Xarakter “Xarakter”



Yüklə 31,39 Kb.
səhifə2/7
tarix04.03.2023
ölçüsü31,39 Kb.
#86553
1   2   3   4   5   6   7
5-ma\'ruza Xarakter, Qobiliyat

IZOHLI LUG‘AT
ABULIYA - eng oddiy, oson masalalar bo‘yicha ham malum qarorga kelish qobiliyati yo‘qligida namoyon bo‘ladigan o‘ta irodasizlikdir.
INTROVERTLIK - bu ibora shaxsning tipini aniqlash uchun G.Ayzenk tomonidan kiritilgan bo‘lib, introvertlik kishida dilkashlikning yo‘qligida, o‘zi bilan o‘zigina bo‘lib qolishligida, boshqa kishilarga mutlaqo qiziqmasligida va o‘zi ustida chuqurroq o‘ylab ko‘rishga moyilliklik yo‘qligida namoyon bo‘ladi.
MELANXOLIK - temperament tiplaridan bo‘lib, bu tip tez ta’sirlanuvchanlik, hatto, arzimagan narsalar uchun ham juda chuqur o‘ylanib yurishga moyillik bilan xarakterlanadi
SENZITIVLIK - turli ta’sirlarga nisbatan hissiyotning tez va kuchli qo‘zg‘alishi bilan xarakterlanadigan tip.
SANGVINIK – temperament tiplaridan bo‘lib, bu tip chaqqon, hara- katchan, taassurotlari tez-tez o‘zgarib turadigan, boshqa kishilarga nisbatan dilkashlik va mehribonlik qilish hislatlari bilan xarakterlanadi.
OLIY NERV FAOLIYATI TIPI (ONF TIPI) - oliy nerv faoliyat xususiyatlarining barqaror yig‘indisi (kuchi, vazminligi, harakatchanligi va boshqalar) bo‘lib, bu asosan nerv sistemasi xususiyatlarining yig‘indisi bilan aniqlanadi.
TEMPERAMENT - shaxsning yakka psixologik xususiyatlari majmui bo‘lib, bu kishi faoliyati va xulq-atvorining dinamik hamda emotsional tomonlari bilan xarakterlanadi.
FLEGMATIK - temperament tiplaridan bo‘lib, bu harakatlarning sekinligi, barqarorligi, emotsional holatlarning tashqi ko‘rinishlari kuchli emasligida namoyon bo‘ladi.
XARAKTER - kishidagi barqaror psixik xususiyatlarning individual birligi bo‘lib, bu shaxsning mehnatga, narsa va hodisalarga, boshqa kishilarga, atrofdagi muhitga va o‘z-o‘ziga bo‘lgan munosabatlarida ifodalanadigan uning muayyan sharoitlardagi xatti-harakatlarini belgilab beradigan barqaror, yakka psixik xususiyatlari yig‘indisidir.
XOLERIK - temperament tipi bo‘lib, bu emotsiyalarning jo‘shqinligi, kayfiyatning birdaniga tez o‘zgarib qolishi hissiyotning muvozanatsizligi va umuman harakatchanlik bilan ifodalanadi.
EKSTROVERTLIK - ayrim kishilarning xarakterini belgilab be- ruvchi xususiyat bo‘lib, bu kishining nihoyatda xushchaqchaqligi, ochiq ko‘ngilligi va boshqa kishilarga zavq bilan qarashlarida, ularga qiziqishlarida namoyon bo‘ladi.



Yüklə 31,39 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin