Xorijiy mamlakatlardagi maktabgacha ta'lim tizimi faoliyatlari


Maktabgacha ta'lim tizimi Germaniya ta'limi



Yüklə 3,06 Mb.
səhifə2/3
tarix20.09.2023
ölçüsü3,06 Mb.
#146239
1   2   3

Maktabgacha ta'lim tizimi Germaniya ta'limi

  • Maktabgacha ta'lim tizimi Germaniya ta'lim tizimida muhim bosqich hisoblanadi. Maktabgacha ta'lim bolalar bog‘chasida (Kindergarten) amalga oshiriladi. Bolalar bog‘chasiga 3-6 yoshdan maktab yoshigacha borishadi. Rivojlanishdan orqada qolgan yoki yoshi mos bosqichga yetmagan bolalar maktabgacha sinflarda (nem. Vorklassen) va maktablar qoshidagi bolalar bog‘chasida (nem. Schulkindergarten) tahsil oladilar. Bu bog‘chalar alohida Feda qoidasiga ko‘ra yoki maktabgacha sektorga yoki boshlang‘ich ta'lim sektoriga bo‘ysinadi.
  • Maktabgacha ta'lim majburiy emas, lekin ko‘pgina Feda rivojlanishda orqada qolgan bolalar uchun majburiy hisoblanadi. Bolalar bog‘chalari ta'limning quyi bosqichi hisoblansada, lekin u davlat tizimi tarkibiga kirmaydi. Bog‘chalarni mablag‘ bilan ta'minlash turli jamoat tashkilotlari, xayriya birlashmalari, korxonalari, xususiy shaxslar, diniy muassasalar zimmasida. Germaniyada 3 yoshdan 6 yoshgacha bo‘lgan bolalarning 80% bog‘chalarga qatnaydilar.

Maktabgacha ta'lim Janubiy Koreyada

  • Janubiy Koreyada bolalar bog‘chasi umumta'lim turiga kirmaydi. Ota-onalar farzandlarini xususiy maktabgacha muassasalarga beradilar. Bu muassasalarda mashg‘ulotlar koreys tilida, ingliz tilida, ba'zilarida faqat ingliz tilida olib boriladi. Bolalar bog‘chasiga 3 yoshdan 5 yoshgacha qabul qilinadi. Bolalar bog‘chasining asosiy vazifasi oilalarni har tomonlama rivojlanishi uchun sharoit yaratishdan iborat. Bog‘chalarda asosan musiqa, rasm, hisoblash darslari o‘tiladi. Koreys bog‘chalarida bolalarda mustaqillikni shakllantirishga katta e'tibor beriladi. Bolalar yoshi orasidagi farq 3 yilgacha bo‘lishi mumkin

Kanada maktabgacha ta'lim tizimi

  • Kanadaliklarning eng muhim yutuqlaridan biri - bu ularning ta'lim tizimidir. Ilg‘or universitet va kollejlardagi ta'lim sifati juda yuqori va Kanada diplomlari butun dunyoda tan olinadi. Xalqaro reytingda Kanada ta'limi AQShdan keyin ikkinchi o‘rinda turadi.
  • Kanadaning turli provinsiyalari o‘quv rejalarida o‘ziga xosliklar ko‘rinadi. Masalan, Kvebek, Ontario, Manitobda maktabgacha muassasada maktabga tayyorlash 2 yil, 4 yoshdan 6 yoshgacha, Albert va Britan Kolumbiyasida 1 yil. O‘quv yili sentyabrning birinchi haftasidan boshlanadi va iyunning oxirgi haftasida tugaydi. Kanada maktablarida ta'limning o‘rtacha davomiyligi 12 yilni tashkil qiladi.
  • 6-7 yoshdan bolalar boshlang‘ich maktabga qatnay boshlaydi va unda 6 yil tahsil olishadi. Manitob va Ontario boshlang‘ich maktablarida o‘qish boshqa provinsiyalardan ko‘ra 2 yil ko‘p davom etadi. 12 yoshdan bolalar o‘rta maktabga o‘tishadi va 16-18 yoshgacha o‘qishadi.

Yüklə 3,06 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin