Xasanova Sh. T bolalarni sahnalashtirish va ijodiy faoliyatga o’rgatish


Topshiriq  - bolalarda mehnat, ijtimoiy xulq va hayotiy tajriba ko‘nikmalarini  shakllantirish maqsadida qo‘llaniladigan usul.  Tushuntirish



Yüklə 5,01 Kb.
Pdf görüntüsü
səhifə91/92
tarix14.12.2023
ölçüsü5,01 Kb.
#177824
1   ...   84   85   86   87   88   89   90   91   92
Болаларни саҳналаштириш ва ижодий фаолиятга ўргатиш ўқув қўлланма

Topshiriq 
- bolalarda mehnat, ijtimoiy xulq va hayotiy tajriba ko‘nikmalarini 
shakllantirish maqsadida qo‘llaniladigan usul. 
Tushuntirish
- o‘quv materiali mazmunini isbot, tahlil, umumlashma, 
taqqoslash asosida bayon qilish. 
Tushuncha
– 
atrof-muhitdagi 
hodisalar, 
predmetlarning 
muhim 
xususiyatlarini, ular orasidagi aloqa va munosabatlarni bilish. 
O‘zlashtirish
tushunish, o‘rganish orqali axborotning ma’no-mazmuni, 
undan foydalanish yoki harakatlarni bajarish tartibi to‘g‘risida bilim va 
ko‘nikmalar hosil bo‘lishi. 
Uzluksiz ta’lim
malakali, raqobatbardosh kadrlar tayyorlashning asosi 
bo‘lib, ta’limning barcha turlarini, davlat ta’lim standartlarini, kadrlar tayyorlash 
tizimining tuzilmasi va uning faoliyat ko‘rsatish muhitini o‘z ichiga oladi; 
O‘rganish
– axborotdan foydalanish va turli harakatlarni ko‘rsatilgan tartibda 
mustaqil bajarish ko‘nikmalarini egallash. 
O‘rgatish
– axborotdan foydalanish va turli harakatlarni bajarish 
ko‘nikmalarining o‘quvchilar tomonidan o‘zlashtirilishini turli vosita va usullarni 
qo‘llab tushuntirish, ko‘rsatish va mashqlar orqali amalga oshirish jarayoni. 
Faoliyat
– 1) ongli maqsadga ko‘ra boshqariladigan kishining ichki (ruhiy), 
tashqi (jismoniy) faolligi; 2) atrof-muhitni kishilar tomonidan maqsadga muvofiq 
qayta bunyod etish. 


202 
Faoliyat
- shaxs tomonidan tabiiy va ijtimoiy maqsadga muvofiq tashkil 
etiluvchi kundalik, ijtimoiy yoki kasbiy harakatlarning muayyan shakli, ko‘rinishi. 
Shaxs
- psixologik jihatdan taraqqiy etgan, shaxsiy xususiyatlari va xatti-
harakatlari bilan boshqalardan ajralib turuvchi, muayyan xulq-atvor va 
dunyoqarashga ega bo‘lgan jamiyat a’zosi. 

Yüklə 5,01 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   84   85   86   87   88   89   90   91   92




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin