198
Ko‘rgazmali metodlar
– predmet, hodisa yoki jarayonlar
mohiyatini tabiiy
holatda namoyish qilish, ularning maketlarini ko‘rsatishda qo‘llaniluvchi usullar.
Qiziqish
– shaxs harakatiga sabab bo‘ladigan faoliyat yo‘nalishining
ongli
shakli, insonning u yoki bu narsaga, ishga diqqat-e’tibor qaratishi, ixlos qo‘yishi,
agar u bajaradigan ish bo‘lsa bajarishga astoydil kirishishi.
Loyihalashtirish (rejalashtirish
) – bolalarning o‘quv
faoliyatini boshqarish
dasturini yaratish.
Madaniyat
(«kultura» so‘zidan olingan bo‘lib, parvarish qilish, ishlov berish
ma’nosini bildiradi) – ijtimoiy taraqqiyot davomida insonlarning faoliyati tufayli
qo‘lga kiritilib, ularning ijtimoiy ehtiyojlarini qondirishga xizmat qiluvchi moddiy
va ma’naviy boyliklar tizimi.
Mazmun
(ta’lim (bilim olish) mazmuni)
– ta’lim jarayonida bola tomonidan
o‘zlashtirilishi zarur bo‘lgan ilmiy bilim, amaliy ko‘nikma, malaka, fikrlash hamda
faoliyat usullari tizimi.
Maktabgacha ta’lim
– bolaning sog‘lom,
har tomonlama kamol topib
shakllanishini ta’minlovchi, unda o‘qishga intilish hissini uyg‘otuvchi, uni
muntazam ta’lim olishga tayyorlovchi hamda bola olti-yetti yoshga yetguncha
davlat va nodavlat maktabgacha ta’lim muassasalari
va oilalarda amalga
oshiriluvchi ta’lim bosqichi.
Maqsad
– faoliyat natijasini oldindan fikran belgilash.
Maqtov
– foydali ish qilgan shaxsni, jamoani og‘zaki taqdirlash.
Malaka
–
ongli xatti-harakatning avtomatlashtirilgan tarkibiy qismi.
Mahorat
– shaxsning tajriba orqali orttirgan xususiyati. Biror sohadagi
moslashuvchan ko‘nikma va ijodkorlik asosida hosil bo‘lgan
kasbiy
ko‘nikmalarning yuqori darajasi, kasbiy mohirlik. Biror faoliyat sohasidagi yuqori
199
darajada egallangan bilim, ko‘nikma, malakalarni
amaliyotda yuqori sifat va
samaradorlik bilan qo‘llash.
Dostları ilə paylaş: