Oriental Renaissance: Innovative, educational, natural and social sciences VOLUME 2 | ISSUE 1 ISSN 2181-1784 Scientific Journal Impact Factor SJIF 2021: 5.423 1008
w www.oriens.uz January 2022 qal'asi joylashganligi uyerda 100 ta askar 4 ta zambarak, uyerdan yana o'n kunlik
masofada Oloy tizmasi boshlanish nuqtasida 2 ming askar va 8 ta zambarak” bor
ekanligini aniqlagan[22].
Ingliz ayg'oqchilari orasida alohida o'rin egallagan agent Agarxon bo'lib u
Bombey va Pomirdagi Shialar rahnamosi edi. uning ta'sir doirasi Kobul va
Koshg'arda juda kuchli edi. U o'z obro' e'tiborini saqlash maqsadida Kobul va
Koshg'arga tez-tez safar qilib turar va safari davomida bu o'lkalar haqida batafsil
ma'lumotlar to'plashga harakat qilardi[23].
1870-yillarda ingliz “tadqiqotchilari” tomonidan bir-qancha ekspeditsiyalar
uyushtirildi. Katta zobit Xavildar Xisor, Kulob, Qorategin hududlarini tadqiq
etadi[24]. 1872 yilda Xavildar maxfiy topshiriq bilan Chitrol va Fayziobodda bo'ladi,
uyerdan o'sha vaqtlarda Buxoro amrligi sarhadlariga tegishli bo'lgan Darvoz va
Qo'qon xonligiga qarashli Qorategin hududlarida bo'ladi. Xavildar Peshovor va
Fayziobod yo'llarini batafsil tavsiflaydi va Badaxshondagi aholining turmush-tarzi,
yashash-sharoiti, ularning urf-odatlari to'g'risida ma'lumotlar yig'adi[25]. Serjant
Sappers Montgomerining topshirig'i bilan Peshovordan Fayziobodgacha bo'lgan
yo'llarni tadqiq qiladi[26]. Ammo ko'plab o'rganilgan tadqiqotlar natijasiga ko'ra
Xavildar va Sappers bir shaxs ekanligi ta'kidlanadi[27].
XIX asrning 70 yillari boshlarida Afg'onistondagi ingliz razvedka faoliyatida
kichik pasayish kuzatildi. Ammo tez orada britaniyalik agentlarning faolligi tufayli
vaziyat o'zgardi. Bunga sabab esa 1873 yilda Xiva xonligining Rossiya podsholigiga
qo'shib olinganligi bo'ldi.
Pandit Ibroximxon Tyan Shandagi Yasin vodiysi Balistondagi Darkut dovoni
orqali Badaxshondagi Langar degan joygacha uyerdan unga hamrohlik qilgan
D.Forsayt bilan Koshg'argacha boradi[28]. 1873-1874 yillarda D.Forsayt Koshg'arga
amalga oshirgan ekspeditsiya keng qamrovli bo'lib, ekspeditsiya tarkibiga polkovnik
Gordon, kapitan Trotter, Biddalf, Belyu, Chepmen va doktor Stolichkalar
hamrorohlik qildi. Ekspeditsiyaning go'yoki asosiy maqsadi Yoqubbek bilan savdo
shartnomasini tuzish va bosib o'tgan hududlarini ilmiy jihatdan o'rganishdan iborat
edi. “Tadqiqotchilar” Koshg'arga quruq qo'l bilan kelmadilar, ular o'zlari bilan
Yoqubbek saroyiga 2200 ta miltiq, 8 ta 3 fut kalibrli tosh yorar qurol keltirishdi[29].
Forsaytning asl maqsadi Afg'oniston va Koshg'arning Rossiya bilan chegara
hududlaridagi mavjud holat to'g'risida to'liq va aniq ma'lumotlarni aniqlash va ularni
qayd etib boishdan iborat edi. U o'zining hisobotida yo'lida uchragan barcha aholi
yashash manzillarini sanab o'tgan, shuningdek uyerlarda yashayotgan aholining soni,
yo'llar, so'qmoqlar, tabiat va iqlim sharoitlari, mudofa qobiliyatlari, harbiy