Maktab binolarining saqlanishi va qurilishi ham, o‘qituvchilarning maoshi ham asosan o‘quvchilarning ota-onalari hisobidan qoplangan.
Ba'zida kam sonli maktablardagina juda oz miqdordagi vaqf mulki bo‘lgan.
Maosh hajmi ham o‘zaro kelishilgan holda belgilangan
To‘lovlar pul va qishloq joylarida ko‘pincha natura(xar xafta: un, guruch, go‘sht, non berilgan shaklida amalga oshirilgan.
Shuningdek, o‘quvchi ma'lum kitobni tugatgach xoxishiga ko‘ra ota-onalar tomonidan o‘qituvchiga sovg‘a-salomlar, tuhfalar berilgan.
Ushbu maktablarda o‘qish uchun, odatda, o‘quvchilar tomonidan payshanbalik o‘rtacha 10 tiyindan berilgan, bu oyiga 1 so‘mdan, ba'zida esa 2-3 so‘mgacha bo‘lgan. Bu mablag‘ hududlarda yoki qishloq va shahardagi maktablarda turlicha bo‘lgan. Agar o‘rganilayotgan davrda maktab o‘qituvchisi maoshini hissoblab chiqsak unda, Payshanbalik o‘rtacha 20 tiyindan yil davomida 4 hafta ramazondagi dam olishni olib tashlasak, bir yilda 48 bor olib kelingan bu o‘rtacha xar bir bola bir yilda 9 rubl 60 kopeykaga to‘g‘ri keladi. Bu miqdor hozirda taxminan bir yilda 500 ming so‘m atrofida bo‘ladi. Agar maktabda o‘rtacha 20 ta bola tahsil olsa, oyiga o‘rtacha hozirgi miqdorda 830 ming so‘m maosh olishgan.
Bu kabi rag‘bat turlari ota-onalarning moliyaviy holatiga qarab berilgan va ana'naga aylangan edi.
Dostları ilə paylaş: |