Xorijiy investitsiyalar fanidan



Yüklə 414,96 Kb.
Pdf görüntüsü
səhifə30/42
tarix28.08.2023
ölçüsü414,96 Kb.
#140873
1   ...   26   27   28   29   30   31   32   33   ...   42
Хорижий инвес

 
Nazorat uchun savollar 
1.Eksportga yo’naltirilgan iqtisodiyotini rivojlantirishning asosiy mohiyatini 
tushuntirib bering. 
2.Tashqi savdo tarkibida chuqur ijobiy o’zgarishlarni misollar yordamida 
izohlang. 
3.Jahon moliyaviy-iqtisodiy inqirozining mamlakatimiz iqtisodiyotiga ta’siri 
qaysi yo’nalishlarda namoyon bo’ldi? 


32 
4.Tashqi iqtisodiy faoliyatning samaradorligini oshirish qaysi omillarga 
bog’liq? 
5.Tashqi iqtisodiy faoliyatni rivojlantirishda xorijiy investitsiyalarni roli 
nimalardan iborat? 
6.Tashqi iqtisodiy faoliyatni amalga oshiruvchi xorijiy investitsiyalar 
ishtirokidagi korxonalarni kreditlashning iqtisodiy mohiyatini tushuntirib bering. 
7.Xorijiy investitsiyalar ishtirokidagi korxonalarga beriladigan kreditlarga qaysi 
omillar ta’sir qiladi? 
8.Xorijiy investitsiyalar ishtirokidagi korxonalar eksportini rivojlantirishning 
ahamiyatini tushuntirib bering.
 
 
9-mavzu. Xorijiy investitsiyalarni sug’urtalash va tavakkalchilik 
(4 soat)
9.1. 
O’zbekiston Respublikasida sug’urta bozorining rivojlanishi 
9.2. 
Xorijiy investitsiyalarni sug’urtalash 
9.3. 
O’zbekiston Respublikasida xalqaro kafolatlarni qo’llash 
masalalari 
9.4. 
Investitsiyalarning tavakkalchilik darajasi 
 
9.1. O’zbekiston Respublikasida sug’urta bozorining rivojlanishi 
 
Bugungi kunda O’zbekiston Respublikasi Prezidenti I.A. Karimov 
tashabbuslari bilan moliyaviy bozorni yanada rivojlantirish, uning oshkoraligi va 
barqaror faoliyatini ta’minlash, zamonaviy axborot-kommunikatsiya 
texnologiyalarini tatbiq etish, xo’jalik yurituvchi sub’ektlar tomonidan investitsiyalar 
jalb etilishini faollashtirish borasida tegishli vazirlik va idoralar tomonidan jadal 
ishlar amalga oshirilmoqda. Bu esa o’z navbatida, aholi turmush tarzini 
yaxshilanishiga, ishsizlikni oldini olishga va eng asosiysi kambag’allikni yo’qotishga 
turtki bo’ladi. Oxirgi yillarda O’zbekiston Respublikasi iqtisodiyotining barcha 
sohalarida shu jumladan, sug’urta sohasida ham chuqur islohotlar amalga oshirildi. 
O’zbekiston Respublikasi “Sug’urta faoliyati to’g’risida”gi Qonuniga kiritilgan 
o’zgartirish va qo’shimchalar hamda, O’zbekiston Respublikasi Prezidentining 2007 
yil 10 apreldagi 618-sonli “Sug’urta xizmatlari bozorini yanada isloh qilish va 
rivojlantirish chora-tadbirlari to’g’risida”gi va 2008 yil 21 maydagi 872-sonli 
“Sug’urta xizmatlari bozorini yanada isloh qilish va rivojlantirishga oid qo’shimcha 
chora-tadbirlar to’g’risida”gi Qarorlari, sug’urta, sug’urta faoliyati va sug’urta 
nazoratining qonunchilik va me’yoriy-huquqiy bazasini yanada takomillashtirishning 
yaqqol misoldir.
 
Bundan tashqari, mazkur Prezident qarori asosida, mol-mulk sug’urtasi va 
hayotni uzoq muddatli sug’urtalash bo’yicha aholi va korxonalarning to’lagan 
sug’urta mukofotlari ularning daromad solig’i bazasidan chiqarilishi belgilandi, bu 
bilan shaxsiy sug’urtani va avvalo jamg’arib boriladigan sug’urta turlarini 
rivojlanishiga ulkan baza yaratib berildi. Hozirda O’zbekistonda 29 ta sug’urta 
kompaniyasi faoliyat yuritib kelmoqda. Ushbu sug’urta kompaniyalaridan 4 tasi 
davlat ulushiga ega sug’urta kompaniyalari hisoblanadi, bular “O’zbekinvest” 


33 
EIMSK, “O’zagrosug’urta” DASK, “Kafolat” DASK va “Madad” Sug’urta 
agentligidir. “O’zbekinvest hayot” sug’urta kompaniyasi hayot sug’urtasi sohasida 
faoliyat yuritadi va yana bitta qayta sug’urta faoliyatini amalga oshiruvchi 
“Transinshurans” sug’urta kompaniyasi mavjud. Qolgan 27 ta sug’urta kompaniyasi 
umumiy sug’urta sohasida faoliyat yuritmoqda.

Yüklə 414,96 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   26   27   28   29   30   31   32   33   ...   42




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin