Oriental Renaissance: Innovative, educational, natural and social sciences VOLUME 2 | ISSUE 1 ISSN 2181-1784 Scientific Journal Impact Factor SJIF 2021: 5.423 1004
w www.oriens.uz January 2022 Amudaryoning chap qirg'og'idagi yerlar va Afg'oniston va Sind o'lkasining turli-xil
xududlari haqidagi xisobotlar edi. Bu ma'lumotlar Afg'onistonga va Markaziy
Osiyoning boshqa o'lkalariga tezkorlik bilan harbiy xujum rejalarini ishlab chiqish
uchun kerak edi.
Charlz Messon Afg'onistonda uzoq vaqt davomida norasmiy tarizda ingliz
rezidenti sifatida faoliyat olib borgan. Messon Kobuldagi katta bozorni, Kobulga
keladigan va undan chiqib ketadigan karvonlarni, turli xil bo'lgan maxsulotlar
aylanmasini sinchkovlik bilan kuzatadi. Kuzatuvlari natijasida u 1835 yilda
matbuotda “Kobul savdosi to'g'risida” memorandum chop etadi. Bu xujjatda qayd
etilishicha Kobul shahri Hindiston va Markaziy Osiyo o'rtasidagi eng muhim savdo
markazi sifatida qaraladi sababi 1834 yilda uning savdo aylanmasi 1 mln funt sterling
sifadida ko'rsatiladi. U bu bir tomondan Hindistonda ikkinchi tomondan Afg'oniston
va Markaziy Osiyoda Britaniya mulklari o'rtasida savdo-sotiqning keng rivojlanishiga
yordam beradi deb hisoblagan. Bu hol o'z navbatida ingliz-afg'on munosabatlarida
asosiy ahamiyat kasb etgan[11].
Ost-Indiya kompaniyasining maxfiy komiteti 1836 yil 25 iyunda Hindiston
general gubernator Oklend va uning tashqi ishlar vaziri Palmerstounning buyrug'i
bilan diplomat va josuslarni Kobulga jo'natadi. Hindiston general-gubernatori ularga
Afg'onistondagi vaziyatni har tomonlama o'rganish va “Rossiya ta'siriga” qarshi
barcha choralarni ko'rishni tavsiya qiladi[12].
XIX asr o'ttizinchi yillarida general Malkolьmning maxfiy topshiriqlarini
bajarish maqsadida ingliz ofitserlari Afg'onistonning olis xududlari, hechqanday
qonunlar
amal
qilmaydigan
va
hali
hechqachon
shupaytgacha
hechbir
tadqiqotchining qadami yetmagan joylarda josuslik ishlarini olib borishadi. O'sha
vaqtlarda Bombey piyoda qo'shinlar beshinchi polki ofitserlari kapitan Charlz Kristi
va leytenant Genri Pottinjerlar o'zlarining missiyalarini bajarishga kirishadi. Ular
sayohati davomida mahalliy qabilalar va ularning sardorlari, shaharlarning mudofa
tizimi va ularning istehkomlari haqida yetarlicha ma'lumot to'plashga muvaffaq
bo'ladi. Charlz Kristi Afg'onistondagi strategik jixatdan muhim ahamiyatga ega
bo'lgan Hirot shahrini tadqiq qiladi va u haqda to'plagan hisobotlarni Hindiston
general gubernatoriga jo'natishga muvaffaq bo'ladi.
Shuni ta'kidlash kerakki ingliz maxfiy xizmat xodimlarining Afg'onistondagi
asosiy rezidentsiyasi Hirot shahri bo'lib xodimlarga buyruqlar asosan shuyerdan
berilardi. Hirotdagi bu yashirin tarizda asos solingan markazga mayor d,Arsi Todd
boshchilik qilgan[13].