Xborot tizimlari Reja: Jamiyatni axborotlashtirish va istiqbol g‗oyalar



Yüklə 253,29 Kb.
Pdf görüntüsü
səhifə4/7
tarix16.05.2023
ölçüsü253,29 Kb.
#113762
1   2   3   4   5   6   7
4- Ma`ruza

Tizim tushunchasi 
Hozirgi davr iqtisodiyotining murakkabligi va jo‗shqinligi uning tuzilmasini 
unsurlarining tashqi muhit bilan o‗zaro aloqasini, unsurlar ishlashi optimal tartiblarini belgilashni 
o‗rganishni, ya‘ni iqtisodiyotni yaxlit tizim nuqtai nazaridan tadqiq etishni ko‗zda tutadi. 


Tizim so‗zi rus tilidagi sistema so‗zining tarjimasi bo‗lib, oxirgisi yunoncha so‗zi 
bo‗lmish ―systema‖ so‗zidan olingan. Systema so‗zining asl ma‘nosi – bu bir-biri bilan bog‗liq 
bo‗lgan qismlar va elementlar to‗plamining yaxlit butun ob‘ekti tushuniladi.
Tizimlar umumiy nazariyasi - bu ilmiy yo‗nalish bo‗lib, ishlab chiqarish tabiati 
murakkab tizimlar tahlili va sintezining birtalay falsafiy, uslubiy, ilmiy muammolarini o‗rganadi. 
Hozirgi kunda fan va texnikada ko`p qo`llaniladigan tushunchalardan biri - tizimdir. 
Tizim – bu tashkil etuvchilardan iborat bir butunlik degan ma'noni anglatadi. Umumiy holda 
tizimga quyidagicha ta'rif keltiramiz. 
Tizim – bu o`zaro bog`liq va yagona maqsadga erishish uchun ma'lum qoida asosida 
o`zaro munosabatda bo`ladigan elementlar to`plamidir. Bu elementlar to`plami oddiy elementlar 
yig`indisidangina iborat bo`lmay, har bir element ham o`z navbatida tizim bo`lishi mumkin. 
Tizimlarni turli belgilarga ko`ra turkumlarga ajratish mumkin. Umuman olganda, tizimlar 
moddiy yoki mavxum bo`lishi mumkin (mavxum - inson ongi maxsuli). 
Moddiy tizimlar, asosan moddiy ob'ektlar to`plamidan tashkil topadi. O`z navbatida 
moddiy tizim anorganik (mexanik, ximik) va organik (biologik) tizimga yoki aralash tizimga 
ajratiladi. Moddiy tizimlarda asosiy o`rinni ijtimoiy tizim egallaydi. Bunday tizimning 
xususiyatlaridan biri insonlar o`rtasidagi munosabatlarni aks ettirishdir.
Mavhum tizimlar inson ongining maxsuli bo`lib, har xil nazariyalar, bilimlar, 
gipotezalardan iborat. Yangi axborot texnologiyasi ham moddiy tizim elementlarini 
(kompyuterlar, hujjatlar, insonlar), ham nomoddiy tizim elementlarini (matematik modellar
inson bilimlari va hokazo) o`z ichiga oladi. Shu orada axborot texnologiyasiga ta'rif berib o`tish 
maqsadga muvofiqdir. 
Tizimlar tuzilishi bo`yicha oddiy yoki murakkab bo`lishi mumkin. 
Oddiy tizimlarni tashkil etuvchi elementlar soni kam bo`lib, sodda tuzilishga ega bo`ladi. 
Murakkab tizimlar esa, bir nechta elementlardan tashkil topgan bo`lib bu elementlar ham 
o`z navbatida alohida tizimlarga bo`linishi mumkin. 
Vaqt davomida o`zgarishga qarab tizimlar statik va dinamik turlarga ajratiladi. Statik 
tizimlar ma'lum vaqt oralig`ida o`z holatini saqlab qoladi. Dinamik tizimda esa, vaqt o`tishi bilan 
holat o`zgarib boradi. 
Tashqi muhit bilan bo`ladigan aloqasiga qarab ochiq yoki yopiq tizimlar bo`lishi 
mumkin. Ochiq tizimlar tashqi muhit bilan aktiv aloqada bo`ladi. Yopiq tizimlarning elementlari 
esa tashqi muhitdan ta'sirlanmaydi. 
«Tizim»ni aniqlashga quyidagi atamalar kiradi: «ob'ektlar», «aloqalar», «xususiyatlar».

Yüklə 253,29 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin