XORIJIY MAMLAKATLAR IQTISODIYOTI
- 60 -
elektrotexnika va aloqa vositalari ishlab chiqarish shimoliy Kaliforniyada yo‘lga
qo‘yilgan. Avtomobilsozlikning bosh markazi Detroyt shahri hisoblanib, Los-
Anjeles, San-Diyego, Boston, Nyu-York, Filadelfiya, Baltimor, Buffalo, Dallas,
Atlanta shaharlarida savdo markazlari juda keng ommalashgan.
2.1.2- jadval
AQShning tashqi savdo tovarlar tarkibi va yo’nalishlari (2017 y.)
Eksport
Import
Eksport (USD)
$1.45 trillion (2017)
Import (USD)
$2.25 trillion (2017)
Tovarlar
bo’yicha
eksport
tarkibi
sut mahsulotlari , tranzistorlar,
samolyotlar, avtoulovlar
uchun ehtiyot qismlar,
kompyuterlar,
telekommunikatsiya
uskunalari , iste'mol tovarlari
Tovarlar
bo’yicha
import
tarkibi
neft mahsulotlarini
(kompyuterlar,
telekommunikatsiya
uskunalari, avtoulovlar, ofis
uskunalari, (avtomobil,
kiyim-kechak, dori-darmon
Asosiy
hamkorlar
Yevropa
Ittifoqi 18.7%
Kanada 18.3%
Meksika
15.9%
Xitoy 8%
Yaponiya
4.4%
Boshqalar 34.8%
Asosiy
hamkorlar
Xitoy 21.4%
Yevropa
Ittifoqi 18.9%
Meksika 13.2%
Kanada 12.6%
Yaponiya
6%
Boshqalar 27.9%
Manba:
countrymattersltd.com, cia worldfactbook , focus-economics.com rasmiy ma’lumotlari asosida mualliflar
ishlanmalari.
2018 yil yanvar oyida AQSh eksporti 1,3 foizga kamayib, 200,9 milliard
AQSh dollarni tashkil etdi. Chunki fuqarolik samolyotlari va neftni yetkazib
berishga bo‘lgan talabning pasayishi kuzatildi. 2014 yilning iyul oyidan boshlab
avtoulovlar, ehtiyot qismlar va texnik motorlar eksporti eng yuqori ko'rsatkichlarga
ega bo'lib, iste'mol tovarlari eksporti esa rekord darajaga yetdi. AQShda eksport
1950 yildan 2018 yil oralig‘ida 'rtacha 53,245.38 mlrd. AQSh dollari bo'lib, 2017 yil
dekabr oyida 1.45 trln.AQSh dollarini tashkil etgan. 1950 yil mart oyida esa 772
mln.AQSh dollarini tashkil etgan past rekord darajaga qayd etilgan.
2018 yilning yanvarida AQShda import 257,51 mlrd.AQSh dollarini tashkil
etdi. 2017-yil dekabr oyida 2,25 trln.AQSh dollari miqdoridagi eng yuqori
ko'rsatkich qayd etildi. Mobil telefonlar va fuqaro samolyotlarining importi
kamaydi. AQShda import 1950 yildan 2018 yilgacha o'rtacha 67,377 mlrd. AQSh
dollari bo'lib, 2018 yil yanvar oyida 257,510 mlrd. AQSh dollarini tashkil etgan.
|