Xii bob. Ishlab chiqarish omillari bozori



Yüklə 318,56 Kb.
səhifə1/21
tarix25.12.2023
ölçüsü318,56 Kb.
#196869
  1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   21
XII BOB Mikro


XII BOB. ISHLAB CHIQARISH OMILLARI BOZORI


12.1. Mehnat munosabatlari va mehnat resurslaridan
foydalanish koʻrsatkichlari

Ishlab chiqarish omillari bozori deganda, mehnat, xom ashyo, kapital, er va boshqa ishlab chiqarish resurslari bozori tushuniladi. Resurslar bozoridagi talab va taklif iste’mol tovarlari bozori ta’sirida shakllanadi. Shuning uchun ham resurslarga boʻlgan talab hosila talab boʻlib, firmaning ishlab chiqarish hajmidan va uning xarajatlariga bogʻliq.


Ishchi kuchiga boʻlgan talabni alohida firma uchun qaraymiz. Bozor (tarmoq) talabini aniqlash uchun tarmoqqa qarashli firmalar talablari yigʻib chiqiladi.
Qoʻshimcha yollangan bitta ishchi kuchidan olinadigan qoʻshimcha daromad mehnatning chekli daromadliligi deyiladi va u orqali belgilanadi.
Mehnatning chekli daromadliligi ning iqtisodiy ma’nosi shundan iboratki, ya’ni u qoʻshimcha bir birlik ishchi kuchidan foydalanib qoʻshimcha ishlab chiqarilgan mahsulot hajmini , qoʻshimcha bir birlik ishlab chiqarilgan mahsulotdan olinadigan qoʻshimcha daromad ga koʻpaytirish orqali aniqlanadi:
, (1)
bu erda - mehnatning chekli daromadliligi;
- mehnatning chekli mahsuloti;
- chekli daromad.
Ushbu muhim boʻlgan (1) munosabat iste’mol bozori raqobatlashganmi yoki yoʻqmi har qanday raqobatlashgan omillar bozori uchun oʻrinlidir.
Masalan, kapital bozori uchun:

bu erda - kapitalning chekli daromadliligi;
- kapitalning chekli mahsuloti;
- chekli daromad.
Er bozori uchun:
.
Raqobatlashgan bozor sharoitida chekli daromad bozor narxiga teng, ya’ni boʻlgani uchun, chekli mehnat daromadliligi quyidagicha aniqlanadi:
(2)
Chekli daromadning kamayish qonuniga koʻra, mehnatning chekli mahsuloti ish vaqti uzayishi bilan kamayib boradi. Demak, chizigʻi narx oʻzgarmasa ham pastga qarab yoʻnalgan boʻladi (1-rasm).

1-rasm. Chekli mehnat daromadliligi grafigi


I chiziq raqobatlashgan iste’mol bozoridagi firmaning chizigʻi (bu erda firma monopol hokimiyatga ega emas). II chiziq iste’mol bozorida monopol hokimiyatga ega boʻlgan firmaning chizigʻi. Monopol hokimiyatga ega boʻlgan firma koʻproq mahsulot sotish uchun tovar narxini tushirishi mumkin. Natijada boʻladi va ishlab chiqarish hajmi oshishi bilan kamayib boradi. Demak, va chiziqlari pastga yotiq boʻlgani uchun chizigʻi pastga tomon yotiq boʻladi. Agar biz monopol hokimiyatga ega boʻlgan firmaning mehnatni chekli daromadliligini monopol boʻlmagan firmaning mehnatni chekli daromadliligi bilan solishtirsak


,
bu erda - monopol hokimiyatga ega boʻlgan firmaning mehnatini
chekli daromadliligi;
- monopol hokimiyatga ega boʻlmagan raqobatlashuvchi
firmaning mehnatini chekli daromadliligi.
Bundan kelib chiqadiki, har qanday ish haqida iste’mol bozorida monopol hokimiyatga ega boʻlgan firma, monopol hokimiyatga ega boʻlmagan firmaga nisbatan kamroq ishchi yollaydi.

2-rasm. Raqobatlashgan mehnat bozorida mehnat narxining uning miqdoridan bogʻliqligi.


Mehnatni chekli daromadliligi dan ishchilarni yollashda foydalanishi mumkin. Agar firma oʻz foydasini maksimallashtiradigan boʻlsa, u ishchilarni yollashni mehnatni chekli daromadliligi ish haqiga teng boʻlgunga qadar davom ettiradi.


, (3)
bu erda - ish haqi.
Agar boʻlsa, firma qoʻshimcha ishchi kuchini yollab, oʻz foydasini oshirishi mumkin.
Ushbu shart quyidagi 2-rasmda ifodalangan.
Mehnatga boʻlgan talab chizigʻi bilan ustma-ust tushadi. talab chizigʻiga koʻra, mehnat narxi pasaygan sari unga boʻlgan talab ham ortib boradi va aksincha. Mehnat bozorida ishchi kuchiga talab - bu firmalarning ishchi kuchiga talabidir. Taklif ishchilar tomonidan boʻladi.
Mehnat bozori raqobatlashgan boʻlgani uchun mehnat narxi bozor tomonidan shakllanadi va unga bozor subyektlari ta’sir qila olmaydi (raqobatlashgan iste’mol bozoridagi kabi). Bu barcha ishchilar qaysi firmada ishlashidan qat’iy nazar, bir xil ish haqi oladi va firmalar bu narxni oldindan berilgan narx sifatida qabul qiladilar. Shuning uchun ham alohida firma uchun mehnat resurslari taklif chizigʻi gorizontal, ya’ni u absolyut elastik.
2-rasmda raqobatlashgan mehnat bozoridagi muvozanat nuqta E nuqta bilan ifodalanadi. Muvozanat ish haqi boʻlganda foydani maksimallashtiradigan mehnat resurslari miqdori ga teng boʻladi. Ishchi chekli unumdorlik nazariyasiga koʻra, mehnatning toʻliq mahsulotini oladi. Shuning uchun firmaning mehnat uchun chekli xarajati ish haqiga teng.
,
bu erda - firmaning mehnatga boʻlgan chekli xarajati.
Raqobatlashgan mehnat bozorida har bir ishchining ish haqi ga teng boʻlgani uchun, firmaning ishchilarga beradigan umumiy ish haqi xarajatlari toʻrtburchak yuziga toʻgʻri keladi (2-rasm). Ish haqining oʻzgarishi ishchi kuchiga boʻlgan talabni oʻzgartiradi. Agar ish haqi dan gacha oshsa (3-rasm), yollanadigan ishchilar soni dan gacha qisqaradi; agar ish haqi gacha pasaysa, ishdagi ishchilar soni gacha oshadi.
Mehnat bozorida firma foydasini maksimallashtiradigan shart, ya’ni mehnatni chekli daromadliligining ish haqi stavkasiga tengligi iste’mol bozoridagi shartga oʻxshashdir.


3-rasm. Ishchi kuchiga talab bilan ish haqi oʻrtasidagi bogʻliqlik


(1) va (3) tenglikdan foydalanib quyidagi munosabatni yozamiz.


tenglikning ikkala tomonini chekli mahsulot ga boʻlamiz. Natijada quyidagini olamiz:
. (4)

  1. - munosabatning chap tomoni ish haqi stavkasining bir birlik mahsulot ishlab chiqarish uchun ketgan mehnat sarfiga koʻpaytirilganiga teng, ya’ni bu ishlab chiqarishning chekli xarajatidir.

Tarmoq boʻyicha mehnat bozorini koʻrib chiqamiz. Umumiy bozor talabi tarmoqdagi firmalar talablari yigʻindisi bilan aniqlanadi (4-rasm).


4-rasm. Tarmoq mehnat bozori





Umumiy taklif takliflar yigʻindisidan iboratdir.

Bu yerda -ishchi uchun sarflanadigan qoʻshimcha xarajat, ya’ni, ish haqi.

Yüklə 318,56 Kb.

Dostları ilə paylaş:
  1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   21




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin