XORIJIY MAMLAKATLAR IQTISODIYOTI
- 450 -
Mamlakatning umumiy maydonining o'ndan bir qismiga doimiy ekinlar ekiladi.
Qishloq xo'jaligi 1990-yillarning iqtisodiy o'tishiga qadar Vengriya eksportining
deyarli to'rtdan bir qismini tashkil etar edi. Bu davrda chorvachilik zaxiralari uchdan
bir qismga kamaydi va qishloq xo'jaligi mahsulotlari
eksportining yarmi
qisqarishiga olib keldi
281
.
Jamoachilikning (Kollektivizatsiya) dastlabki davri (1948-61) so'ng, vengrlik
kooperativlar xususiy fermerlikni o'zlashtira boshladilar.
Xususiy yer-uchastkalarda
jamoa xo‘jaliklaridan sakkiztasi tashkil etilgan bo‘lib mamlakat qishloq xo'jaligi
mahsulotlarining uchdan bir qismini yetishtira boshladi. Vengriya qishloq xo'jalik
yerlarining beshdan bir qismi davlat xo'jaliklariga tegishlidir. 1990 yildan buyon
yerlar imtiyozli deb topilib, qishloq aholisining ayrimlari
qayta tashkil etilgan
kolxozlarda qoldi.
Bug'doy va makkajo'xori mamlakatning eng muhim ekinlari hisoblanadi.
Boshqa ekinlar sifatida shaker lavlagi, kartoshka, pista urug'i va mevalar (ayniqsa
olma, uzum va o'rik) larni aytishimiz mumkin. Shimoliy Tog'lar
hududida
joylashgan bog'bonlik ham muhim ahamiyatga ega. Vengriyada yirik qoramol,
qo'ylar va parranda go'shti yetishtirildi. Ammo hayvonot mahsulotlarini
yetishtirishga
qarshi
kurashda
hukumatning
sa'y-harakatlari
natijasida
chorvadorlikdagi sezilarli pasayish 1990-yillarda sodir bo'ldi. 2016
yilda qishloq
xo'jaligi yalpi ichki mahsulotning 4,3 foizini, oziq-ovqat sanoati esa deyarli 7,7
foizini egallagan edi. Vengriya qishloq xo'jaligi deyarli o'z-o'zidan ta'minlangan va
an'anaviy sabablarga ko'ra eksportga yo'naltirilgan: qishloq xo'jaligi eksporti
umumiy hajmining 20-25% ni tashkil qiladi. Vengriyaning umumiy yer
maydonining deyarli yarmi qishloq xo'jaligi ekin maydonlari hisoblanadi.
Bu raqam
boshqa Yevropa İttifoqi a'zolarining orasida muhim ahamiyatga ega. Bu
mamlakatning qulay sharoitlari, shu jumladan, kontinental
iqlim va Vengriyaning
landshaftining yarmini tashkil etadigan tekisliklar bilan bog'liq
282
.
281
https://www.britannica.com/place/Canada/Agriculture-forestry-and-fishing
282
https://www.britannica.com/place/hungary