Sheʼrlar
Hikmat
Bismillah deb bayon aylay hikmat aytib,
Toliblargʻa durru gavhar sochtim ma'no.
Riyozatni qottigʻ tortib, qonlar yutub,
Men daftari soniy soʻzin ochtim mano.
Soʻzni aydim harkim boʻlsa diydor talab,
Jonni jongʻa payvand qilib, ragni ulab,
Gʻarib, yetim, faqirlarni koʻnglin siylab,
Koʻngli butun xaloyiqdin qochtim mano.
Qayda koʻrsang, koʻngli sinuq marham boʻlgʻil,
Andogʻ mazlum yoʻlda qolsa, hamdam boʻlgʻil.
Roʻzi mahshar dargogiga mahram boʻlgʻil,
Movumanlik xaloyiqdin qochtin mano.
Gʻarib, faqir, yetimlarni R a s u l soʻrdi,
Oʻshal tuni Meʼroj chiqib diydor koʻrdi,
Qaytib tushub gʻarib, faqir holing soʻrdi,
Gʻariblarni izin izlab tushtum mano.
Ummat boʻlsang, gʻariblargʻa tobeʼ boʻlgʻil,
Oyat, hadis har kim aytsa, someʼ boʻlgʻil,
Rizqu roʻzi harna bersa, qoneʼ boʻlgʻil,
Qoneʼ boʻlub, shavq sharobin ichtim mano.
Madinaga R a s u l borib, boʻldi gʻarib,
Gʻaribligʻda mehnat tortib, boʻldi habib,
Jafo tortib, yaratqangʻa boʻldi qarib,
Gʻarib boʻlub, uqbolardin oshtim mano.
Oqil ersang, gʻariblarni koʻnglin ovla,
Mustafodek elni kezib, yetim kovla,
Dunyoparast, nojinslardin boʻyun tovla,
Boʻyun tovlab, daryo boʻlub toshtim mano.
Ishq bobini Mavlom ochqach menga tegdi,
Tufroq qilib, hozir boʻl, deb boʻynum egdi,
Boron sifat malomatni oʻqi tegdi,
Paykon olib, yurak-bagʻrim teshtim mano.
Koʻnglum qottigʻ, tilim achchigʻ, oʻzum zolim,
Qur’on oʻqub amal qilmay, yolgʻon olim,
Gʻarib jonim sarf aylayin, yoʻqtur molim,
Haqdin qoʻrqub, oʻtga tushmay, pishtim mano.
Oltmish uchga yoshim yetti, oʻttum gʻofil,
Haq amrini mahkam tutmay, oʻzum johil,
Roʻza, namoz qazo qilib, boʻldum kohil,
Yomon izlab, yaxshilardin kechtim mano.
Vo darigʻo, muhabbatni jomin ichmay,
Ahli ayol, xonumondin tugal kechmay,
Jurmu isyon girihlarin munda chechmay,
Shayton gʻolib, jon berarda shoshtim mano.
Dostları ilə paylaş: |