156
Petrushkamizning boshini tikib olamiz. Boshini
dum-dumaloq holda tikib, buyin
kismi ochiq holda tikilmay qoldiriladi, So‘ngra, tikilgan bosh qismining ichki
kismi o‘ngiga ag‘dariladi. Bosh qismiga paxtadan bir tekisda tig‘iz qilib solinadi,
boshning o‘rtasidan bitta barmoq kengligida joy qoldiriladi.
Mana Petrushkaning
bosh qismi tayyor bo‘ldi. Uni bir tomonga qo‘yamiz. Navbatdagi ish
Petrushkaning tana qismini tayyorlash bo‘lib, buning uchun bizga qattiq drap mato
kerak bo‘ladi. Undan konus shakli qirqib olinadi. So‘ngra, qirqib olingan
konusning bir tomoni tikiladi. Konus shaklida tayyorlangan Petrushka tanasi
o‘ngiga ag‘dariladi va uning uchki tomoni bosh
qismining ochiq qoldirilgan
qismiga o‘rnatiladi. Qaranglar, Petrushkamizning bosh qismi va tanasi tayyor
bo‘ldi. Endi Petrushkaning tana qismini turli rangdagi matolar bilan tikib
mahkamlaymiz. Endi Petrushkamizning qo‘llarini yasaymiz. Buning uchun andoza
yordamida Petrushkaning qo‘llari bichib olinadi va ikki bo‘lak qilib bir-biriga tikib
chiqiladi. O‘ng va chap qo‘llar tayyor bo‘lganidan so‘ng, bosh va o‘rta
barmoqlarga kiyib ko‘riladi. So‘ng Petrushkaning konussimon
tanasidan bosh va
o‘rta barmoqlar balandligida teshiklar ochilib, qo‘l tikib qo‘yiladi. Endi avval
tayyorlangan bosh qismni olib, qora drap matodan Petrushkaning ko‘z-qosh,
sochlari qirqib olinadi. Ozgina qizil matodan og‘zini qirqib olamiz. So‘ngra ko‘z,
qosh, sochlar bosh qismiga yopishtiriladi. Oxirgi qiladigan ishimiz Petrushkaning
shlyapasini /soyabonini/ yasashdir. Buning uchun
qora drap matodan konus
shaklini qirqamiz.
Shuningdek, yana doira shaklida ham qirqib‚ uning o‘rtasini
belgilab olamiz. Konus shaklini tikib ag‘daramiz. Ag‘darilgan konusni doiraning
qirqilgan qismiga tikamiz. Doira va konusning diametri bir xil kattalikda bo‘lishi
kerak. Tayyor bo‘lgan soyabonni Petrushkaning bosh qismiga to‘rt tomonidan tikib
o‘rnatamiz.
So‘ng, bolalarning o‘zlari mustaqil ishlashga taklif etiladi. Qiynalgan
bolalarga yasash usullari alohida tushuntirilib, ko‘rsatib beriladi.
Mashg‘ulotning yakuni:
157
Bolalar ishi rag‘batlantiriladi. Tayerlangan "Petrushka" qo‘g‘irchog‘i
ishtirokida
ba’zi bir sahnalashtirilgan ko‘rinishlar namoyish etiladi. Bolalar bog‘chasida
mehnat faoliyati uchun earur bo‘lgan barcha jihozlar yetarli bo‘lishi kerak. Zarur
asbob - anjomlar, asbob - uskunalar gigienik tomondan bolalar hayoti hamda
sog‘ligini muhofaza qilish qoidalariga qat’iy muvofiq kelishi lozim. Shuningdek,
bolalar tomonidan foydalanilgan materiallar egiluvchan va ishlov berish oson
bo‘lishi, asbob - anjomlar esa ularning yosh xususiyatlariga mos ravishda
tanlanishi kerak. Bundan tashqari, bolalar asbob-anjomlar
saqlanadigan joyni
yaxshi bilishlari hamda mashg‘ulot tugagach ularning o‘rnini topib tozalab,
ozodagarchilik talablariga rioya qilishlari hamisha diqqat markazida bo‘lmog‘i
lozim.
Dostları ilə paylaş: