Oriental Renaissance: Innovative, educational, natural and social sciences VOLUME 2 | ISSUE 1 ISSN 2181-1784 Scientific Journal Impact Factor SJIF 2021: 5.423 1002
w www.oriens.uz January 2022 razvedka ishlarini olib bordi. Shaxsan M.Elfinstounga mamlakatning xukmron
doiralari haqida batafsil ma'lumotlar yig'ish topshirig'i yuklanadi. Ekspeditsiya
deyarli besh oy davom etadi. Shu vaqt mobaynida ular mamlakatdagi karvon yo'llari,
afg'on xalqi va qabilalari, alohida e'tiborga ega bo'lgan shaxslar bilan tanishadi.
Inglizlar mahalliy amaldorlarga qimmatbag'o sovg'alar berish orqali ular bilan
aloqalar o'rnatadi. Pora berib o'z tomoniga og'dirish ingliz siyosatiga xos xususiyat
bo'lib, harqanday urushda o'z xukmronligini o'rnatishda vosita bo'lib xizmat qiladi[4].
1809 yil iyun oyida Peshavorda M.Elfinstounning shox Shujo ul-Mulk bilan olib
borgan muzokaralari natijasida birinchi afg'on-ingliz shartnomasi imzolanadi.
Shartnoma shundan iborat ediki mobodo Fransiya va Eron Hindistonga xujum
qilgudek bo'lsa Afg'oniston Angliya tomonida turib urushda qatnashishi nazarda
tutilgan edi[5].
Ost-Indiya kompaniyasi 1820-25 yillarda o'zining tajribali xodimi Uilyam
Murkroft boshchiligida Afg'oniston va unga qo'shni bo'lgan xududlarga ularning
iqtisodiyoti, harbiy-siyosiy holati, xududlarning topografik joylashuvi va ayniqsa
tog'lardan o'tib bo'ladigan so'qmoqlar, daralar, yo'llar haqida ma'lumotlar to'plash
uchun Britaniya ekspeditsiyasini jo'natadi. Uilyam Murkroft va boshqa ekspeditsiya
a'zolari 1822 yilda Jalolobodda, 1824 yilda Kobul shaharlarida bo'lishadi. U va uning
hamrohlari yevropaliklar orasida birinchi bo'lib Bomiyondagi buddaning ulkan
xaykalini ko'rishgan. Ekspeditsiya a'zolari 1825 yil fevral oyida Buxoro amriligiga
yetmush kishilik tarkib bilan kirib kelishadi[6]. Bu ekspeditsiya natijasida inglizlar
Buxoro amirligini xartaraflama o'rganadi va mahalliy amaldorlar bilan til topishning
uddasidan chiqadi.
Markaziy Osiyoning iqtisodiy, siyosiy imkoniyatlari, savdo yo'llari, strategik
ahamiyatga ega nuqtalarini o'rganishda anchagina katta ish qilgan ingliz armiyasi
harbiy razvedka leytinanti A.Byorns bo'lib, u Ost-Indiya kompaniyasiga xizmat
qilganlar orasida eng qobiliyatlilaridan edi. U fors tili va unga yaqin bo'lgan boshqa
dialektlarni ham mukammal egallagan bo'lib, bu esa unga O'rta Sharq xalqlari orasida
osonlik bilan munosabatta bo'lishiga va ular orasiga kirishib ketishiga xizmat qildi. U
to'plagan maьlumotlar harbiylar, diplomatlar, iqtisodchilar, lingvistlar, savdogarlar,
geograf va sayyohlar uchun qimmatli maьlumotlar bo'lib xizmat qiladi. 1831 yilda
A.Byorns hind savdogari niqobi ostida Buxoroga yo'l oladi. Uning vazifasiga
Hindistondan Buxoroga eng qisqa bo'lgan yo'lni topish, mahalliy bozorlarni
o'rganish, Buxoro amirligi bilan Hindiston o'rtasidagi dastlabki siyosiy va savdo
aloqalarini o'rnatish kirardi[7].