11.1-rasm. Asosiy aktivlarga investitsiyalar YaIMdagi ulushi sifatida, foizda 11.1-rasm
investitsiya faoliyati asosiy ko‘rsatkichlari dinamikasi
ma’lumotlariga ko‘ra investitsiyalarning YAIM ulushi 2000-2013 yillarda o‘rtacha
22,5%ga teng eng katta ijobiy o‘zgarish kuzatiladi. Keyingi o‘rinda 2013 -2020
yillarda o‘rtacha 22,7%ga , 2018-2019 -2020 yillarda o‘rtacha 35,23% ga teng
bo‘lgan.
Investitsiya faoliyati quyidagi manbalar hisobiga amalga oshirilishi mumkin:
investorlarning o‘z moliyaviy resurslari (foyda, amortizatsiya
ajratmalari, pul jamg‘armalari va h.k.);
qarz olingan moliyaviy mablag‘lar (obligatsiya zayomlari, bank
kreditlari);
jalb qilingan moliyaviy mablag‘lar (aksiyalarni sotishdan olingan
mablag‘lar, jismoniy va yuridik shaxslarning pay va boshqa to‘lovlari);
davlat byudjeti mablag‘lari;
chet elliklar mablag‘lari.
Mamlakatimizda aholi jon boshiga 2020 yilda 4044,8 ming so‘mni
tashkil qilib, 2013 yilga nisbatan 4 barobar oshgan. Mamlakatimizda
investitsiyalarning moliyalashtirish manbalari tuzilishi ham yillar
davomida o‘zgarib bormoqda. Jumladan, yildan yilga davlat byudjeti
mablag‘larining ulushi kamayib, korxona mablag‘lari, to‘g‘ridan-to‘g‘ri
xorijiy investitsiyalar hamda nobyudjet fondlar mablag‘larining ulushi
oshib bormoqda.
Investitsiyalarga sarflar darajasini ikkita asosiy omil belgilab beradi:
1) investitsiya sarflaridan kutilayotgan foyda normasi;
2) foiz stavkasi.
22,9
26,8
20,5
20,1
21,4
19,9
19,1
20,9
24,5
25,4
22,2
20,1
20,3
21,1
21,3
21,3
21,1
23,9
30,6
38,3
36,8
0,0
5,0
10,0
15,0
20,0
25,0
30,0
35,0
40,0
45,0
Investitsiyalarga qilinadigan sarflarning harakatlantiruvchi motivi foyda
hisoblanadi. Tadbirkorlar ishlab chiqarish vositalarini qachonki ular
foyda keltiradigan bo‘lsa, sotib oladilar.