Xirurgik kasalliklar


Yurakning surunkali ishemik kasalligi



Yüklə 10,99 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə82/363
tarix02.01.2022
ölçüsü10,99 Mb.
#1636
1   ...   78   79   80   81   82   83   84   85   ...   363
 

Yurakning surunkali ishemik kasalligi 

Yurak  ishemik  kasalligining  asosiy  va  tez-tez  uchrab  turadigan  simptomi 

to’sh  sohasida  jismoniy  harakat  vaqtida  yuzaga  chiqishi  va  tarqalishi  jihatidan 

oshib  boradigan  bosimni  his  qilish  xisoblanadi.  Odatda  og’riq,  ko’krakda 

yoqimsiz  sezgi  bilan  o’tadi,  u  chap  elkaga,  ko’lga  yoki  ikkala  ko’lga,  bo’yin, 

jag’,  tishlarga  o’tadi.  Bu  paytda  bemorlarda  odatda  nafas  olish  qiyinlashadi, 

vahima  paydo  bo’ladi.  Ular  harakatdan  to’xtaydilar  va  xuruj  o’tib  bo’lguncha 

qimirlamay  turadilar.  Ularning  teri  koplamlari  oqarib  ketishi  mumkin,  kuchli 

xurujda  peshonadan  sovuq  ter  chiqadi.  Nitroglitserin  qabul  qilingandan  yoki 

jismoniy  zo’riqish  bartaraf  etilgandan  so’ng  tasvirlangan  belgilar  odatda 

yo’qoladi.  Stenokardiya  xurujining  necha  marta  tutishi  bilan  aterosklerozga 

uchragan  toj  tomirlar  darajasi  o’rtasida  bog’liqlik  borligi  aniqlangan. 

Stenokardiya xurujlari tutishi bilan toj tomirlar aterosklerozining og’ir-engilligi 

o’rtasida ham xuddi shunday bog’liqliklar borligi ma’lum. 

Yurak  ishemik  kasalligining  eng  xatarli  ko’rinishlaridan  biri  yurak 

etishmovchiligi  bo’lib,  u  mehnat  qobiliyatining  vaqtinchalik  yoki  batamom 

yo’qotilishiga, 

nogironlikka 

va 

o’limga  sabab  buladi.  Stenokardiya 



diagnostikasida  kasallik  anamnezini  aniqlashning  muhim  ahamiyati  bor.  Biroq 

ayrim  bemorlarda  kasallik  boshqacha,  atipik  simptomatika  bilan  yoki 

simptomlarsiz o’tishi mumkin.  

Diagnostik  usullar  orasida  EKG  muhim  o’rin  tutadi,  u  kasallikni 

diagnostika  qilish,  uning  og’ir-engilligiga  baho  berish,  joylashgan  sohasini  va 

miokardda  qon  aylanish  etishmovchiligi  va  postinfarkt  kardiosklerozning 

qancha joy egallaganini aniqlashga imkon beradi.  

YuIKga  (yurak  ishemik  kasalligi)  shubha  qilingan  barcha  bemorlarda 

hamma  e’tirof  etgan  12  nuqtada  EKG  tekshiruvini  o’tkazish  lozim.  Yurak 

ishemik kasalligi bo’lgan 35% bemorlarning tinch turgan holatida qayd qilingan 

EKGda  miokard  ishemiyasi  belgilari  aniqlanmaydi.  Bunday  bemorlarda 

tashxisni  aniqlash  va  toj  tomir  qon  aylanishining  rezerv  imkoniyatlarini  bilish 




 

101 


uchun bir qator qo’shimcha elektrokardiografik tekshiruvlar: jismoniy ish bilan 

sinamalar (veloergometriya) va EKGda 24 soatlik uzluksiz monitoring o’tkazish 

maqsadga  muvofiq  bo’ladi.  Agar  koronar  etishmovchilik  asosini  miokard 

vaskulyarizatsiyasining  funktsional  buzilishi  –  tojsimon  arteriyalar  spazmi 

tashkil  qilsa,  ergometrin  sinamasi  birmuncha  namunali  diagnostik  test 

hisoblanadi. U EKGni nazorat qilib turgan holda ergometrin maleat (ergonovin) 

preparatini  venaga  oqim  bilan  yuborishdan  iborat.  Bunda  EKGda  ST 

segmentining  izoelektrik  chiziqdan  surilishi  va  stenokardiya  xuruji  paydo 

bo’lishi sinamaning musbatligini ko’rsatadi. 

Yurak  ishemik  kasalligi  bo’lgan  bemorni  rentgenologik  tekshirish  ko’krak 

qafasi  a’zolarini  rentgenoskopiya  va  yurakni  rentgenoelektrokimografiya 

qilishni  o’z  ichiga  oladi,  ular  yurak  ishemiyasi  asoratlari  borligi  (yurak 

anevrizmasi,  qorinchalararo  to’siqning  postinfarkt  nuqsoni)  va  ko’krak  qafasi 

a’zolarining qo’shilib keladigan kasalliklari to’g’risida tasavvur beradi. 

Yurak  ishemik  kasalligida  tekshirishning  radionuklid  usullari,  xususan 

sokinlikda  va  jismoniy  harakat  bilan  sinama  o’tkazish  vaqtida  Tl

201

  bilan 


miokardni stsintigrafiya qilish, shuningdek radionuklid ventrikulografiya usulini 

qo’llash muhim diagnostik ahamiyatga ega. Bular chap qorinchaning funktsional 

holati  to’g’risida  ma’lumot  beradi.  Tekshirishning  radionuklid  usullari  yurak 

zarbali  va  minutlik  hajmini,  aylanib  yurgan  qon  xajmini,  kichik  qon  aylanishi 

doirasida qon oqimi vaqtini va o’pkada aylanib yurgan qon xajmini o’rganishga 

imkon beradi. 

Yurak  exografiyasi  noinvaziv  usul  bo’lib,  yurakning  tuzilishi  va  miokard 

funktsiyasini  tadqiq  qilishga  yordam  beradi.  Exokardiografiya  usulidan  chap 

qorincha funktsional qobiliyatini va yurak ishemiyasi kasalligini, qorinchalararo 

to’siqning  postinfarkt  nuqsoni  yoki  mitral  klapan  etishmovchiligi,  chap 

qorinchaning infarktdan keyingi anevrizmasi singari yurak ichi gemodinamikasi 

asoratlarini 

o’rganishda  foydalaniladi.  Chap  qorinchani  o’rganishda 

exokardiografiya chap qorincha bo’shlig’i, qalinligi va orqa devori o’lchamlari, 

orqa  devor  kinetikasi,  qorinchalararo  to’siq  xarakati,  chap  qorinchaning  oxirgi 



 

102 


sistolik va oxirgi diastolik hajmi, qon otilish fraktsiyasi, zarbali hajmi to’g’risida 

ma’lumot  olishga  imkon  beradi.  Miokard  qisqaruvchanligining  lokal 

buzilishlariga  baho  berishda  exokardiografiya  vaqtida  nitroglitserin  bilan 

farmakologik  testdan  foydalaniladi.  Nitroglitserin  qabul  qilingandan  so’ng 

gipoksiya  sohasining  yo’qolishi  o’zgarishlarning  ishemik  xususiyatidan  dalolat 

beradi.  Bunda  miokard  sistolik  harakat  amplitudasi  oshgan  bo’ladi.  Miokard 

qisqaruvchanligining  segmentar  buzilishlarini  aniqlashga  imkon  beradigan 

sektoral  skanerlash  (ikki  o’lchamli  exokardiografiya),  chap  qorincha  devorlari 

kinetikasining  lokal  buzilishlarini  diagnostika  qilishda  ayniqsa  qimmatli 

hisoblanadi. 

Chap  qorincha  funktsional  qobiliyatiga  baho  berish  uchun  yurakning  chap 

bo’limlarini kateterlash va chap qorinchada oxirgi diastolik bosimni va yurakdan 

otilib  chiqqan  qonni o’lchashning  muhim  ahamiyati  bor.  Yurakni kateterlashda 

bajariladigan chap tomonlama ventrikulografiya devorlari xarakatini va ularning 

kinetikasini  o’rganish,  shuning  asosida  qaytar  (gipoksiya)  va  qaytmas 

(chandiqli)  o’zgarishlar  bo’lgan  qorincha  faoliyati  buzilishlari  o’rtasidagi 

differentsial  diagnostika  xajmlarini  hisob-kitob  qilish  imkonini  beradi. 

Nitroglitserin 

qabul 

qilishdan 



oldin 

va 


keyin 

chap 


tomonlama 

ventrikulografiyani bajarish mumkin. 

F.  Sones  ishlab  chiqqan  va  1959  yilda  klinik  amaliyotga  joriy  qilgan 

selektiv  koronografiya  yurak  ishemik  kasalligini  diagnostika  qilishning  asosiy 

va  ko’p  ma’lumot  beradigan  usullaridan  hisoblanib,  bu  kasallikni  aniqlash  va 

uni jarrohlik usulida davolash masalasini uzil-kesil hal qilishda juda qo’l keladi. 

U  tojsimon  arteriyalar  va  asosiy  tarmoqlarini  ko’rish,  ularning  anatomik  va 

funktsional  holatini,  aterosklerotik  jarayon  darajasini,  kompensator  kollateral 

qon aylanishi, tojsimon arteriyalar distal oqimini o’rganish uchun mo’ljallangan. 

Selektiv  koronografiya  90-95%  hollarda  tojsimon  o’zanning  anatomik  holatini 

ob’ektiv va aniq aks ettiradi. 

Yurak  ishemik  kasalligiga  uchragan  bemorlarga  muolaja  miokard 

gipoksiyasini  bartaraf  etish,  shuningdek  yurak  ishemiyasining  stenokardiya, 



 

103 


yurak  etishmovchiligi  va  yurak  ritmi  buzilishi  singari  klinik  ko’rinishlarini 

yo’qotish yoki engillashtirishga qaratilgan. 

Kislorod  sarfiga  ehtiyoj  bilan  uni  yurak  mushagiga  o’tkazish  orasidagi 

buzilgan  balansni  dori-darmonlar  bilan  yo’qotish  ikkita  yo’l  bilan  amalga 

oshirilishi mumkin:  

1)  toj  arteriyalarda  qon  oqimini  kuchaytirish  yordamida  ishemiyaga 

uchragan miokard perfuziyasini yaxshilash;  

2) ishemiyaga uchragan miokardning kislorodga extiyojini kamaytirish.  

Tomirni  kengaytiradigan  ta’sir  hisobiga  koronar  toj  arteriyalaridagi  qon 

oqimini  yaxshilash  uchun  nitroglitserin  va  boshqa  organik  xamda  anorganik 

nitrobirikmalardan  foydalaniladi.  Yurak  ishemiyasida  yurak  funktsiyasini 

yaxshilash  maqsadida  beta-adrenergik  retseptorlarni  blokada  qiladigan 

preparatlar (anaprilin, propranolol, obzidan, inderal) va boshqalar ishlatiladi. 

Toj  arteriyalar  angioplastikasi.  Toraygan toj  arteriyalar  bo’shlig’ini  tiklash 

uchun  A.  Gruntzig  1977  yilda  kardioxirurgiya  amaliyotiga  toj  arteriyalar 

angioplastikasini joriy qildi. Bu usul stenozga uchragan toj arteriyalarni ballonli 

dilatatsiyasi  (angioplastika)  yo’li  bilan  miokardni  revaskulyarizatsiya  qilishdan 

iborat. Toj arteriyasida kaltsinoz bo’lmachagani va bu arteriyaning distal o’zani 

zararlanmagani  holda  toj  arteriyaning  proksimal  bo’limlarda  torayishi  toj 

arteriyalarini  angioplastika  qilishga  ko’rsatma  hisoblanadi.  Angioplastika 

quyidagicha  o’tkaziladi.  Odatdagi  usulda  koronografiya  o’tkazilgandan  keyin 

angioplastik 

kateter 

o’tkazgich-kateter  bilan  almashtiriladi,  u  orqali 

stenozlangan  toj  arteriyaga  dilatatsion  kateter  kiritiladi.  Dilatatsion  kateter 

uchida  diametri  puchaygan  xolatda  1,2-1,3  mm  shishirilgan  holatda  esa 

maksimal  diametri  3-3,7  mm  ga  etadigan  balloncha  bo’ladi.  Kateterning 

puchaygan 

xolatdagi 

ballonchasini 

toj 

arteriyasi 



stenozi 

sohasiga 

rentgentelevizion  nazorat  ostida  o’rnatiladi  va  uni  30%  li  kontrast  modda 

eritmasi  bilan  5  atmosfera  bosimi  ostida  to’ldiriladi.  Balloncha  5-60  sekund 

mobaynida  shunday  holatda  turadi,  shundan  keyin  uni  bo’shatiladi.  Zarurat 

bo’lganda  ballonchani  bir  necha  marta  to’ldirish  mumkin.  Stenoz  darajasining 




 

104 


20% dan ortiqroq kamayishiga erishilganda angioplastika yaxshi natija berdi deb 

hisoblanadi.  AQShdagi  tadqiqotchilar  ma’lumotlariga  ko’ra,  toj  arteriyalarini 

ballonli dilatatsiya qilishda taxminan 65% bemorlarda yaxshi natija olinadi. 

Toj  arteriyalar  angioplastikasi  jarayonida  yuzaga  kelishi  mumkin  bo’lgan 

asosiy  asoratlar:  o’tkir    miokard  infarkti  (5,3%),  toj  arteriya  okklyuziyasi 

(4,6%),  toj  arteriya  spazmi  (4,5%),  qorinchalar  fibrillyatsiyasi  (1,8%) 

hisoblanadi.  Ushbu  amaliyotda  o’lim  darajasi  –  1,2%  ni  tashkil  etadi. 

Angioplastika muvaffaqiyatli chiqqanda taxminan 80% bemorlarda stenokardiya 

xurujlari  yo’qoladi  yoki  bir  muncha  kamayadi,  90%  dan  ko’p  bemorlarda 

jismoniy  harakatlarga  moyillik  paydo  bo’ladi,  miokardning  qisqarish  qobiliyati 

yaxshilanadi. 


Yüklə 10,99 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   78   79   80   81   82   83   84   85   ...   363




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin