Xo‘jalik chikindi suvlarining xosil bulishi,tarkibi xossalari va suv xavzalariga ta’siri. Inson organizmi o‘zini qurshab turgan tashki muxit bilan chambarchas bog‘likdir
Kirish Xo‘jalik chikindi suvlarining xosil bulishi,tarkibi xossalari va suv xavzalariga ta’siri. Inson organizmi o‘zini qurshab turgan tashki muxit bilan chambarchas bog‘likdir.Tashqi muxitning ifloslanishi kishi organizmiga salbiy ta’sir etishini yukorida keltirilgan dalillar xam tasdiklaydi. Shuning uchun xam tashki muxitni asrash-inson sog‘lig‘ini saklash va kasalliklar oldini olishning eng zarur choralari xisoblanadi.
Tashki muxitning asosiy omillaridan biri bulgan suvning organizmga ta’siri va kasallik keltirib chikarishdagi roli juda katta,bu masala turli adabiyotlarda yetarlicha yoritilgan.Ayniksa,suv omilining oshkozon-ichak kasalligini,gepatit singari ogir yukumli kasalliklarni tarkatishdagi roli ancha kattaligi fanga ma’lumdir.Shuning uchun xam xujalik axlatlari,chikindi suvlar tarkibini bakteriologik,gelminologik jixatdan samarali tozalash,zararsiz xolga keltirish ochik suv xavzalarini ifloslanishdan asraydi va kup kasalliklarning oldini oladi.Sanitariya-texnika tadbirlarining xammasi tozalash inshootlari samarali ishlashiga va suvdan kelib chikadigan turli yukumli kasalliklarning oldini olishga karatilgan bulishi kerak.
Chikindi suvlar jamoa va uy-joy binolardan ichki kanalizatsiya tarmoklari orkali xovli xamda kucha kanalizatsiya tarmoklariga utadi.Paydo buladigan jami chikindi suvning mikdori xar birkishi uchun sarflanadigan suv mikdorini,sanoat korxonalarida esa xar bir maxsulotni ishlab chikarish uchun ketgan suv mikdorini ulchash bilan aniklanadi.
Suv sarfi mamlakatlar tarakkiyoti,ularning madaniy darajasiga xam bog‘lik bo‘ladi. Mutaxasslar bergan ma’lumotlarga karaganda,keyingi yillarda eng tarakkiy etgan davlatlarda suv iste’moli kishi boshiga sutkasiga 800— litr tugri kelgan bir vaktda endi rivojlanayotgan mamlakatlarda bu mikdor 30 litrni tashkil etadi.
2.04.03— raqamli Sanitariya me’yori va qoidasida yangi qurilayotgan obyektlar uchun suvning taxminiy sarf me’yorlari beriladi.
Chikindi suvlar ichki kanalizatsiya shoxobchalari orkali tashki kanalizatsiya tarmoklariga tushadi,sungra o‘z okimi bilan kuvurlar,kanallar tizimi orkali nasos stansiyalariga yoki tozalash inshootlariga okib boradi.
Suv havzalarini va atrof muhitni muhofaza qilish va suv tanqisligi muammosini yechishda kanalizatsiya va oqova suvlarni tozalash hamda tozalangan oqova suvlarni qayta ishlash xozirgi zamonning dolzarb masalalaridan biri hisoblanadi. Shuning uchun bu masalalarni kanalizatsiya fanidan yetarli bilimga ega bo‘lmasdan ijobiy hal qilib bo‘lmaydi.
Turar joy binolari va sanoat korxonalarining keng ko‘lamda barpo etilishi natijasida atrof-muhit va shaharni obodonlashtirishning zaruriy va muhim masalalaridan biri bo‘lgan - kanalizatsiya tizimi qurilishini katta hajmda va jadallik bilan olib borishni taqozo etadi. Tarmoq- kanalizatsiya tizimi muxandislik inshootlari majmuining birlamchi bo‘g‘ini hisoblanadi.
KURS ISHI XAJMI
Kurs ishi o‘z ichiga grafik qismi A-2 format oq qog‘ozda va tushuntirish xat A-4 formatli oq qog‘ozda 20-25 varaqda bajariladi.
Tushuntirish xati tarkibi
1. Topshiriq varaqasi
2. Oqova suvlar sarfini aniqlash;
3. Oqova suvlar aralashmasining ifloslik konsentratsiyasiini aniqlash;
4. Oqova suvlarni tozalashning kerakli darajasini aniqlash va sh u asosda tozalash sxemasini tanlash;
5. Tozalash inshootlari hisobi va konstruksiyasi.
6. Qo‘llanilgan adabiyotlar ro‘yxati keltirilishi kerak.
Grafik qismi:
1.Berilgan bosh rejani M İ:100/1:500
2.Tozalash inshooti bo‘ylama kesimi /vertikal M İ:100/1:200
1/Gorizontal M İ:500/1:1000
3./Qo‘shimcha topshiriq /raxbarning topshirig‘i bo‘yicha/