Xix asr birinchi va ikkinchi yarmida angliyaning


Oriental Renaissance: Innovative



Yüklə 487,37 Kb.
Pdf görüntüsü
səhifə8/14
tarix13.04.2023
ölçüsü487,37 Kb.
#97082
1   ...   4   5   6   7   8   9   10   11   ...   14
xix-asr-birinchi-va-ikkinchi-yarmida-angliyaning-afgonistonga-yuborgan-ekspeditsiyalari

Oriental Renaissance: Innovative, 
educational, natural and social sciences 
 
VOLUME 2 | ISSUE 1 
ISSN 2181-1784 
Scientific Journal Impact Factor SJIF 2021: 5.423 
1005 
w
www.oriens.uz
January 
2022
 
Mustamlakachi Britaniya bir zum ham Afg'oniston xududini tadqiq qilish 
ishlarini to'xtmadi. Ular Afg'onistonning siyosiy, iqtisodiy ahvolini va qulay bo'lgan 
savdo yo'llarini topish maqsadida o'lkani sinchkovlik bilan o'rganish ishlarini 
muntazam ravishda olib borishgan. Mamlakatda faoliyat olib borayotgan Ost-Indiya 
kompaniyasi xodimlari Kalkutta va Londonga turli xil ma'lumotlar va axborotlarni 
boricha yetkazib turishgan. 
Nega? Nima uchun bu jafokash xalq urush ichida yashashga mahkum? Nima 
uchun tamaddundan orqada qolgan bu zamin so'nggi ikki asr ichida ulkan siyosiy 
kurash maydoniga aylanib qoldi?
Yer yuzining shunday mintaqalari, hududlari borki, ular tabiiy va turli-tuman 
qazilma boyliklari bilan emas, aynan geografik joylashuvi bilan yirik imperiyalar 
e'tiborini o'ziga jalb etadi. Osiyoning strategik muhim mintaqasida joylashgan 
Afg'onistonning siyosiy kurashlar va fitnalar markaziga aylanib qolayotganining 
asosiy sababi ham shunda. “Moziyga qaytib ish ko'rmoq xayrlidir” Shunday ish 
ko'rsak, Afg'oniston va uning atrofida (boshqa olovli nuqtalarda ham) kechayotgan 
geosiyosiy o'yinlar mohiyatini o'rganish osonroq kechadi. 
XIX asr boshlarida Angliya Afg'onistonga shunchaki mamlakat sifatida eьtibor 
qaratib qolmay balki uni Hindistonning shimoliy-g'arbiy ostonasi sifatida ko'radi. 
Sababi Britaniyaning bosqinchilik siyosati rejasida bo'lgan Eron va Markaziy Osiyo 
yerlariga harbiy yurishlar olib borilgan taqdirda Afg'oniston eng muhim harbiy 
amaliyotlarga tayyorgarlik ko'radigan maydon sifatida boshlang'ich nuqta vazifasini 
bajarishi kerak edi. Shu sababli Angliya Afg'onistonni tadqiq etish va batafsil 
o'rganish maqsadida u yerga o'zlarining maxfiy ayg'oqchilarini va xodimlarini 
jo'natadi. Masalan ulardan M.Elfinstoun,Ch.Kristi, U.Murkroft, Trebek, Frezer, 
Stirling, Konolli, Ch.Messon, A.Byorns kabi Ost-Indiya kompaniyasining maxfiy 
xodimlari to'plagan ma'lumotlar uzoq yillar davomida nafaqat Angliya balki boshqa 
imperialistik davlatlar uchun ham qimmatli manba bo'lib xizmat qildi. 
Shu tariqa XIX asrning o'ttizinchi yillari oxirida Britaniya mustamlakasi
Afg'onistonga bostirib kirish uchun bo'lgan harbiy-siyosiy va diplomatik 
tayyorgarlikni yakunlaydi. Ular mamlakatdagi har-bir yo'llarning baktafsil 
chizmalarini, suv yo'llarini, xukumat amaldorlarini, har qanday manbalarni
hududlarning siyosiy-iqtisodiy sharoitlarini sinchkovlik bilan o'rganishadi.
Afg'oniston bilan 1838-1842 yildagi birinchi ingliz-afg'on urushidagi 
mag'lubiyatdan so'ng, u orqali o'zbek honliklariga safar qilish inglizlar uchun o'ta 
mushkul bo'lib qoldi. Endilikda inglizlar uchun Turkistonga Sin imperiyasi orqali 
kirish mumkin bo'lgan yo'l ham bor ediki, ammo bungacha Xitoy xukumati Murkroft 



Yüklə 487,37 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   4   5   6   7   8   9   10   11   ...   14




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin