XORIJIY MAMLAKATLAR IQTISODIYOTI - 797 - 519
. Ushbu kompaniya tomonidan mamlakatning 2023 yilga borib YaIM hajmi 59.32
mlr. AQSh dollari bashorat qilinmoqda
520
.
Ozarbayjon
o‘tish
davri
iqtisodiyoti
bo‘lib
keng ko‘lamli neftga
ixtisoslashgan (Boku-Tbilisi-Jayhun quvurining qurilishi yakunlangan) mamlakat.
Ozarbayjon bozor islohotlari bilan cheklangan halda taraqqiyotga erishdi. Davlat va
xususiy sektorning keng tarqalgan korruptsiya tizimli iqtisodiy samaradorlikni uzoq
muddatli o'sishi xususan, energetika sektorlariga kata ta‘sir o‘tkazdi. Biroq,
hukumat korruptsiyaga qarshi kurash maqsadida bojxona tizimi va "ASAN" yagona
oyna konsepsiyasi davlat xizmatlarini joriy qilish orqali erishdi.
Boshqa bir qator to'siqlar Ozarbayjonning iqtisodiy taraqqiyotiga, jumladan,
energetika sohasiga ko'proq xorijiy investitsiyalarni jalb qilishga va Armaniston
bilan Tog'li Qorabog' mintaqasida davom etayotgan nizolarga to'sqinlik qilmoqda.
Hozirda Rossiya va boshqa sobiq ittifoq respublikalari bilan savdo qilish muhim
ahamiyatga ega bo'lib, Ozarbayjon Turkiya va Yevropa bilan savdo-iqtisodiy
aloqalarni kengaytirmoqda. Asosan, qishloq xo'jaligi sohasida, masalan, Ko'rfaz
hamkorlik kengashiga a'zo davlatlar bilan neft va gaz eksporti uchun yangi
bozorlarda strategic sherikchilikni kengaytirmoqda. AQSh bilan tashqi savdo
munosabatlari yaxshi yo‘lga qo‘yilgan.
5.7.2. Iqtisodiy rivojlanish tarixi Ozarbayjon iqtisodiyotining so'nggi besh yil mobaynida iqtisodiy o'sishiga
yordam beruvchi paxta, tabiiy gaz va qishloq xo'jaligi mahsulotlari bilan neft eng
muhim
mahsulot
bo'lib
qolmoqda.
BP
(British
Petrolium)
tomonidan
boshqarilayotgan ABOC konsortsiumida yirik xalqaro neft kompaniyalari
tomonidan Ozarbayjon neftiga 60 milliard AQSh dollardan ortiq mablag investitsiya
qilingan. Ozarbayjon Xalqaro Operatsion Kompaniyasi bilan ushbu PSAsning
birinchi navbatdagi neftni qazib olish 1997 yil noyabrida boshlangan va bugungi
kunda 500.000 b/d ni tashkil etmoqda. Ozarbayjon turli neft kompaniyalari bilan 21
519 http://www.imf.org/external/datamapper/ngdpdpc@weo /oemdc/advec/weoworld/aze 520 http://statisticstimes.com/economy/countries-by-projected-gdp.php