’lib, «al-Umm» nomli asar muallifidir.

Ahmad ibn Hanbal. Keyinchalik «as-Salafiyyun»lar oqimi tarafdori bo’lib ahl as-sunnaning to’rtinchi imomi deb e’tirof etiladigan Imom Ahmad ibn Hanbal (164-241G’781-855) o’z faoliyatini olib bordi. U Hanbaliy mazhabining asoschisidir. Imom Ahmad ibn Hanbal «al-Musnad» asarining muallifidir.

Buyuk mujtahidlar davrida yuqorida zikr etilgan mujtahidlar nomi bilan bog’liq asosiy sunniy huquqiy mazhablar paydo bo’ldi va o’z ta’limotini shakllantirdi.



Taqlid davri. X-XII asrlarga kelib fiqh ilmi o’zining rivojlanish tarixida keyingi bosqich, ya’ni «taqlid davri»ga o’tdi. Bu davr fiqh ilmi avvalgi davrlar an’anasi ta’siri ostida rivojlanib, yuksak bir maqomga erishgan vaqtga to’g’ri keladi. Yuqoridagi davrlardan ma’lum bo’lgani kabi, buyuk mujtahidlar vujudga keldilar, ularning tarafdorlari paydo bo’ldilar. Turli mazmundagi asarlar yozildi va sharh etildi. Bu davr faqihlarida taqlid ruhi kuchli edi. Ularda asosan o’zlaridan oldingi mujtahidlarning fikrlarini «shar’iy nass» (shar’iy hujjat) sifati qabul etar edilar. Shunday bo’lsada bu davr faqihlari orasida o’zlarining ilmiy-amaliy faoliyatlari natijasida mislsiz bebaho asarlarlar yaratgan allomalar etishib chiqdi. Ularning bu asarlari uzoq davr mobaynida muhim manba bo’lib xizmat qilish bilan birga, hozirgi kunda ham o’z mavqeini va qadr-qimmatini yo’qotgani yo’q.

VIII asrning oxiri - IX asrning boshlarida Movarounnahrda (hozirgi O’rta Osiyoning aksariyat qismi) islomdagi ahl as-sunnaning Hanafiyya mazhabi tarqala boshladi. Buxoro va Samarqand shaharlarida shu mazhab ta’limoti asosida Movarounnahr fiqh maktabi tarkib topdi. Movarounnahrlik faqihlar teran bilimlari, qimmatli asarlari bilan islom dunyosida katta shuhrat qozondilar. Faqihlarning davlat hukmron doiralari, xalq ommasiga ta’siri juda kuchli edi. Diniy va ijtimoiy hayotda uchraydigan barcha muammoli masalalar faqihlar orqali echilgan. Fiqh shaxs, oila va jamiyat hayoti turli shahobchalari masalalarini qamrab olganligi tufayli Movarounnahr maktabi namoyandalari bu o’lka xalqlari an’analari, urf-odatlarini umumislom mavqelaridan turib tahlil qilishdek vazifani bajarganlar. Movarounnahrlik faqihlarning bir necha avlodlari faoliyati orqali mahalliy xalqlarning tarixiy, huquqiy an’analari islom madaniyatida o’z aksini topdi.

VIII-X asrlarda Movarounnahrning ayrim shaharlardagi hanafiylikka asoslangan ilmiy markazlar paydo bo’ldi. Bunga Iroq va Xuroson maktablarining ta’siri katta bo’ldi. Buxoro maktabiga Abu Hafs Ahmad ibn Hafs al-Kabir al-Buxoriy (vaf. 832 y.) asos solgan. Samarqand ilmiy markazining shakllanishiga Abu Sulaymon al-Juzjoniy, Ibn Samo‘a va SHaddod ibn Hukaym kabi Balx faqihlarining xizmati katta bo’ldi. Buxoro faqihlari bu davrda asosan fiqhning amaliy masalalari (furu‘ al-fiqh) bilan, samarqandliklar esa o’z ilmiy faoliyatlarini ilohiyot (usul ad-din) mavzui bilan shug’ullanishga qaratdilar.

XI-XIII asrlarga kelib, fiqh ilmi o’zining yuksak taraqqiyotiga etishdi. Qoraxoniylar (999-1212) davri faqihlari haqida ilmiy tadqiqot olib borgan Turkiyalik olim Y. Z. Kavakci bu davrda uch yuzga yaqin faqihlar etishib chiqqanligi, yigirmadan ortiq fatvolar majmuasi, uch yuz ellikdan ortiq fiqhiy asarlar yaratilganligi va shulardan 98 % hanafiy fiqhiga oid ekanligini aytib o’tadi. Haqiqatan ham Movarounnahr hanafiy mazhabining «qal’asi» edi desak adashmaymiz. «Hanafiylik sharqqa yoyilar ekan, u Xuroson va Movarounnahrda o’ziga mustahkam makon topdi. Bir guruh mashhur hanafiy faqihlari ham shu diyorlarga mansubdir. Hanafiy faqihlari sulolalaridan: Buxoro sadrlari ­ VG’XI asrdan to mug’ullar davri (603-1043G’1206-1634)ga qadar Buxoroda Ibn Moza Mahmud (vaf. 570G’1174 y.) oilasining hanafiy faqihlari meros tariqasida kelayotgan «Sadr» unvoni bilan mamlakat siyosiy idoralarida va turli hokimliklarida yuqori mansab sohiblari edilar, ar-Rig’damuniy, az-Zaranjariy, al-Mahbubiy, as-Safg’or, al-Pazdaviy, Samarqand sayyidlari, al-Xayzoxaziy, al-Aqiliy, al-Marg’inoniy oilalari ilm va ijtimoiy hayotda kuchli mavqega ega bo’ldilar. Ilm-fan rivojlandi. Ko’plab yirik olimlar etishib chiqdilar. Yirik faqihlar sulolalari paydo bo’ldi. Bir necha avloddan avlodga ulanib davom etgan faqihlar sulolalari nafaqat Movarounnahr, balki butun Islom olamida katta nufuzga ega edilar.

Umuman fiqh, xususan hanafiy mazhabining rivojlanish tarixida XI-XII asrlardagi Movarounnahr faqihlarining ilmiy faoliyati juda muhim o’rin tutadi. Bu davrda etishib chiqqan hanafiy faqihlaridan –

ad-Dabusiy Abi Zayd (vaf. 430G’1063 y.),

al-Halvo’iy (vaf. 456G’1063 y.),

Abu Bakr Muhammad as-Saraxsiy (400-483G’1009-1090),

al-Pazdaviy ‘Ali (vaf. 482G’1089 y.),

as-Sadr ash-Shahid ‘Umar (vaf. 536G’1141 y.),

an-Nasafiy ‘Umar (vaf. 537G’1142 y.),

Alouddin as-Samarqandiy (vaf. 539G’1144 y.),

Ibn Moza Mahmud (vaf. 570G’1174 y.),

al-‘Attobiy Ahmad (vaf. 586G’1190 y.),

al-Kosoniy Mas‘ud (vaf. 587G’1191 y.),

Qozixon (vaf. 592G’1191 y.) va yuqorida zikr etilgan al-Marg’inoniy ‘Ali (vaf. 593G’1196 y.) kabi ma’lum va mashhur faqihlarning nomlarini keltirish mumkin.

Umuman olganda yuqorida bir necha davrlar va ularda mavjud bo’lgan fiqh maktablari, bu maktablarda ilmiy faoliyat olib borgan mujtahidlar haqida qisman bo’lsada tanishib chiqish va fiqh ilmining Payg’ambar s.a.v. davrlaridan toki taqlid davriga bo’lgan tadrijiy rivojlanishini o’rganish bizga:



  1. VII-XII asrlardagi ilmiy muhit;

  2. O’sha davrlarda mavjud bo’lgan fiqh maktablari va ularda ilmiy faoliyat olib borgan muhim shaxslar;

  3. XI - XII asrlarga kelib Movarounnahr fiqh maktabining ahamiyati;

  4. Buxoro va Samarqand shaharlaridagi ananaviy fiqh maktablarining o’ziga xos qirralarini ochish va ularning ahamiyati;

  5. XI-XII asrlardagi faqihlar sulolalarining Movarounnahr fiqh maktabida tutgan o’rni qanday ekanligi haqida qimmatli ilmiy ma’lumotlar olishimiz uchun imkon beradi.

Tasavvuf. Asli tasavvuf so’zi «So’fiy» so’zidan, «So’fiy» so’zi esa arabcha «So’f» so’zidan yasalgan. So’f deb arablar jundan bo’lgan matoni aytadilar. Dastlabki davrlarda so’fiylik yo’lini tutgan kishilar, boshqa oddiy kishilardan ajralib turish uchun jundan tikilgan chakmon (u hirqa deb ham aytilgan) yoki po’stin kiyib yurishni odat qilganlar. Shuning uchun ularni jun chakmon kiyib yuruvchilar, ya’ni so’fiylar deb ataganlar. So’fiy boshqa odamlardan o’zini pok va g’aribona turmush kechirishi, doimiy toat-ibodatda bo’lishi va faqat ilohiy ruhga qo’shilishni maqsad qilib qo’yishi bilan tubdan farq qiladi. So’fiy uchun na dunyodan, na oxiratdan ta’ma bo’lmasligi kerak. Yagona istak bu Ollohning diydoriga etishishdan iborat. Faqirlik tuyg’usiga ega inson na birovga banda-yu, na birovga xoja, u yolg’iz Ollohga banda, u yolg’iz Ollohga ehtiyoj sezadi. Hamma narsadan voz kechish, oxir oqibatda o’zlikdan kechish – so’fiylik ta’limotining ma’nisi mana shu. Buyuk so’fiy Boyazid Bistomiy aytadilarki: o’zingdan o’tding, Ollohga etding. Hazrat xoja Bahouddin aytadilarki: Bizning hech narsamiz yo’q, lekin hech narsadan kamimiz yo’q. O’sha «hech»... narsa ketidan yugurib g’am tashvishda ham emasmiz. Egnimizda janda, orqamizda go’riston, agar o’lsak hech bir motam kerak emas.

Tasavvuf - so’fiylik insonni o’rganar ekan, avvalo, kishining ko’ngliga, diliga tayanadi, ko’ngilni, qalbni tarbiyalashga, ko’ngil kishisini voyaga yetkazishga intiladi, chunki Olloh faqat kishining pokiza qalbidagina jilva qiladi.

Tasavvufda insondagi jamiki xudbinlklar, illatlar, razolat dunyosiga hirs qo’yish jism ehtiyoji va nafs ta’masidan kelib chiqadi, deb o’rgatiladi. Komil inson bo’lish uchun avvalo, jism va nafs ehtiyoji va ta’masini yengish kerak. Dunyoga, boylikka mehr qo’yish kishini nafsiga qul qilib qo’yadi. Darvesh, so’fiy nafsni rad etadi. Nafs barcha falokatlar sababchisi, insonni tubanlashtiruvchi narsa. Insonni falokat botqog’idan, tubanlik jaridan qutqarib, uni poklashning birdan-bir yo’li nafsning ehtiyojini yengishdir. Buning uchun dunyo muhabbatidan voz kechish va Olloh muhabbatiga ko’ngil bog’lash darkor. So’fiylikda buni dunyo mohiyatini va o’zligini, insoniylikni anglash yo’li deb qaralgan. O’zligini anglagan kishi esa dunyo va uning boyliklari o’tkinchi ekanligini anglaydi. Xoja Bahouddin aytadilar: «o’z nafsining yomonligini tanish o’zligini tanishdir».

Demak, tasavvuf ilmi - inson haqidagi ilmdir. U inson qalbiga sayqal berish ilmi. Biz bu ilmdan 70 yil davomida bexabar edik. Inchunun, biz necha zamonlar insondan bexabar qoldik va ne zamonlar qalbimizdan fayz ketdi. O’tmishdagi Xoja Ahmad Yassaviy, Xoja Bahouddin Naqshbandiylar yurtimiz va xalqimizning fayzi kamoli edilar. Istiqlol tufayli shu nur, shu fayz bizga qaytdi.

Shuni iftixor bilan qayd etishimiz lozimki, tasavvuf ta’limoti taraqqiyotida Turkiston farzandlarining xizmati beqiyos bo’lgan. Xoja hakim at-Termiziy, Shayx Abu Mansur al-Maturidiy as-Samarqandiy, Xoja Abduxoliq G’ijduvoniy, Xoja Ahmad Yassaviy, Sulaymon Boqirg’oniy, Shayx Najmiddin Kubro, Xoja Ali Romitaniy, Abu Ali al-Farmadiy, Yusuf Hamadoniy, Bahouddin Naqshband kabi siymolar ilohiy ma’rifat yo’lining rahnamolari bo’ldilar. Ular yaratgan ta’limot va ilgari surgan ma’naviy-axloqiy g’oyalar hozirgi kunda ham o’z ahamiyatini yo’qotgan emas. Chunonchi, Ahmad Yassaviy hikmatlarida ilgari surilgan axloqiy pand-nasihatlardan molparastlikni g’osh etish, kishilarni insofli, diyonatli, iymonli bo’lishga chaqirishda g’oydalanish o’rinli. Yassaviy inson hayotidagi katta kurash - nafsni taslim etishga xizmat qiladigan kurash deb hisoblagan. Nafsga mag’lub shoh - qul, nafsdan ustunlikka erishgan g’arib - shohdir, deb aytadi. Nafs inson uchun katta yovdir. Shu yovning boshini yanchgan, uni enggan, nafsga taslim bo’lmagan kishining g’ururi va insoniy qadr-qimmatini hech kim poymol qila olmaydi, deb bilgan. O’z hikmatlaridan birida shunday deydi:

Nafs yo’liga kirgan kishi rasvo bo’lur,

Yo’ldan ozib, toyib, to’zib gumroh bo’lur.

Yotsa - tursa shayton bilan hamroh bo’lur....

U nafs bandalariga qarata «Nafsni tebgil, nafsni tebgil ey badkirdor» deb murojaat etadi, va

«Nafsim meni yo’ldan urib xor ayladi,

Termultirib xaloyiqqa zor ayladi», - deb nafs bandalarini tanqid etadi. Nafs insondagi butunlikni, iymonni sindiradi, ma’naviy jihatdan jarlikka qulatadi. Shu bois «Nafsni tanib mehnat etsa rohat», - deb xitob qiladi. Bu g’oyalar bizning hozirgi kunimiz, tarbiyamiz uchun g’oyat muhim.

Movarounnahr tasavvuf ta’limotida Xoja Bahouddin Naqshband-ning o’rni alohida ahamiyatga ega ekanligini ham qayd etishimiz lozim. Naqshbandiya ta’limoti hayratlanarli darajada ijtimoiy-iqtisodiy, ma’naviy-ma’rifiy ma’no va mohiyatga, hayotiy mazmunga ega.

Naqshbandiya ma’naviy-axloqiy ta’limotida hur fikrlikka keng o’rin berilgan. Bu sulukdagilar mehnat qilish, ilm olish, o’z mehnati evaziga halol yashash, noz-ne’matlarni ko’pchilik bilan baham ko’rish, faqirona hayot kechirish, hammaga yaxshilikni ravo ko’rishni afzal bilganlar.

Bahouddin Naqshband - aybsiz odam yo’q, shuning uchun agar aybsiz do’st axtarsak do’stsiz qolamiz, - der edilar.

Odamlarga yaxshilik qilish eng yuksak insoniy burch ekanligini ta’kidlab, sham kabi bo’lgin va odamlarga yorug’lik ber, o’zing esa qorong’uda bo’l, degan ekanlar.

Xoja Bahouddinning «Ko’ngil Ollohda bo’lsinu, qo’ling esa ishda» hikmatlarining inson ma’naviy dunyosi takomilidagi ahamiyati beqiyosdir.

Tasavvuf tariqatlari haqida so’zlaganda Najmiddin Kubro asos solgan kubroviya haqida ham to’xtab o’tishni maslahat beramiz. Biz Najmiddin Kubro siymosida faqat tariqat boshchisini emas, balki o’z vatanini, xalqini dildan sevgan ingsonni ham ko’ramiz. 1221 yilda bosqinchi mo’g’ul galalari qadami Xorazmga etib boradi. Muhammad Xorazmshoh mamlakatni, fuqaroni o’z holiga tashlab qochadi. Shu qaltis damlarda Urganchni himoya qilishga 76 yoshlik Najmiddin Kubro boshchilik qiladi va jangda qahramonlarcha shahid bo’ladi. Uning siymosi xalq qahramoni sifatida asrlar osha yashab kelmoqda.

Najmiddin Kubro asos solgan Kubroviya tariqatining qoidalari o’nta bo’lib, ularda bu tariqat yo’lini tutgan so’fiyning ichki ma’naviy dunyosi qanday bo’lishi ko’rsatilgan. Insonning sabr-toqatli bo’lishi, boylik va mol-mulkka mukkasidan ketmaslik, har qanday pastkashlik, riyo, makr va hiyla-nayrangga bormaslik, hayvoniy xususiyat – shahvoniy hirslarga berilmaslik g’oyalari ilgari suriladi.

Xulosa qilib aytganda, tasavvuf ilmi - inson haqidagi ilmdir. Inson qalbiga sayqal berish ilmi. U inson odobini - ya’ni ma’naviyatini yanada kuchaytirgan butun islom axloqining eng muhim qadriyatlarini bir nuqtaga jamladi. Shu tariqa tasavvuf komil inson nazariyasi va amaliyotini ishlab chiqdi.

Shunday qilib, O’zbekiston Respublikasi Prezidentining Toshkent Islom Universitetini tashkil etish to’g’risidagi farmoni va shu farmonga sharhda ta’kidlanganidek: «Islom ommalashuvi va rivoji sifatida vujudga kelgan tasavvuf ham O’rta Osiyo sharoitida YAssaviya, Kubroviya, Naqshbandiya tariqatlarini vujudga keltirdiki, ular butun o’rta SHarq va Janubiy Osiyo mamlakatlarining asrlar davomida ma’naviy, madaniy rivojlanishida muhim rol o’ynadi»7.


7.4.Diniy-ma’naviy merosni o’rganishning hozirgi muammolarini hal etishdagi ro’li. Tarixdan ma’lumki, har qanday davlatning barqarorligi undagi xalqlar, millat va elatlarning huquq va erkinliklari faqatgina qonuniy hujjatlarda belgilanishiga emas, balki ularning amalda qay darajada o’z tasdig’ini topishiga ham bog’liqdir. Shu nuqtai nazardan qaraganda, mamlakatimizda fuqarolarning vijdon erkinligi bilan bog’liq huquqlari nafaqat qonun bilan mustahkamlab qo’yilgani, balki amaliyotda uning asosiy tamoyillariga qat’iy rioya qilinayotgani hayotiy dalillar bilan tasdiqlanayotganini ta’kidlash zarur.

Mustaqillik yillarida O’zbekistonda diniy tashkilotlarning soni o’sdi. Xususan, 1990 yilda respublikamizda 119 ta diniy tashkilot (89 ta islomiy va 30 ta noislomiy) mavjud bo’lgan bo’lsa, 1991 yilda 179 taga (146 islomiy va 33 noislomiy) etdi, 2008 yilning sentyabriga kelib esa, ularning soni 2228 tani (2049 ta islomiy, 179 ta noislomiy) tashkil etdi.

Noislomiy diniy tashkilotlar qatorida Rus Pravoslav cherkovi, Rim-katolik cherkovi, Nemis Evangel’-lyuteranlar cherkovi, Arman Apostollik cherkovi, yahudiylar va Bahoiylar diniy jamoalari, Buddaviylar ibodatxonasi, Bibliya kitob jamiyati, Krishnani anglash jamiyati kabi tashkilotlarni sanash mumkin.

Mustaqillikkacha bor-yo’g’i ikkita (Toshkent islom instituti va «Mir Arab» madrasasi) islomiy diniy o’quv yurti bo’lgan bo’lsa, o’tgan yillar davomida ularning soni ko’paydi. Boshqacha aytganda,



Imom al-Buxoriy nomidagi Toshkent islom instituti,

Buxorodagi «Mir Arab», Toshkentdagi «Ko’kaldosh»,

Qoraqalpog’istondagi «Muhammad Beruniy»,

Namangandagi «Mulla qirg’iz»,

Xorazmdagi «Faxriddin ar-Roziy»,

Andijondagi «Sayyid Muhyiddin Maxdum»,

Qashqadaryodagi «Xoja Buxoriy» hamda faqat xotin-qizlar tahsil oladigan

Toshkentdagi «Xadichai Kubro» va

Buxorodagi «Jo’ybori Kalon» o’rta maxsus islom bilim yurtlaridan iborat yaxlit diniy ta’lim tizimi yaratildi. «Xoja Buxoriy» o’rta maxsus bilim yurtida va Toshkent islom institutida yoshlar uchun maxsus guruhlar tashkil etildi.

2000–2001 o’quv yilidan boshlab ushbu ta’lim muassasalaridagi o’qitish jarayoni Oliy va o’rta maxsus ta’lim vazirligi Kasb-hunar ta’lim markazining Davlat ta’limi standartlari bo’limi bilan hamkorlikda ishlab chiqilgan ta’lim standartlari va o’quv rejasi asosida tashkil etildi. Sodda qilib aytganda, o’quv yurtlarida diniy va dunyoviy ta’limning uzviyligi ta’minlandi. Shu nuqtai nazardan qaraganda, O’zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2003 yil 22 avgustdagi «Din sohasidagi ma’naviy-ma’rifiy, ta’lim ishlarini va faoliyatni takomillashtirishda ijtimoiy ko’mak va imtiyozlar berish to’g’risida»gi qarori alohida ahamiyatga ega bo’lganini ta’kidlash zarur. Ushbu qarorga asosan Toshkent islom instituti va o’rta maxsus islom bilim yurtlarida joriy etilgan ta’lim standartlari, o’quv rejalari hamda talabalarning qabul qilingan davlat me’yorlariga muvofiq diniy va dunyoviy bilimlar olayotganini inobatga olib, mazkur o’quv yurtlarining bitiruvchilariga beriladigan diplomlar davlat ta’lim hujjati sifatida e’tirof etildi. Shu bilan birga, unga ega bo’lgan shaxslarga davlat oliy ta’lim tizimida o’qishni davom ettirish huquqi berildi.

Fuqarolarga haj ibodatini ado etishlari uchun barcha sharoitlar yaratildi. Xususan, mustabid sho’ro tuzumi davrida har yili uch, to’rt kishiga haj ziyoratini amalga oshirishga ruxsat berilgan bo’lsa, hozirda yiliga besh mingdan ortiq kishi haj qilish, to’rt ming kishi umra amalini bajarish imkoniyatiga ega bo’lmoqda.

Bularning bari Xel’sinki Yakunlovchi akti, Vena va Kopengagenda qabul qilingan hujjatlarda qayd etilgan shaxsning vijdon va din erkinligi borasidagi tamoyillarga to’la muvofiq keladi. Lekin ming afsuski, yuqorida zikr etilgan erkinliklarni suiiste’mol qiladigan, ulardan o’z g’arazli maqsadlari yo’lida foydalanadiganlar ham mavjud. Prezidentimiz ta’kidlaganlaridek: «Biz din bundan buyon ham aholini eng oliy ruhiy, axloqiy va madaniy merosdan bahramand qilishi tarafdorimiz. Lekin biz hech qachon diniy da’vatlar hokimiyat uchun kurashga, siyosat, iqtisodiyot va qonunchilikka aralashish uchun bayroq bo’lishiga yo’l qo’ymaymiz. Chunki bu holni davlatimiz xavfsizligi, barqarorligi uchun jiddiy xavf-xatar deb hisoblaymiz».



Bugun O’zbekiston diniy bag’rikenglik va murosa borasida nafaqat MDH davlatlari, balki butun dunyoga namuna bo’lmoqda. Bu haqda dunyo miqyosida katta obro’ va nufuzga ega insonlar ham yurtimizga ziyoratlari vaqtida ta’kidlab o’tmoqdalar. Albatta, xalqimizga xos bu xislat bir zumda paydo bo’lgan emas, balki uzoq tarixiy asoslariga ega.


1 Қаранг. Жондор Тўланов. Қадриятлар фалсафаси. Тошкент, “Ўзбекистон”, 1998, 101-бет.

2 Қаранг. Тилаб Маҳмудов. “Авесто” ҳақида. Тошкент “Шарқ”, 2000, 44-бет.

3 Каримов И.А. Тарихий хотирасиз келажак йўқ. Тошкент, “Шарқ”, 1998, 10-бет.

4 Жондор Тўланов. Қадриятлар фалсафаси. Тошкент, “Ўзбекистон”, 1998, 101-бет.

5 Қаранг: Каримов И. А. Юксак маънавият-енгилмас куч. Тошкент, “Маънавият”, 2008, 32- бет

6 Каримов И. А. Юксак маънавият-енгилмас куч. Тошкент, “Маънавият”, 2008, 32- бет

7 Хalq so’zi gazеtasi, 1999 yil, 8 aprеl.

Yüklə 108,83 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin