“Xavf guruhidagi bolalar bilan ijtimoiy ish” FANIDAN
MUSTAQIL ISH Mavzu: ____________________________________________________________ /____________________________________________________________ Bajardi: “____________” yo‘nalishi __kurs___ gurux____________________
9. Mustaqil ish himoyasi. Mustaqil ish himoyasi mustaqil ish bajarilishining yakuniy bosqichlaridan biri hisoblanadi. Tugallangan mustaqil ish belgilangan muddatda kafedraga tekshirish uchun topshiriladi. Past saviyada sifatsiz bajarilgan ishlar, ilmiy raxbarning yozma taqrizi bilan ishdagi kamchiliklarni to‘ldirish va qayta ishlash uchun talabalarga qaytariladi. Belgilangan talablar darajasida sifatli bajarilgan ishlar ilmiy raxbar tomonidan kafedrada himoya qilish uchun ruxsat beriladi.
Mustaqil ish himoyasi uchun xar bir talabaga 10-15 daqiqa vaqt beriladi. Himoya jarayonida mustaqil ish mavzusi doirasida savol va topshiriqlar berilishi mumkin.
Kafedrada mustaqil ishni ximoya qilish uchun maxsus komissiya tuziladi. Komissiya tarkibida yetakchi mutaxassis, tajribali professor – o’qituvchilar va Mustaqil ishi raxbari bo’lishi lozim, uning soni 1 kishidan ortmasligi kerak.
10. Mustaqil ishini baxolashning reyting mezonlari Bakalavr 5520100-“Ijtimoiy ish” (oilalar va bolalar bilan ishlash) yo‘nalishi talabalari tomonidan mustaqil ishlar bajariladi. Belgilangan tartibda rasmiylashtirilgan mustaqil ish talaba tomonidan raxbarga taqdim etiladi. Raxbar mustaqil ishi talab darajasida bajarilganligiga ishonch bildirgandan so‘ng, ishni o‘z taqrizi bilan birga kafedra mudiriga taqdim etadi. Taqrizda talabaning faolligi, qabul qilingan qarorlardagi yangiliklar va mustaqil ishining boshqa ijobiy tomonlari tavsiflanadi. Mustaqil ish kafedra professor-o‘qituvchilaridan tashkil topgan komissiya oldida ximoyadan o‘tkaziladi. Mustaqil ishi natijasi 5 baxolik tizim bo‘yicha baxolanadi.