Xorijiy investitsiyalar fanidan


Mamlakatimiz iqtisodiyotini rivojlantirishda kichik biznes va xususiy



Yüklə 414,96 Kb.
Pdf görüntüsü
səhifə38/42
tarix28.08.2023
ölçüsü414,96 Kb.
#140873
1   ...   34   35   36   37   38   39   40   41   42
Хорижий инвес

11.1. Mamlakatimiz iqtisodiyotini rivojlantirishda kichik biznes va xususiy 
tadbirkorlikning ahamiyati 
O’zbekistonda kichik biznes korxonalarini barpo etish orqali mustaqil xo’jalik 
yurituvchi mulk egalari shakllandi. Kichik biznes korxonalari bozor iqtisodiyotiga 
xos turli makroiqtisodiy shart-sharoitlar va talablariga moslashishi imkoniyatlariga 
egaligi bilan ustuvor ahamiyatga ega. Iqtisodiyotning turli tarmoqlarida kichik biznes 
va xususiy tadbirkorlik faoliyatini rivojlantirish milliy iqtisodiyotimiz barqarorligini 
ta’minlashning muhim makroiqtisodiy omillaridan biri hisoblanadi. Keyingi yillarda 
kichik biznes taraqqiyotining keskin avj olishi natijasida ularning mamlakatda 
yaratilayotgan yalpi ichki mahsulot salmog’idagi ulushining ortib borayotganligi 
bilan izohlash mumkin. 
2009 yilda Inqirozga qarshi choralar dasturi doirasida iqtisodiy o’sishni 
ta’minlash, yangi ish o’rinlarini tashkil qilish, bandlik muammosini hal etish, 
aholining daromadlari va farovonligini oshirishda tobora muhim o’rin tutayotgan 
kichik biznes va xususiy tadbirkorlikni jadal rivojlantirish, rag’batlantirish va qo’llab-
quvvatlashga alohida e’tibor qaratildi.
2009 davomida inventarizatsiya natijasida aniqlangan qariyb 2 mingta bo’sh 
bino kichik tadbirkorlik sub’ektlariga ijaraga berildi. Bunda binolarni ijaraga berish 
tariflari tadbirkorlik sub’ektlarining qaerda joylashgani va ularning faoliyat turiga 
qarab 3 barobardan 10 barobarga qadar kamaytirildi. SHuningdek, o’tgan davr 
mobaynida kichik biznes va xususiy tadbirkorlik sub’ektlari uchun quyidagi imtiyoz 
va qulayliklar yaratildi: 
- mahsulotlarning gigienik sertifikatini amal qilish muddati ilgarigi 3 yildan 
endilikda cheklanmagan muddatga o’tkazildi; 
- fitosanitariya xulosalarini berish muddatlari qisqartirildi; 
- elektr va issiqlik tarmoqlariga ulanish uchun texnik shartlarni bajarish 
muddatlari 1 oydan 3 kungacha qisqartirildi
- binolarni turar joydan noturar joy toifasiga o’tkazish jarayoni soddalashtirildi; 
- davlat mulkidagi bo’sh binolar ijara haqlari 10 va undan ko’p barobargacha 
tushirilishi natijasida ularning 81 foizi (aniqlangan 3650 tadan 2939 tasi) tadbirkorlik 
sub’ektlariga ijaraga berildi; 


44 
- tashqi reklamani joylashtirish tariflari o’rtacha 20 dan 30 foizgacha pasaytirildi 
hamda ayrim hududlarning qishloq joylarda haq olish bekor qilindi. Buning natijasida 
tashqi reklama beruvchi tadbirkorlarning ulushi 34 foizgacha oshdi;
 
- tashqi reklamani joylashtirish qiymati Toshkent, Farg’ona, Jizzax, Namangan 
va Navoiy viloyatlarining qishloq joylari uchun 50 foizgacha pasaytirildi; 
- elektr energiyasini oldi-sotti shartnomasida belgilangan hajmga nisbatan kam 
sarflanishi uchun jarimalar bekor qilindi va ortiqcha sarflash bo’yicha jarimalar 50 
foizga qisqartirildi. 

Yüklə 414,96 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   34   35   36   37   38   39   40   41   42




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin