Xorijiy mamlakatlardagi maktabgacha ta'lim tizimi faoliyatlari


Maktabgacha ta'lim Belgiyada



Yüklə 3,06 Mb.
səhifə3/3
tarix20.09.2023
ölçüsü3,06 Mb.
#146239
1   2   3

Maktabgacha ta'lim Belgiyada

  • Belgiyada maktabgacha ta'lim (MT) 2,5 yoshdan 6 yoshgacha davom etadi. 2,5 yoshga yetganda bolalarni maktabgacha ta'lim tashkilotiga berishadi, shu sababli guruhdagi bolalar soni yil davomida o‘zgarib boradi. Maktabgacha ta'lim guruhlarining asosiy maqsadi: bolalarning bilish, bilim orttirish (kognitiv), kommunikativ va ijodiy qobiliyatlarini rivojlantirish hisoblanadi. Mashg‘ulotlar o‘yin shaklida olib boriladi. Maktabgacha ta'lim majburiy ta'lim dasturiga kiritilmagan bo‘lsada, Belgiyada taxminan 90% gacha bo‘lgan bolalar unga qatnashadi. Ko‘p hollarda maktabgacha ta'lim tashkilotlari boshlang‘ich maktablarga uyg‘unlashgan bo‘ladi.

Fransiya ta'lim tizimi

  • Fransiya ta'limida bolalarning go‘daklik chog‘idanoq maktabda o‘qitish uchun tayyor holda olib kelish g‘oyat muhim masala hisoblanadi. Bu bosqichda tarbiyalanuvchilar quyidagicha tabaqalashtirilgan: kichik guruh (2-4 yosh), o‘rta guruh (4-5 yosh), katta guruh (5-6 yosh). Maktabga tayyorlov guruhi (5-6 yosh) bo‘lib, ularga Fransiyada 100% shu yoshdagi bolalar qamrab olingan. Bolalarni maktabga tayyorlash uchun alohida dastur va darsliklar mavjud.

AQSh ta'lim tizimi

  • Amerika Qo‘shma shtatlarida ta'lim tizimining tuzilishi quyidagicha: bolalar 3 yoshdan 5 yoshgacha tarbiyalanadigan maktabgacha tarbiya muassasalari;
  • 8 - sinflargacha bo‘lgan boshlang‘ich maktablar (bunday maktablarda 6 yoshdan 13 yoshgacha o‘qiydilar);
  • 9 – 12 - sinflardan iborat o‘rta maktablar (bu maktablarda 14-17 yoshgacha bo‘lgan bolalar ta'lim oladilar). U quyi va yuqori bosqichdan iborat.
  • Amerika Qo‘shma Shtatlarida navbatdagi ta'lim bosqichi oliy ta'lim bo‘lib, u 2 yoki 4 yil o‘qitiladigan kollejlar hamda dorilfununlardir. AQShda majburiy ta'lim 16 yoshgacha amal qiladi. Bu mamlakatdagi o‘quv yurtlari davlat, jamoa tasarrufida, xususiy va diniy muassasalar ixtiyorida bo‘lishi mumkin.
  • Amerikada 3 yoshgacha bo‘lgan bolalar tarbiyasi bilan onalar shug‘ullanadilar, lekin ularga hyech qanday imtiyozlar berilmagan. 5 yoshdan esa «Kinder garden» deb ataluvchi tayyorlov muassasalarida ta'lim boshlanadi. Boshlang‘ich maktab 6 yoshdan to 13- 15 yoshgacha bo‘lgan bolalarni qamrab oladi.

Yüklə 3,06 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin