FSMU texnologiyasi Texnologiyaning harakteristikasi. Ushbu texnologiya munozarali masalalarni xal etishda, bahs-munozaralar o’tkazishda yoki o’quv-seminari yakunida (talaba (yoki o’quvchi)larning o’quv mashg’ulotlari hamda o’tilgan mavzu va bo’limlardagi ba’zi mavzular, muammolarga nisbatan fikrlarini bilish maqsadida) yoki o’quv rejasi asosida biror-bir bo’lim o’rganilgach qo’llanilishi mumkin. Chunki bu texnologiya talaba (yoki o’quvchi)larni o’z fikrini himoya qilishga, erkin fikrlash va o’z fikrini boshqalarga o’tkazishga, ochiq holda baqslashishga, shu bilan qatorda o’quvchi-talabalar tomonidan o’quv jarayonida egallangan bilimlarini tahlil etishga va egallaganlik darajasini aniqlashga, baholashga hamda tinglovchilarni bahslashish madaniyatiga o’rgatadi.
Texnologiyaning maqsadi.Ushbu texnologiya talaba (yoki o’quvchi)larni tarqatilgan oddiy qog’ozga o’z fikrlarnni aniq va qisqa xolatda ifoda etib, tasdiqlovchi dalillar yoki inkor etuvchi fikrlarni bayon etishga yordam beradi.
Mashg’ulotni o’tkazish tartibi: - o’qituvchi har bir talaba (yoki o’quvchi)ga FSMU texnologiyasining to’rt bosqichi yozilgan qog’oz varaqlarini tarkatadi va yakka tartibda ularni to’ldirishni iltimos qiladi. Bu yerda:
- F — fikringizni bayon eting;
- S — fikringiz bayoniga sabab ko’rsating;
- M — ko’rsatgan sababingizni asoslovchi dalil keltiring;
- U — fikringizni umumlashtiring.
- o’qituvchi talaba (yoki o’quvchi)lar bilan bahs mavzusi (yoki muammo)ni belgilab oladi;
- yakka tartibdagi ish tugagach, talaba (yoki o’quvchi)lar kichik guruhlarga ajratiladi va kichik guruhlarga FSMU texnologiyasining to’rt bosqichi yozilgan katta formatdagi kog’ozlarni tarqatadi;
- kichik guruhlarga har birlari yozgan qog’ozlardagi fikr va dalillarni katta formatda umumlashtirgan holda to’rt bosqich bo’yicha yozishlarini taklif etiladi;
- o’qituvchi kichik guruhlarning yozgan fikrlarini jamoa o’rtasida ximoya qilishlarini so’raydi;
- mashg’ulot o’qituvchi tomonidan muammo bo’yicha bildirilgan fikrlarni umumlashtirish bilan yakunlanadi.
“O’zbekistonning madaniy sohadagi xalqaro aloqalari masalalarini o’qitish” mavzusida mazkur pedagogik texnologiyadan quyidagicha foydalansa bo’ladi.
Masalan: