Mehnat bozorida monopsoniya boʻlgan hol. Bunday hol koʻproq kichik shaharlarda uchraydi. Shaharda yagona ishlab chiqarish korxonasi boʻlib, u shahar aholisining asosiy qismini ish bilan ta’minlaydi.
Shaharda boshqa ish joylari kam boʻlgani uchun, ushbu vaziyat monopsonik bozor vaziyatiga yaqin boʻladi. Monopol korxona mahalliy mehnat bozorida ishchi kuchini sotib oluvchi yagona korxona boʻlgani uchun ham u ish haqiga ta’sir qila oladi. Korxona ishga yollaydigan ishchilar sonini qisqartirsa, ishga kiruvchilar oʻrtasida raqobat kuchayadi va bu ish haqini muvozanat darajasidan pastga tushiradi.
12-rasm. Monopsonist mehnat bozori.
Raqobatlashgan mehnat bozorida muvozanat holat nuqtada oʻrnatiladi. nuqtada talab va taklif chiziqlari kesishadi. Muvozanat holatida ishchi miqdordagi ish haqi bilan ta’minlanadi. Monopsonist har bir birlik mehnat uchun bir xil ish haqi toʻlagani uchun taklif chizigʻi oʻrtacha xarajat chizigʻidan iborat boʻladi. Chekli mehnat xarajatlari chizigʻi oʻrtacha xarajat chizigʻidan yuqorida yotadi. va chiziqlarini kesishgan nuqtasi monopsonik holatda qancha ishchi bilan band boʻlishini aniqlaydi. Bu erda monopsonik muvozanat holati sharti. Demak, monopsonist ishchilar sonini dan qisqartirib, ish haqini dan ga qisqartirishga erishadi. Shunday qilib, monopsonist bir vaqtning oʻzida ham ishchilar sonini qisqartirib, ham ish haqini pasaytirib, oʻz foydasini toʻrtburchak yuziga teng boʻlgan miqdorda oshiradi.
Minimal ish haqi. Minimal ish haqi davlat tomonidan qonun orqali oʻrnatiladi. Koʻp hollarda minimal ish haqi muvozanat ish haqi darajasidan yuqori qilib oʻrnatiladi.
Bunday holda umumiy oʻrtacha ish haqi oshadi, lekin ishchilarni ishga yollash soni qisqaradi. Minimal ish haqini oʻrnatilishini va uni oshirilishini kasaba uyushmalari ham koʻpincha talab qilib chiqadilar. Minimal ish haqi qanday oqibatlar bilan bogʻliqligini koʻrib chiqaylik.
Minimal ish haqi koʻproq malakasiz ishchilar va ish topa olmagan ishchilarga salbiy ta’sir koʻrsatadi. Nima uchun deganda, malakali ishchilarga talab har doim mavjud boʻladi, shu sababli ular minimal ish haqining oshishidan yutadilar. Umuman, minimal ish haqining ortishi, ish bilan band boʻlgan aholining yuqoriroq daromad olishini ta’minlaydi. Minimal ish haqi oshganda, mehnatga haq toʻlashning barcha stavkalari qaytadan koʻrib chiqiladi va oshiriladi.
Quyidagi 13-rasmda minimal ish haqining aholi bandligiga ta’siri koʻrsatilgan.
E
13-rasm. Minimal ish haqi va bandlik.
Minimal ish haqi oʻrnatilmaganda ishchilarning bandlik darajasi va ish haqi muvozanat holat ( nuqta) orqali aniqlanadi. Muvozanat holatda ish bilan ishchi band boʻladi va u miqdorda ish haqi oladi. Minimal ish haqini muvozanat ish haqidan yuqori qilib belgilanishi , ish bilan band boʻlgan ishchilar sonini gacha qisqartiradi (Nima uchun deganda, firma bunday narxda kamroq ishchi yollaydi).
Dostları ilə paylaş: |