Xix asr birinchi va ikkinchi yarmida angliyaning


Oriental Renaissance: Innovative



Yüklə 487,37 Kb.
Pdf görüntüsü
səhifə12/14
tarix13.04.2023
ölçüsü487,37 Kb.
#97082
1   ...   6   7   8   9   10   11   12   13   14
xix-asr-birinchi-va-ikkinchi-yarmida-angliyaning-afgonistonga-yuborgan-ekspeditsiyalari

Oriental Renaissance: Innovative, 
educational, natural and social sciences 
 
VOLUME 2 | ISSUE 1 
ISSN 2181-1784 
Scientific Journal Impact Factor SJIF 2021: 5.423 
1009 
w
www.oriens.uz
January 
2022
 
istehkomlar to'g'risida hattoki bu yerlarda uchraydigan kasalliklar haqida ham 
ma'lumotlar keltirgan[30]. 1874 yil mart oyida Gordon, Trotter, Stolichka va boshqa 
bir qancha panditlar Koshg'ardan chiqib Xisor va Sarikul orqali Pomirga jo'naydi. 
Ular asosan e'tiborlarini yo'llarga qaratadi. Trotter yo'llarning to'liq manzarasini 
astronomik kordinatlar asosida aniqlab xaritaga tushirgan. Shuningdek u yo'lida 
uchragan har-bir aholi yashash manzillarining orasidagi masofalarni ham hisoblab 
borgan va to'htab o'tish mumkin bo'lgan joylarni belgilab o'tgan. Stolichka tog'lardan 
o'tish mumkin bo'lgan daralarni, tog'larning balandligini, daryolar va yaylovlarni 
tadqiq qilgan. Gordon asosan borgan hududlarining qo'shin turlari ularning shart-
sharoitlari 
va 
harbiy 
istehkomlar 
to'g'risida 
ma'lumotlar 
to'plash 
bilan 
shug'ullangan[31]. U ayniqsa Toshqo'rg'onda joylashgan qalьaga qiziqib qoladi 
ammo unga mahalliy hukumat qalьaga 450 metrdan kam bo'lmagan masofada 
yaqinlashmaslikka ruxsat bermaydi. Kapitan Biddalfning alohida topshirig'i bo'lib u 
Chitroldan Badaxshonga o'tish mumkin bo'lgan qisqa yo'lni topishi kerak edi va buni 
u muvaffaqiyatli amalga oshiradi. U aniqlagan yo'l Barogil dovoni orqali o'tish joyi 
bo'lib, u judayam qisqa (3777 m) dovon va 5 ming metr balandlikda edi. Britaniya 
Qirolligi Jug'rofiya jamiyati kotibi K.P.Marxemning aniqlangan bu yo'l haqida 
Shunday deydi: “Barogil dovoni ma'lum bo'lgan barcha dovonlar ichida eng qulayi 
edi” deya ta'kidlaydi[32]. O'sha vaqtda Hindiston Kuzatuv xizmati maxfiy xodimi 
asli gretsiyalik doktor Potagos ham Pomir orqali Koshg'arga o'zining ekspeditsiyasini 
amalga oshirgandi[33]. Hindistondagi Katta Trigonometrik Xizmatining bosh rejasi 
transximolay va transchegaraviy tadqiqotlar olib borishdan iborat edi. 
XIX asr 80-yillarida Britaniya razvedka tizimining rivojlanganligiga 
qaramasdan Markaziy Osiyoga ingliz ayg'oqchilarining kirishi judayam mushkul 
bo'lib qoldi. Sababi podsholik xukumati Turkistonga rus bo'lmagan barcha 
yevropaliklarning kirishiga ta'qiq qo'yadi, bu esa “ilmiy” faoliyat bilan 
shug'ullanadiga ingliz sayohatchilariga ham ta'luqli bo'lib, endilikda ularning 
Turkiston orqali Afg'onistonga o'tishi xatarli bo'lib qoldi. Ushbu ta'qiq tufayli 
Turkistonda ingliz ayg'oqchilariga qarshi “ov” boshlandi. Masalan kapitan Barnebi 
Xiva orqali Afg'onistonga ketayotgan paytida qo'lga tushadi va uni asirga oladi. 1880 
yilda Buxoroda hind savdogari niqobi ostida bo'lgan Go'pal Singx, Turkistonga 
kelgan L.G.Ksuereba va Shayx Abdulla Majid ismli shaxslar josuslikda gumon 
qilinib hibsga olinadi[34]. Shunday qilib inglizlar uchun Turkiston orqali 
Afg'oistonga kirish ancha xatarli bo'lib qoldi. Shuning uchun inglizlar endilikda 
Afg'onistonga faqatgina o'zlarining shimoliy chegaralari orqali kirishga majbur bo'lib 
qoldi. 



Yüklə 487,37 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   6   7   8   9   10   11   12   13   14




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin