f(x)=ex funksiyaning Makloren qatorida x o‘zgaruvchini –x/2 bilan almashtirishdan hosil bo‘ladigan darajali qatordan foydalanib, (13) yechimni
ko‘rinishda ifodalash mumkin. Bu o‘quvchiga mustaqil ish sifatida havola etiladi.
XULOSA Darajali qatorlar, jumladan Makloren qatorlari juda ko‘p amaliy tatbiqlarga ega. Bularga misol sifatida darajali qatorlar yordamida turli taqribiy hisoblashlarni bajarish, limitlarning qiymatini aniqlash, murakkab funksiyalardan olingan integrallarni hisoblash, elementar bo‘lmagan funksiyalarni ifodalash, differensial tenglamalar va ular uchun Koshi masalasini yechish kabilarni ko‘rsatish mumkin.
Darajali qatorlar nazariy tadqiqotlarda ham keng qo‘llaniladi. Masalan, binomning natural darajalari uchun topilgan natija Nyuton tomonidan binomial qator ko‘rinishida ixtiyoriy daraja uchun umumlashtirildi.