Xii bob. Ishlab chiqarish omillari bozori



Yüklə 318,56 Kb.
səhifə8/21
tarix25.12.2023
ölçüsü318,56 Kb.
#196869
1   ...   4   5   6   7   8   9   10   11   ...   21
XII BOB Mikro

Iqtisodiy renta - bu taklifi chegaralangan resursga toʻlanadigan narxdir.
2. Daromadlarni taqsimlanishi
Daromadlar turi. Daromadlar iqtisodiyot nazariyasiga koʻra ishlab chiqarishda qatnashgan omillarning shu ishlab chiqarishdan olinadigan umumiy daromadga qoʻshgan hissasi boʻyicha taqsimlanadi. Ishlab chiqarilgan mahsulotlardan tushadigan daromadni bunday taqsimlanishi jamiyat uchun kerakli boʻlgan tovarlar va xizmatlarni ishlab chiqarishni ragʻbatlantiradi. Ishlab chiqarilgan mahsulotlar va xizmatlar jamiyatdagi insonlarning turmush darajasini belgilab beruvchi baza hisoblanadi va bu boylikdan jamiyatdagi har bir shaxsning oʻz ulushini olishi bozor sharoitida tengchilikka asoslanmaydi. Lekin, bunday taqsimlanishning tenglikka asoslanmaganligi koʻpchilikni qoniqtirmaydi. Shuning uchun ham davlat daromadlardagi notekislikni yumshatish uchun oʻzining daromad siyosatini amalga oshiradi.
Ishlab chiqarish omillari egasining daromadi omillar bozorida aniqlanadi. Ma’lumki, korxona egalari ishlab chiqarish omillarining egalariga (ishchi kuchi, kapital, erga) har bir omilning chekli mahsulotiga koʻra haq toʻlaydi. Ishlab chiqarish resurslari xarajatlarini toʻlagandan keyingi qolgan daromad korxona ixtiyorida qoladi va unga korxona egalarining iqtisodiy foydasi deyiladi.

Mukammallashgan bozor nazariyasiga koʻra, mukammallashgan bozorda ishlab chiqarish omillari egalari korxonadan, shu korxonada ishlatilgan omillari uchun olgan haqi, shu omillarning chekli mahsulotiga aniq teng boʻlsa, u holda iqtisodiy foyda nolga teng boʻladi (agar masshtab samarasi oʻzgarmas boʻlsa).


Ma’lumki, korxonalar oʻz kapitaliga ega, shu sababli ular oʻz kapitalini ishlatgani uchun foyda oladilar.
Shunday qilib, bozor sharoitida quyidagi daromadlar asosiy daromadlar hisoblanadi: ishchi kuchi daromadi, kapitalga daromad (foizlarda), kichik firmalar daromadi, renta - er egalari daromadi, sof foyda.
Nominal va real daromadlar. Nominal daromad - bu soliq va narxlarning oʻzgarishiga bogʻliq boʻlmagan daromad darajasi. Real daromad - bu narxlarni va boshqa toʻlovlarning oʻzgarishini hisobga olgandagi daromad. Real daromadni aniqlashda umumiy daromaddan soliq va boshqa toʻlovlarni ayirib, uni narxlar oʻzgarishiga (inflyatsiyaga) koʻra qayta hisoblaydi.
Ish haqi - ishchi kuchidan foydalanganligi uchun toʻlanadigan qiymat. Ish haqi stavkasi ham ish haqining bir turi boʻlib, ishchi kuchi mehnatidan foydalangan bir birlik vaqt uchun toʻlanadigan ish haqi (bir soatlik, bir kunlik, bir oylik).

Yüklə 318,56 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   4   5   6   7   8   9   10   11   ...   21




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin