- 918 - 6.2.6. Xizmatlar sohasi Mamlakatda xizmat ko'rsatish sektori juda katta ish bilan band sohalar
uyg‘unligi bilan ajralib turadi. Ayniqsa, Vellingtonda davlat sektorining bosh
idoralari joylashgan. Turizm ham iqtisodiyotining muhim qismi hisoblanadi.
Moliya Yangi Zelandiya zahira banki 1934 yilning 1 avgustida Yangi Zelandiya
markaziy banki sifatida tashkil etilgan. O'sha vaqtga qadar Yangi Zelandiya pul-
kredit siyosati Birlashgan Qirollikda o'rnatilgandi va Yangi Zelandiya Poundi
xususiy banklar tomonidan muomalaga chiqarildi. Yangi markaziy bank Yangi
Zelandiya hukumatining pul-kredit siyosatini birinchi marta nazorat qilishiga imkon
berdi. Yangi Zelandiya 1967 yilda Yangi Zelandiya dollari kiritilgunga qadar o'z
funtini
ingliz
funtiga
ayrboshlab,
sterling
hududining
bir
qismiga
aylandi.Shuningdek, dollar o'rniga Avstraliya dollari joriy etildi.
Mamlakatda yillar mobaynida bir qancha yirik davlat va xorijiy savdo tijorat
banklari paydo bo'ldi. Bugungi kunda barcha banklar Zahira bankda ro'yxatga
olinishi kerak va mamlakatning milliy valyutasi Yangi Zelandiya dollarini qabul
qilishi kerak.
1980-yillarning boshlarida moliya sektori tartibga solish yo'li bilan
o'zgartirildi.
Hukumat
turli
moliyaviy
institutlarning
xizmatlari
bo'yicha
cheklovlarni yengillashtirdi va tijorat banklari imtiyozli imkoniyatlarini yo'qotdi.
Kapital bozori yangi, ko'pincha chet el bank tizimiga xos bo'lgan xususiy
muassasalar va boshqa bir necha barqaror valyutalarga nisbatan erkin valuiya
munosabatlarini yaratish bilan raqobatbardosh bo'ldi. Ko'plab tartibga solinmagan
moliyaviy institutlar milliy va global iqtisodiy siyosatga nisbatan zaiflashgan va
moliyaviy bozorlarni yanada tartibga solishga qaratilgan bosim kuchayib bordi.
Yangi Zelandiya YaIM tarkibida xizmatlar 2018 yilning birinchi choragida
40,801 mlrd. NZDni tashkil qildi. 2017 yilning to'rtinchi choragida esa bu
ko‘rsatkich 40,529 mlrd NZDni qayd etdi. 1987 va 2018 yillar oralig'ida o'rtacha
26,582 mlrd. NZDni tashkil qilgan bo‘lsa, 2018 yilning birinchi choragida esa,