Xorijiy mamlakatlar iqtisodiyoti


XORIJIY MAMLAKATLAR IQTISODIYOTI



Yüklə 24,14 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə277/866
tarix28.12.2023
ölçüsü24,14 Mb.
#201127
1   ...   273   274   275   276   277   278   279   280   ...   866
XorijiyMamalakatlarIqtisodiyoti (1)

XORIJIY MAMLAKATLAR IQTISODIYOTI
- 316 - 
orasida eng ko'p qazib olinadigan yoqilg'idan va CO2-intensiv iqtisodiyotlardan biri 
bo'lib qolmoqda. 
Atom energetikasi 
Gollandiyadagi tadqiqotchilar 1930-yillarda atom energiyasini o'rganishga 
kirishdilar va 1955-yilda Dodewaard tadqiqot reaktori qurilishi boshlandi. 
Tadqiqotchilarning maqsadi 1962-yilga kelib atom energiya texnologiyalarini joriy 
etish va atom energetikasiga o‘tish edi. 1968 yilda energiya tizimiga sinov yadro 
reaktori qo'shildi. Ushbu qurilma 1997 yilda yopildi. 1970-yillarda Gollandiyada 
barcha ishlatilgan yadro yoqilg'isini qayta ishlashni talab qiladigan siyosat tanlandi. 
1984 yilda hukumat barcha oraliq va past darajadagi radioaktiv chiqindilar uchun 
uzoq muddatli (100 yil) saqlash joyini yaratishga qaror qildi. 2003 yil sentyabr 
oyida Radioaktiv chiqindilar markaziy tashkiloti yuqori darajadagi chiqindilar 
uchun vaqtinchalik saqlash joyini yaratdi.
Gollandiyaning yagona tijoriy yadro reaktori Borssele bo'lib, u 1973 yilda 
ishga tushirilgan va 2011 yildan boshlab mamlakatda ishlab chiqarilgan elektr 
energiyasining taxminan 4% ni tashkil etadi. U eski Dodewaard atom elektr 
stantsiyasi sinov reaktori bo'lib, keyinchalik milliy tarmoqqa ulangan. 1997 yilda 
Delft Texnologiya Universiteti fizikasi bo'limi tomonidan yaratilgan Delftdagi 
2MW tadqiqot reaktori amaliyotda sinaldi. Ushbu reaktor energiya ta'minoti uchun 
emas, balki tadqiqot uchun neytron va pozitron manbai sifatida ishlatilmoqda.
3.3.5. Sanoat 
Zamonaviy Gollandiya sanoatining rivojlanishi nisbatan kechroq, ya'ni 1870-
yillarda boshlandi va 1930-yillarning Buyuk Depressiyasida ishlab chiqarish ham 
o'sdi. Ikkinchi jahon urushidan keyingi rivojlanish aholining o'sib borishi va 
fermerlarning mehnatga bo'lgan ehtiyojning ortishi har yili o'n minglab ish 
o'rinlarini yaratishni talab qilar edi. Ishlab chiqarish sanoati XXI asrning boshlarida 
ishchi kuchining deyarli beshdan bir qismini tashkil qildi. Ammo, ishlab chiqarish 
qiymatining sakkizdan bir qismini tashkil etgan sanoat endilikda og‘ir sanoat bilan 
birgalikda yengil sanoatga ham juda katta e‘tibor qaratildi. Oziq -ovqat va 



Yüklə 24,14 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   273   274   275   276   277   278   279   280   ...   866




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin