XORIJIY MAMLAKATLAR IQTISODIYOTI - 799 - navigatsion tizimda ishlaydi. Asosan tirik baliqlarni qayta ishlash hamda ularni
konservalashning Yevropa Ittifoqi oziqovqat standarti asosida amalga oshirmoqda.
2017 yilning uchinchi choragida Ozarbayjon qishloq xo'jaligi YaIM tarkibida
655 mln.AQSh dollariga oshdi. 2017 yilning 2-choragida esa, 410,20 mln. AQSh
dollarini tashkil etagn.YaIM 2012 yilda 2017 yilga nisbatan o'rtacha 365,06
mln.AQSh dollaridan 605 mln.AQSh dolariga o‘sdi. 2012 yilning birinchi choragida
past rekord darajada 142,10 mln. AQSh dolari qayd etilgan.
5.7.4. Tabiiy resurslari va Energetika 20-asr boshida Ozarbayjon neftni qayta ishlash bo'yicha dunyodagi yetakchi
o'rinni egallab, hududda bir qancha qayta ishlash zavodlari joylashgan. 1901 yilda
masalan, Ozarbayjon 11,4 million tonna neft qazib olingan. Bu AQShdan ko'ra
ko'proq miqdor bo‘lib, dunyo hajmining yarmidan ko'pini tashkil etgan. XX asrga
kelib esa, Ozarbayjonning neft qazib olishdagi roli kamaydi, chunki sanoat
AQShning boshqa mintaqalarida va dunyodagi boshqa mamlakatlarda rivojlana
boshladi. 1990 yillarda Kaspiy dengizidagi yirik neft konlarini ekspluatatsiya
qilishda Ozarbayjonda siyosiy beqarorlik, butun mintaqadagi etnik nizolar, Kaspiy
konlariga oid Rossiya talablari va yangi quvurlarni joylashtirish bo'yicha
kelishmovchiliklar murakkablashib bordi.
1840-yillardan beri Bokuda neft quduqlari faoliyat ko'rsatmoqda. XXI asrning
boshlarida deyarli barcha neft qazib olish Kaspiy dengizidagi qirg'oqlardan olinadi.
Ozarbayjon neftga ega sobiq Ittifoqi respublikalaridan (Rossiya, Qozog'iston va
Turkmaniston bilan birga) to'rt respublikadan biri bo'lgan. So'nggi yillarda, ayniqsa,
ayrim neft quduqlari zahira kamayib borishi Boku'da tabiiy gaz qazib olishni yanada
zamonaviy yondashuvlarini talab qilmoqda. 2014 yil oxirida tasdiqlangan zahiralari
1,12 trln. kubometrni tashkil etgan. 2017 yilda tabiiy gaz qazib olish 19.29 milliard
kub metrni tashkil etdi. Ukraina va Eron Ozarbayjon orqali Sharqiy Yevropaga
boradigan tabiiy gaz quvurini transit sifatida foydalanish imkoniyatlarini o‘rganib
chiqmoqda. G'arb neft kompaniyalari sobiq Ittifoq ekspluatatsiyasiga ta'sir qilmagan