Xii bob. Ishlab chiqarish omillari bozori


Daromadlarni differentsiatsiyalashuvi (xilma-xil boʻlishi, tabaqalashuvi)



Yüklə 318,56 Kb.
səhifə10/21
tarix25.12.2023
ölçüsü318,56 Kb.
#196869
1   ...   6   7   8   9   10   11   12   13   ...   21
XII BOB Mikro

Daromadlarni differentsiatsiyalashuvi (xilma-xil boʻlishi, tabaqalashuvi). Shaxsiy daromadlarning tabaqalashuvining asosida ish haqining har xil boʻlishi yotadi. Ish haqining har xil boʻlishi esa quyidagi omillarga bogʻliq: shaxslar qobiliyatining har xilligi, bilim darajasi, malakasi, tajribasi, mulkning va qimmatbaho qogʻozlarning notekis taqsimlanishi, koʻchmas mulkning notekis taqsimlanishi, ya’ni jamgʻarmaning notekis taqsimlanishi va hokazolar.
Bulardan tashqari daromadlarning notekis taqsimlanishida omad, qimmatli axborotga ega boʻlish, tavakkalchilik, shaxsiy va oilaviy munosabatlar ham ma’lum rol oʻynaydi. Ushbu omillarning ta’siri har-xil, ba’zi hollarda ular daromadlarni taqsimlashga qaratilgan boʻlsa, ba’zi hollarda notekislikni kuchaytiradi.
Daromadlarni notekis taqsimlanishi darajasini, chuqurligini aniqlashda Lorents egri chizigʻidan foydalaniladi.
Lorents egri chizigʻini chizish uchun koordinata sistemasini chizamiz. Gorizontal oʻq boʻyicha aholining yoki oilalarning foizlardagi ulushi ifodalanadi. Vertikal oʻq boʻyicha - daromadlar foizi ifodalanadi (1-rasm).

1-rasm. Lorents egri chizigʻi.


Odatda aholini besh qismga boʻladi, ya’ni besh kvintelga. Har bir kvintelga (beshdan bir qismiga) aholining 20 foizi kiradi. Aholining qismlari koordinata oʻqiga eng kam daromadga ega boʻlgan qismidan boshlab to eng koʻp daromad oladigan qismigacha boʻlgan ketma-ketlikda joylashtiriladi.


Agar aholining barcha qismlari oladigan daromad bir xil boʻlsa, ya’ni daromad tekis taqsimlangan boʻlsa, u holda 20 foiz aholiga 20 foiz daromad toʻgʻri keladi, 40 foiz aholiga 40 foiz daromad toʻgʻri keladi va hokazo.
Grafikdagi 0F chizigʻi daromadlarni absolyut tekis (teng) taqsimlanganligini ifodalaydi. 0EF chizigʻi esa absolyut notekis taqsimlanganligini ifodalaydi. Lorents egri chizigʻi 0ABCDF daromadlarni real, haqiqiy taqsimlanishini ifodalaydi.
Amalda aholining eng kam ta’minlangan qismiga daromadni 5-6 foizi toʻgʻri kelsa, eng boy aholi qismiga 40-45 foizi toʻgʻri keladi. Shuning uchun ham Lorents egri chizigʻi daromadlarni absolyut tekis va notekis taqsimlanishini ifodalovchi chiziqlar oʻrtasida joylashgan. Daromadlar taqsimlanishi qancha notekis boʻlsa, Lorents egri chizigʻi shuncha E nuqtaga tomon botiq boʻladi. Daromadlar taqsimlanishi qancha tekis boʻlsa, Lorents egri chizigʻi toʻgʻrilanib 0F chizigʻiga shuncha yaqinlashadi.
Daromadlarni notekis taqsimlanishi darajasi Djini koeffitsiyentini DJ deb belgilasak, u 0ABCDF yuzani (1-rasmda shtrixlangan yuza) 0FE uchburchak yuzasiga nisbati bilan aniqlanadi:

DJ
.
Bu erda biz nominal daromadni taqsimlanishini ifodaladik. Nominal daromadga aholi tomonidan pul shaklida olingan barcha daromadlar kiradi: ish haqi, dividendlar, foizlar, barcha transfert toʻlovlari (qaytarib olinmaydigan pul toʻlovlari). Lekin, bu erda aholini oʻz tomorqasidan oladigan daromadi, uyidagi chorva mollaridan tushadigan daromad, davlat tomonidan ta’limga, meditsina xizmatiga sarflanadigan mablagʻlar, xayriya, ehsonlar hisobga olinmagan.
Barcha rivojlangan mamlakatlarda daromadlarni qayta taqsimlash siyosati davlat tomonidan amalga oshiriladi. Progressiv, ya’ni oʻsib boruvchi soliq tizimiga koʻra, aholining boy qismidan yuqoriroq foizda soliq olinsa, aholining kam daromadli qisimdan kamroq foizda soliq olinadi. Soliq toʻlovlaridan tushgan daromadning bir qismi kam ta’minlangan aholini ijtimoiy himoya qilishga sarflanadi. Deyarli barcha davlatlarda aholini ijtimoiy sugʻurtalash va kam ta’minlangan aholiga moddiy yordam berish dasturlari mavjud.
Ijtimoiy sugʻurtalash dasturiga koʻra nafaqaxoʻrlar, aholining ishga yaroqsiz boʻlgan qismi, boquvchisini yoʻqotgan oila, nogironlar ijtimoiy sugʻurtalanadi.
Davlatning aholini ijtimoiy himoya qilish dasturi boʻyicha koʻp bolali oilalarga yordam beriladi, oziq-ovqat mahsulotlari ajratiladi va boshqa har xil imtiyozlar belgilanadi.
Davlatning daromadlarni qayta taqsimlash siyosati natijasida Lorents egri chizigʻi toʻgʻrilanib 0F chizigʻi tomonga siljiydi, ya’ni Lorents egri chizigʻi holatdan holatga siljiydi (2-rasm).

2-rasm. Daromadlarni qayta taqsimlanishi natijasida



Yüklə 318,56 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   6   7   8   9   10   11   12   13   ...   21




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin