XORIJIY MAMLAKATLAR IQTISODIYOTI
- 566 -
Moliya
Bank sektori 1990 yillar oxiridan boshlab makroiqtisodiy barqarolikni
ta‘minlash maqsadida monetary siyosat takomillashtirish bilan mustahkamlandi.
Sektorga ayni paytda xususiy va chet el kapitallar jalb qilingan bo‘lib, Italya,
Avstriya va Nemis banklari yetakchilik qilmoqda. Xorvatiya
banklari axborot va
kommunikatsion texnologiyalar sohasiga katta miqdorda sarmoya kiritgan. Shuning
uchun Internet, telefon va mobil banklar xizmati keng qamrovli xizmat ko‘rsatadi.
Plastik kartochkalar bo'yicha valyuta operatsiyalar
shaharlarda odatiy hol
hisoblanadi. Mamlakatda xalqaro hamjamiyat bilan aloqalar samarali yo‘lga
qo‘yilgan bo‘lib keng ko‘lamli valyuta kreditlari milliy iqtisodiyotning yetakchi
sohalariga yo‘naltirilgan. Ijtimoiy hayot tizimi yangi darajaga ko‘tarilib ishsizlik
nafaqa badallari keng miqiyosda ajratidi.
Moliyaviy sektorda muntazam
islohotlarni amalga oshirish natijasida narx barqarorligiga erishish, investitsion
jozibadorlikka va erkin faol tadbirkorlikka keng yo‘l ochildi.
Xorvatiya Milliy
banki barcha operatsiyalarning muvofiqligini ta‘minlaydigan davlat tashkilotidir.
So'nggi moliyaviy muvofiqlashtirishga qaramay, soliq qarzlari va risklar
yuqoriligicha qolmoqda. 2017 yilda davlat sektorida ish haqining miqdori 6 foizga,
2016 yil oxirida kichik soliq islohoti amalga oshiriladi.
Ijtimoiy sohada
kechiktirilgan islohotlar va faxriylarga ajratiladiga imtiyozlar kengaytirilishi
ijtimoiy tarmoqlarga sarf-xarajatlarni kamaytirdi. Qarzni qayta moliyalashtirishga
bo'lgan talablar YaIMning 11 foizida yoki kelgusi
uch yil davomida umumiy
daromadlarning 27 foizidan yuqori bo'lib, qat‘iy moliyaviy siyosatini talab etmoqda.
Dostları ilə paylaş: