Xizmat ko’rsatishning jahon tajribasi. Reja: Kirish


Turistlarni qabul qilish bo’yicha 2020 yillardagi yetakchi mamlakatlar ro‟yxati. 3.1-jadval



Yüklə 62,86 Kb.
səhifə5/6
tarix26.10.2022
ölçüsü62,86 Kb.
#66426
1   2   3   4   5   6
xizmatlar mehmonxona boyicha

Turistlarni qabul qilish bo’yicha 2020 yillardagi yetakchi mamlakatlar ro‟yxati. 3.1-jadval

Mamlakatlar

Tashrif buyurgan turistlar soni, mln.kishi.

Jahon oqimida
gi ulushi, %

O’rtacha yillik o’sishi. 1995-2020 yil, %

Xitoy

137,1

8,6

8,0

AQSH

102,4

6,4

3,5

Fransiya

93,3

5,8

1,8

Ispaniya

71,0

4,4

2,4

Gonkong

59,3

3,7

7,3

Italiya

52,9

3,3

2,2

Buyuk Britaniya

52,8

3,3

3,0

Meksika

48,9

3,1

3,6

Rossiya

47,1

2,9

6,7

Chexiya

44,1

2,7

4,0

Jami

708,8

44,2

42,5

Manba:BJTT ma’lumotlari asosida tayyorlandi. 2016-yil
Yuqorida keltirilgan ma‟lumotlardan shunday xulosaga kelish mumkinki, 2020 yilga kelib, turistlar eng ko‟p tashrif buyuradigan davlat Xitoy bo‟lib qoladi. Undan tashqari, Gonkong va Rassiyada ham yuqori o‟sish suratlari kuzatilishi kutilmoqda. Xitoy va Gonkongning umumjahon turistik oqimida 12,3 foizni tashkil qiladi. Ayniqsa, Rossiyada jiddiy o’zgarishlar prognoz qilinmoqda: 2020 yilda kiruvchi turistlar soni hududdan chetga chiquvchi turistlar sonidan 1,5 marotabaga ortishi kutilmoqda. Yevropa davlatlari orasida yuqori muvaffaqiyatga Chexiya davlati erishishi bashorat qilinmoqda.

Xulosa
Xulosa qilib aytganda, mehmondo’stlik sanoati korxonalarining evolyutsiyasi to’g’risida so’z yuritganda, tarixiy jihatdan kishilik jamiyatining rivojlanish bosqichlariga mos keluvchi davrlarni ajratish mumkin:
Jahon mehmonxona sanoati rivojiga O’rta asrlarda Angliyada sodir bo‟lgan jarayonlar ham o‟z ta’sirini o’tkazdi. Mehmonxona industriyasi tarixida birinchi “Mehmonxona” so’zi XVIII asrda paydo bo‟ldi. Fransiyada dastlabki mehmonxonalar “ko’p xonali bino” deb atalgan. Undagi xonalar bir oyga, bir xaftaga, hatto bir kunga ijaraga berilgan. Tez orada bu atama Amerikada ham keng tarqalgan. U yerda ko’pchilik tavernlar tezda “mehmonxona” deb atala boshlangan. Bu egalarning fikricha, ularga yevropacha (fransuzcha) ko‟rk bag’ishlagan AQSH mehmonxonalarni texnik jihatdan jihozlash sohasida ko’pchilik yangiliklarning vatani deb hisoblanadi.
O’zbekiston iqtisodiyotida bozor munosabatlari ancha jo’shqin rivojlanmoqda. Bu mehmonxona servisida band bo‟lgan tijoratchilarga katta imkoniyatlar yaratmoqda. O’zbekiston bilan chet elda mehmonxona ishini tashkil etishdagi keskin tafovutlar asta-sekin yo’qolib bormoqda. O’zbekiston Respublikasining mehmonxona korxonalari mijozlarga xizmat ko’rsatish saviyasini, nomerlarning shinamligi va qulayligi darajasini, xizmat ko’rsatuvchi xodimlarning malakasini izchil oshirib bormoqdalar.
Mamlakatimizda bunday kompaniyalar safi kengayib bormoqda. Chet el kapitali va korporativ boshqaruvning xorijiy uslublariga asoslangan korxonalar har tomonlama rivojlanmoqda.
Mehmonxonalar xalqaro uyushmasi mehmonxonalar tarmoqlarini uch toifaga ajratadi:

    • korporativ mehmonxonalar – ko’p sonli korxonalarga ega mehmonxona korporatsiyalari;

    • bronlash umumiy tizimidan, marketing, reklama konsepsiyasidan va alohida korxonaga qimmatlik qiluvchi boshqa xizmatlardan foydalanish uchun birlashtirilgan mustaqil korxonalar tarmoqlari;

    • boshqaruv xizmatlari ko’rsatuvchi tarmoqlar.

Iqtisodiy hamkorlik va rivojlanish tashkilotining korporativ boshqaruv tamoyillarida “korporativ boshqaruv” tushunchasiga kompaniya ma‟muriyati, uning boshqaruvi, aksiyadorlari va boshqa manfaatdor shaxslari orasidagi munosabatlar majmuasi deb ta‟rif berilgan.
Boshqa ta‟riflarga binoan, korporativ boshqaruv bu:

      • kompaniya faoliyati samaradorligini ta‟minlash va mulkdorlar hamda boshqa manfaatdor shaxslar (kompaniya xodimlari, kreditorlar, hamkor korxonalar) manfaatlarini himoya qilish masalalari bo‟yicha kompaniya menejerlari va egalari o‟rtasidagi o‟zaro munosabatlar tizimi;

      • korporativ mulkning egalari nazoratidan bevosita uzoqlashtirilishi oqibatida yuzaga kelgan muammolarni hal qilishga qaratilgan barcha qonunlar, me‟yorlar, nizomlar, tadbirlar va tartiblar;

      • kompaniyani samarali boshqarishni tashkil qilishda asosiy manfaatdor shaxslarning manfaatlarini birlashtirishni amalga oshiriluvchi tashkiliy, huquqiy va iqtisodiy tadbirlar majmuasi.


Yüklə 62,86 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin