ivestitsion qarorlarni va ayniqsa investitsiyalarni
samaradorligini baholashda
masalaning bu tomoni hisobdan tushurib qoldirmasligi va investitsion jaryonlarni
boshqarishning barcha darajalarida ishlab chiqilishi zarur.
Investitsiya darajasiga kutilayotgan sof foyda normasi va foiz stavkasidan
tashqari boshqa quyidagi omillar ham ta’sir ko‘rsatadi:
1) mashina va uskunalarni xarid qilish, ishlatish va ularga xizmat ko‘rsatish
xarajatlari;
2) tadbirkorlardan olinadigan soliq miqdori;
3) texnologik o‘zgarishlar.
Shunga ham e’tibor qaratish lozimki, yalpi sarflar tarkibining investitsiya
sarflariga oid qismi yalpi xususiy ichki investitsiyalar deb yuritiladi. Shunga ko‘ra
yalpi va sof investitsiyalarni ham bir-biridan farqlash zarur.
Yalpi investitsiyalar joriy yil davomida iste’mol
qilingan asosiy kapitalni
qoplashga mo‘ljallangan (amortizatsiya) hamda iqtisodiyotdagi kapital hajmiga har
qanday sof qo‘shimchalardan iborat barcha investitsion tovarlarni ishlab chiqarishni
o‘z ichiga oladi. Sof investitsiyalar esa joriy yil davomida qo‘shimcha ravishda jalb
qilingan investitsion tovarlardan iborat. Boshqacha aytsak, sof investitsiya yalpi
investitsiya bilan amortizatsiya ajratmalarining ayirmasiga teng.
Sof investitsiya
asosiy va aylanma kapitalning o‘sishini ta’minlaydi. Yalpi investitsiyalar bilan
amortizatsiya hajmi o‘rtasidagi nisbat iqtisodiyot rivojlanish holatining ko‘rsatkichi
hisoblanadi. Quyidagi chizmada yalpi va sof investitsiyalar hamda amortizatsiya
nisbati o‘zgarishining o‘suvchi, turg‘un va qisqaruvchi iqtisodiyotlarga ta’sirini
ko‘rishimiz mumkin.
Yalpi investitsiyalarning iste’mol qilingan kapitalni qoplash
fondi hajmidan
ham oz bo‘lishi yil oxirida kapital miqdorining qisqarishiga va buning oqibatida,
iqtisodiyot ko‘rsatkichlarining pasayib ketishiga olib keladi.
Dostları ilə paylaş: