XORIJIY MAMLAKATLAR IQTISODIYOTI
- 868 -
5.10.6. Sanoat
Estoniya sanoat ham bozor iqtisodiyotiga o'tish
davrida liberallashtirilib
barcha tarmoqlari innovatsion tarzda diversifikatsiyalangan. Eski tuzim hisobiga
qimmatroq bo'lgan xom ashyo endi jahon bozoridagi barqaror narxlarda sotib
olinmoqda. Import qilingan xomashyodan tashqari,
Estoniya sanoatida qurilish
sanoati uchun asosiy materiallarni, jumladan, sement, devor bloklari va slanets kul
yoki temir betondan tayyorlangan panellarni ta'minlovchi
mahalliy resurslardan
foydalanmoqda. Ushbu sohaning asosiy markazlari - Tallinn, Kunda, Tartu va Aseri
hisoblanadi. Sanoatdagi ish kuchining asosiy qismi oziq-ovqat va o'rmon xo'jaligi,
mashinasozlik va energiya ishlab chiqarish bilan shug'ullanadi.
Kimyoviy va tog'-kon sanoati, muhim ish beruvchilaridan biri bu baliqchilik
sanoati hisoblanadi. Boshqa tarmoqlarda esa, Estoniya
axborot texnologiyalari va
telekommunikatsiya sanoati 20-asrning oxirida gullab-yashnadi. Iste'mol tovarlari
sanoati sohasida to'qimachilik rivojlangan, ammo, XXI asrning boshlarida umumiy
eksport hajmining kamayishiga olib keldi. Shunday bo'lsada, Boltiqbo'yi
davlatlarida ishlab chiqarilgan paxta matolari ko'pchiligi
Estoniyada ishlab
chiqariladi. Mamlakatda jun, ipak, zig'ir, trikotaj va to'quv mahsulotlari va poyafzal
ishlab chiqarilmoqda.
Dostları ilə paylaş: