Xix asr birinchi va ikkinchi yarmida angliyaning


Oriental Renaissance: Innovative



Yüklə 487,37 Kb.
Pdf görüntüsü
səhifə10/14
tarix13.04.2023
ölçüsü487,37 Kb.
#97082
1   ...   6   7   8   9   10   11   12   13   14
xix-asr-birinchi-va-ikkinchi-yarmida-angliyaning-afgonistonga-yuborgan-ekspeditsiyalari

Oriental Renaissance: Innovative, 
educational, natural and social sciences 
 
VOLUME 2 | ISSUE 1 
ISSN 2181-1784 
Scientific Journal Impact Factor SJIF 2021: 5.423 
1007 
w
www.oriens.uz
January 
2022
 
kutilmaganda be'tob bo'lib qolishi natijasida vafot etadi[16]. XIX asrning 60-yillarida 
A.Shlagintveytning sobiq yo'l boshlovchisi Muhammad Amin Pomir va Sharqiy 
Turkistonga tashrif buyuradi.Uning vazifasi Shinjon, Yorkent, Xo'tan, Koshg'ar va 
Afg'onistonning ma'muriy boshqaruv tizimini puxtalik bilan o'rganish, harbiy-qo'shin, 
qal'a inshoatlari holati va uning soni, ijtimoiy-iqtisodiy, savdo yo'llari va bozorlari
haqidagi ma'lumotlarni to'plashdan iborat edi. Bundan tashqari u Pomir orqali 
o'tadigan barcha dovonlarning ro'yxatini tuzib chiqadi va Sarikulning o'sha vaqtdagi 
siyosiy ahvolini tahlil qiladi[17].
1865 yilda yana bir yollanma ayg'oqchi Fayz Baxsh Badaxshon, Vaxan, Pomir, 
Qunduz, Buxoro va Xivaga safar uyushtiradi va o'zining sayohatini 1869 yilda 
Balxda yakunlaydi. Unga yuklatilgan vazifa o'zi bosib o'tgan yo'llarning batafsil 
chizmalarini qog'ozga tushirishdan iborat edi. 
1867-1868-yillarda 
boshqa-bir 
pandit 
(yollanma 
ayg'oqchi) 
Manful 
Badaxshonda bo'ladi. 1868-1869-yillar qishida mayor Montgomeri tomonidan 
yuborilgan asli Mashhadlik bo'lgan Mirza ismli pandit Badaxshon va Pomir orqali 
o'tib Sharqiy Turkistonga keladi. Uning asil ismi ma'lum bo'lmagan, ya'ni 
Montgomeriga ishlagan barcha ayg'oqchilarning nomlari ular vafot etib ketgunicha 
sir saqlangan. Mirzo Hindistondagi Ost-Indiya kompaniyasining “kuzatuvchilar” 
xizmati xodimi sifatida ishlagan. 1867 yilda unga Chitroldan Badaxshonga olib 
boruvchi qisqa bo'lgan yo'lni topish, Qo'qon va Koshg'ar oralig'idagi yo'llarning 
xavfsizligini tekshirish vazifasi yuklatiladi[18]. Mirza yaxshi tayyorlangan ayg'oqchi 
bo'lgan u zamonaviy uskunalardan foydalanishni, turk va fors tillarini mukammal 
bilgan. U yollanma ayg'oqchilar orasida (panditlar) Pomirni batafsil va izchil 
o'rgangan edi[19]. Darhaqiqat Mirza harbiy maqsadlar uchun Pomir yo'llarining 
batafsil tavsifini birinchi bo'lib tasvirlagan edi. U puxtalik bilan aholi yashash 
manzillari orasidagi masofalarni hatto ahamiyatsiz bo'lgan kichik yo'llarni ham 
unutib qoldirmasdan qayd etib o'tgan. U bundan tashqari qo'shinlar uchun lagerlar, 
yem-xashak, yoqilg'i va zaxiralarni saqlash uchun mos joylarni ham xaritaga 
tushirgan[20]. Mamlakatdagi barcha istehkomlarni ham qayd etgan va mudofa uchun
qulay va noqulay bo'lgan joylarni belgilagan. U Qorovul qal'asini quyidagicha 
tasvirlagan "istehkom qulay yerga joylashgan bo'lib, u jarlik ustiga qurilgan edi, 
uning ustidan barcha yo'llarni nazorat qilish imkoni mavjudligi, shuningdek 
dushmanning qal'a ustiga chiqishi imkonsiz edi” deya ta'riflaydi . Bundan tashqari 
Mirzo Tyan Shandagi rus harbiylariga tegishli mudofaa istehkomlari haqida ham 
ma'lumotlar to'plagan: masalan u “Tojia istehkomida 400 nafar o'qchi, Narayan 
daryosi ustidagi ko'prikni 500 nafar askar, Narayandan o'n kunlik masofada Tomsk 



Yüklə 487,37 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   6   7   8   9   10   11   12   13   14




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin