Oriental Renaissance: Innovative,
educational, natural and social sciences
VOLUME 2 | ISSUE 1
ISSN 2181-1784
Scientific Journal Impact Factor SJIF 2021: 5.423
1000
w
www.oriens.uz
January
2022
KIRISH
Markaziy Osiyo muhim geopolitik mintaqa hisoblanib, Afg'oniston bo'lsa uning
asosiy strategik nuqtasini egallagan edi. Lekin bu davrda mintaqaga ikki yirik
mustamlakachi davlat tobora yaqinlashib kelmoqda edi. Biri shimoldan, bir necha
asrlardan beri Markaziy Osiyo davlatlari bilan o'zaro siyosiy va iqtisodiy aloqalarga
ega bo'lgan, bu davrga kelib Markaziy Osiyoning shimoliy hududlari ustidan o'z
hukmronligini qaror toptirib bo'lgan Rossiya bo'lsa, ikkinchisi esa janubdan,
Hindiston subkontinentida o'z ustivorligini o'rnatgan va tizimli ravishda shimolga
qarab siljib borayotgan Angliya edi. Shubhasiz bu ikki mustamlakachi davlat ham
yangi bozorlarga, xom-ashyo manbalariga, qolaversa strategik qulay hududlarga ega
bo'lish uchun mintaqani o'z ta'siriga olish va o'z hukmronligini o'rnatish maqsadiga
erishishga harakat qilishardi. Shu boisdan bu o'lka borasida ingliz-rus raqobati
vujudga keldi va u butun XIX asr xalqaro munosabatlar tizimining ustuvor
yo'nalishlaridan biri bo'lib qoldi. Ingliz-rus muxolifligi keyinchalik “Katta o'yin” deb
atalgan yangi nomga ega bo'ldi. Angliyaning tashqi tajovvuzkor siyosatining ustivor
maqsadiga aylangan Afg'oniston masalasi ingliz-afg'on urushlarini keltirib chiqardi.
Birinchi ingliz-afg'on urushidan so'ng Afg'oniston mamlakat sifatida tarqoq holga
kelib, buninng natijasida mamlakat ichkarisida kuchli iqtisodiy va ijtimoiy-siyosiy
bo'hron boshlandi. Urushdan so'ng Afg'oniston amirligining bosh ustivor vazifasi
mamlakatni birlashtirish va siyosiy, iqtisodiy islohatlar o'tkazishdan iborat edi.
Dostları ilə paylaş: