Oriental Renaissance: Innovative,
educational, natural and social sciences
VOLUME 2 | ISSUE 1
ISSN 2181-1784
Scientific Journal Impact Factor SJIF 2021: 5.423
1001
w
www.oriens.uz
January
2022
asosiy tashkiloti Ost-Indiya kompaniyasi bo'lib, u doimiy ravishda bosqinchilik
urushlarini olib bordi. Ost-Indiya kompaniyasi Osiyo qitasining istalgan joyini
britaniya mulki deb eьlon qilishi va istalgan joyiga qo'shin yuborishi mumkin edi.
Xususan Markaziy Osiyoda joylashgan Afg'oniston o'zining qulay geografik
joylashuvi
tufayli savdo-sotiq, siyosiy va strategik jixatdan Britaniyanig aloxida
qiziqish markazida bo'lgan. Bundan tashqari u Hindiston, Eron, Xitoy va o'zbek
xonliklari bilan ham chegaradosh bo'lib, o'z vaqtida jaxon sivilizatsiya rivojiga
anchagina katta xissa qo'shgan va XIX asrda o'zining biroz axamiyatini yo'qotgan
mintaqa orqali Xitoydan Yevropaga qadimgi Buyuk Ipak yo'li o'tgan edi. Bu esa
Afg'onistonning geopolitik nuqtainazardan ham naqadar
muhim hudud ekanligini
bildirardi[1].
Ost-Indiya kompaniyasi Afg'onistonning iqtisodiy va siyosiy holatini, hudud
orqali o'tgan barcha yo'llarni aniqlash, muhim geografik nuqtada joylashgan
harqanday obektlarni o'rganish, axolining ijtimoiy siyosiy
qatlamini tadqiq qilish
shuningdek xukumat a'zolarini o'z tarafiga og'dirish va Angliya bilan siyosiy aloqalar
o'rnatish maqsadida o'z xodimlarini muntazam ravishda jo'natib turadi. Xodimlar
turli qiyofada yuborilgan bo'lib, ular asosan savdogar, darvesh, sayyoh, muqaddas
joylarga ziyorat qiluvchilar niqobi ostida bu hududda xarakat qilishgan. Yuborilgan
ayg'oqchilar mintaqaning
eng xilvat joylarigacha kirib, xudud joylashuvini
mukammal o'rganishgan va extiyotkorlik bilan to'plangan maьlumotlarni qayd etib
borishgan. Ular mahalliy aholi tilini va ularning urf-odatlarini yaxshi bilishgan bo'lib,
bu esa ularga bu xududda uzoq muddat faoliyat yuritishlariga va o'zlariga nisbatan
shubxa paydo bo'lmasligiga yordam bergan[2]. Markaziy Osiyo masalalari bo'yicha
Angliya siyosatida muhim ro'l o'ynagan ingliz tarixchisi J.Older shunday yozadi:
“Markaziy Osiyo masalasida diplomatik faoliyat yuritishdan oldin mintaqa xaqidagi
tadqiqotlar naqadar muhim ekanligi va ayniqsa geografik bilimlar har doim siyosat,
iqtisodiyot, diplomatiya va harbiy xarakatlar bilan chambarchas bog'liq
ekanligini,
bunda xarqanday askar va siyosatchidan ko'ra tadqiqotchi va maxfiy josuslar muhim
ro'l o'ynashini” ta'kidlaydi[3].
Afg'onistonga dastlabki ingliz missiyasi 1809 yil fevral oyida Maunnstyuart
Elfinstoun boshchiligida yuboriladi. Unga Afg'oistonni batafsil va hartomonlama
o'rganish vazifasi yuklatiladi. Agarda inglizlar mamlakatga bostirib kirganda bu
xududda Britaniya o'zining hukmronligini o'rnatishda suyanch bo'la oladigan ma'lum
bir ijtimoiy qatlam, guruh va qabilalar orasida alohida e'tiborga
ega shaxslar bilan
ham aloqalar o'rnatish kabi ko'rsatmalar kirardi. Ekspeditsiya tarkibini ingliz
ofitserlari va josuslari tashkil etib, Afg'oistonda har taraflama chuqur harbiy-siyosiy