Xarakter “Xarakter”


MAVZU BO‘YICHA TEST TOPSHIRIQLARI



Yüklə 31,39 Kb.
səhifə4/7
tarix04.03.2023
ölçüsü31,39 Kb.
#86553
1   2   3   4   5   6   7
5-ma\'ruza Xarakter, Qobiliyat

MAVZU BO‘YICHA TEST TOPSHIRIQLARI
1. Shaxsning faoliyati va muloqotida tarkib topadigan va namoyon bo‘ladigan barqaror individual xususiyatlari, - bu:
a) temperament;
b) qobiliyat;
v) xarakter;
g) iste’dod.


2. Xarakter aktsentuatsiyasi:
a) normal xarakterlarning chetki ko‘rinishlari;
b) xarakterning o‘ziga xos qirralari;
v) yashirin va aniq shaklga ega;
g) barcha javoblar to‘g‘ri.


3. Ekstraversiya haqida tasavvurlar – introversiya kim tomonidan ishlab chiqilgan:
a) A. Adler;
b) Z. Freyd;
v) K. Yung;
g) K. Rodjers.


4. Shaxsiy tashabbuskorligiga ko‘ra, maqsad qo‘yish va unga erishish yo‘lini izlash malakasi insonning quyidagi sifatiga mos keladi;
a) maqsadga intiluvchanlik;
b) qat’iyatlilik;
v) tirishqoqlik;
g) mustaqil.
XX – MAVZU: QOBILIYAT


Qobiliyat insonning shunday psixologik xususiyatidirki, bilim, ko‘nikma, malakalarini egallash shu xususiyatlarga bog‘liq bo‘ladi. Lekin, bu xususiyatlarning o‘zi bu bilim va ko‘nikmalarga taalluqli bo‘lmaydi. Malaka, ko‘nikma va bilimlarga nisbatan odamning qobiliyatlari qandaydir imkoniyat tarzida namoyon bo‘ladi. Qobiliyatlar imkoniyatlardan iborat bo‘lib, biror bir ishdagi mahorat darajasi haqiqatdir.
Qobiliyatlar faqat faoliyatda namoyon bo‘ladi. Shuning uchun ham faqat ana shu qobiliyatlarsiz amalga oshirilishi mumkin bo‘lmagan faoliyatlardagina namoyon bo‘ladi.
Qobiliyatlarning sifat jihatdan tavsifi odam mehnat faoliyatining qaysi sohasida (pedagog, sport, savdo va boshqalar) yengillik bilan «o‘zini topa oladi» va qanday qilib katta yutuq va natijalarga erisha oladi degan savolga javob berish imkoniyatini beradi. Qobiliyatlarni miqdor tavsifi va ularni o‘lchash muammosi bilan ko‘proq chet el psixologlari (Kettell, Termen, Spirmen) va boshqalar shug‘ullanganlar.

Psixologiya fanida qobiliyatlar quyidagicha tavsiflanadi.


1. Tabiiy qobiliyatlar odamlar va hayvonlar uchun xos bo‘lib, idrok qilish xotirada saqlash, oddiy muloqotga kirisha olish shular jumlasidandir. Biologik jihatdan asoslangan bu qobiliyatlar asosini shartli reflekslar hosil bo‘lish jarayoni tashkil etadi. Insondagi va yuksak darajada rivojlangan hayvonlardagi bu qobiliyatlar bir-biridan farq qiladi.
2. Maxsus insoniy qobiliyatlar ijtimoiy-tarixiy tabiatga ega bo‘lib, ijtimoiy hayot va taraqqiyotni ta’minlaydi. Maxsus insoniy qobiliyatlar o‘z navbatida umumiy va xususiy qobiliyatlarga bo‘linadi.
3. Umumiy qobiliyatlar insonning turli faoliyatlari muvaffaqiyatini ta’minlovchi aqliy qobiliyatlar xotira va nutqning rivojlanganligi, qo‘l harakatlarini aniqligi va boshqa xususiyatlardan iborat. Xususiy qobiliyatlar alohida olingan bir faoliyatning muvaffaqiyatini ta’minlaydi.
Ilmiy qobiliyat abstrakt, evristik fikrlashning yuksak rivojlangan bo‘lishini, og‘zaki mantiqiy xotirani, qat’iyat va sabr-toqatni talab qiladi. Bu qobiliyatga quyidagi mayda qobiliyatlar kiradi: fizik, matematik qobiliyat, ximiya, filosofiya, tarix, biologiya fanlariga nisbatan bo‘lgan qobiliyatlar.

Yüklə 31,39 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin