Uyg‘on, ey malagim, tur o‘mingdan tur. Otashin muzlarda isinaylik yur. Yong‘inli daryoda quloch otaylik. Bu yerdan ketaylik, faqat ketaylik.(Rauf Parfi) Ko‘pincha badiiy asar nomlari ham oksyumoron asosida qo‘yiladi. Masalan: “Optimistik tragediya”, “Tirilgan murda”, “Barhayot o‘liklar” kabi. Oksyumoronda muallifning voqelik faktlariga , turli hodisalarga munosabati, ularni ma’lum pozitsiyada turib baholashi badiiy tarzda aks etadi. Tilshunoslik bo‘yicha yaratilgan lug‘atlarda ham uni izohlashda funksional uslubiy xususiyatlari e’tiborga olinadi: “Mantiqan biri ikkinchisini inkor etadigan, bir-biriga qarama-qarshi bo‘lgan ikki tushunchani (ma’nosi birbiriga zid ikki so‘zni) o‘zaro qo‘shishdan iborat uslubiy figura; badiiy adabiyotda obrazlilik, ifodalilik kabi maqsadlarda keng qo‘llanadi”50 :
Kezadir bulutlar boshim ustida. Havo dim. Baqirgan sukunat… (R.Parfi). Go‘zalim, negadir ko‘zingda nam bor? Bu kun ko‘zlaringda nozik bir g‘am bor. (M.Shayxzoda). Umuman, qarama-qarshi ma’nolarni ifodalash xususiyati oksyumoron va antitezani o‘zaro kontrast maydonida birlashtirib tursa-da, ular orasida ma’lum farqlar mavjud.Antitezaning o‘ziga xos jihati shundaki, unda muallif ifodalanayotgan narsa, voqea-hodisaning ma’lum tomoniga o‘quvchi e’tiborini qaratish, ana shu xususiyatini ta’kidlashda uni boshqa narsa, voqea-hodisaning xuddi shunday jihati bilan taqqoslaydi. “Oksyumoronda esa ko‘rganimizdek, ikki bir-biriga qarama-qarshi ma’noli so‘z bir-biriga birlashtiriladi, biri ikkinchisiga nisbatan aniqlovchi sifatida qo‘llanadi. Ammo unda ko‘proq birikishdan kelib chiqqan ko‘chma ma’noga ahamiyat beriladi”51.
Ko‘rinadiki, oksyumoronlar leksik-semantik xususiyatlariga ko‘ra antonimlarga o‘xshaydi. Ammo ular nutq ko‘rinishlarida qo‘llanish immoniyatlari, maqsadi hosil bo‘lish usuli hamda vazifasiga ko‘ra bir-biridan farq qiladi. Ularning badiiy-estetik ta’sirchanlik vazifasi poetik matnlarda yaqqol namoyon bo‘ladi. Atoqli shoir Usmon Azim ijodida qo‘llanilgan “yumshoq nur”, “do‘zaxiy jannat”, Azim Suyun ijodidagi “muz nuri” kabi noodatiy birikmalar individual oksyumoronlardir. Oksyumoronlarning go‘zal namunasini shoir Muhammad Yusufning “Qora quyosh” dostonida ko‘rish mumkin:
U – yorug‘ dunyoda Tengi yo‘q inson, Qadrdon begona. Yovuz mehribon… O‘sha mushtipardan so‘rash lozim bu – Buyuk inson, Buyuk jallod haqida… Uning butun umri Jumboqdan iborat, U ayni adolat, U ayni g‘orat. U oqil buzg‘unchi, u mohir me’mor – Inson suyagidan solgan imorat… Menga juda aziz Uning siymosi, Bir qarasam, Yo‘qdek sira qiyosi. U bir bag‘ri daryo, Bir bag‘ritoshdir, U bir quyosh, Ammo – Qora quyoshdir! Asarda o‘tgan asrda sho‘rolar tuzumi tarixida iz qoldirgan Stalinning ziddiyatli shaxs sifatida tutgan o‘rni, uning xulq-atvoridagi qusurlarni tasvirlashda oksyumoronlar nuhim vosita sifatida ishtirok etgan. She’r oxirida muallifning falsafiy xulosalari “qora quyosh” oksyumoronida umumlashtirilgan.
Xullas, lisoniy olam manzarasini badiiy matnda aks ettirishda zidiiyat voqelikning muhim o‘rinlariga kitobxon e’tiborini qaratish bilan badiiy-estetik ta’sirchanlikni ta’minlaydi. Tilshunoslik fanining hozirgi davrdagi taraqqiyoti matnlarni nutqning turli ko‘rinishlariga xos xususiyatlarni o‘zida aks ettirishini tadqiq etishga qiziqishning tobora ortib borayotganligi bilan xarakterlanadi. Ijtimoiy fan sohalarida matnga murakkab birlik, struktur-semantik hosila, uyushgan kommunikativ yaxlitlik, mantiqiy, grammatik va semantik aloqalardagi ma’noviy tugallanish sifatida qaralishi oksyumoronning o‘ziga xos xususiyatlarini tadqiq etish matn semantikasini o‘rganishning dolzarb masalalardan biri ekanligini ko‘rsatadi.
Tarixiy taraqqiyot natijasida so‘zlarning lug‘aviy maʼnosiga qo‘shimcha ko‘chma maʼnolar ham yuklana boradi. Ko‘chma maʼno faqat nutq jarayonida anglanadi, yaʼni kontekstda namoyon bo‘ladi. So‘zlar kontekstdan ajratib olinsa, o‘zining asl lug‘aviy maʼnosida qanday tushunchani ifodalagan bo‘lsa, o‘sha maʼnoni ifodalaydi. So‘zlarning bunday maʼnolari leksikologiya bilan uzviy bog‘liq bo‘lsa, so‘zlarning nutq jarayonidagi boshqa maʼnolari sintaksis birlik tarkibida yaqqol namoyon bo‘ladi hamda sintaksis bo‘limida o‘rganiladi.
Nutqda so‘zlar bir-biri bilan bog‘lanishi natijasida so‘z birikmasi, gap kabi sintaktik birliklar hosil bo‘ladi. Bunda maʼlum grammatik meʼyorlarga amal qilish lozim bo‘ladi. So‘zlar o‘zaro bog‘langanda, to‘g‘ri kelgan har qanday ikki so‘z bir-biri bilan birikavermaydi. Grammatik meʼyor so‘zlarning o‘zaro birikishi uchun tegishli sharoitlarni taqozo etadi. Avvalo, maʼnolarda mushtaraklik bo‘lmasa, so‘zlar bog‘lana olmaydi. Masalan, qiyoslaymiz:
Yurtim bo‘ylab uyg‘ongan bahor, Yuragimda yoshargan sevgi. Tog‘larda ham erimoqda qor, Ko‘zlarimda yam-yashil kulgi. (Tursun Ali) Birinchi sheʼriy parchadagi yam-yashil o‘tloq birikmasi grammatik meʼyorga mos odatiy birikma, ammo ikkinchi sheʼriy parchadagi yam-yashil kulgi esa grammatik meʼyorga mos emas, yaʼni g‘ayriodatiy birikma hisoblanadi. Chunki yam-yashil kulgi birikmasida yashil so‘zi (sariq bilan ko‘k rang o‘rtalig‘idagi, barg yoki maysa rangiga ega bo‘lgan rang) maʼnosini bildirib, kuz
bilan ko‘rish imkoniyati mavjud narsaning belgisini, rangini bildiradi, kulgi so‘zi esa (yuz, ko‘z harakatlari yoki turlicha tovushlar bilan xursandligini, zavq-shavqini
ifodalamoq, kulgi ifodalamoq)ko‘z bilan ko‘rish imkoni yuk bo‘lgan hodisaning nomini bildiradi, sovuqsukunat birikmasida ham shunday holat ifodalangan, shuning uchun bu birikmalardagi qismlarning grammatik tabiatida ham mutanosiblik yo‘q. So‘z birikmasi hamda gap tarkibida o‘zaro birikayotgan so‘zlar, avvalo, grammatik va semantik jihatdan bir-biriga mos bo‘lishi kerak. Tilshunos olim N. Mahmudov taʼkidlaganidek, valentlik nomi bilan yuritiladigan bu zaruriyat, ayniqsa, sintaksisda, sintaktik meʼyorlarning shakllanishida
favkulodda ahamiyatga molikdir.
Masalan: o‘qimoq va maktub so‘zlarini olib ko‘raylik. Bu so‘zlar maktubni
o‘qimoq, maktub o‘qimoq shaklida bog‘lanib, so‘z birikmasini hosil qiladi. Chunki ularni umumiy sema birlashtiradi, yaʼni maktub so‘zining maʼnosi “yozilgan; xat, noma; biror kishiga yozib yuborilgan xat, noma” o‘qimoq so‘zining maʼnosi “so‘z, jumla, gap, matn va sh.k. ning yozma shaklini og‘zaki ifodalamoq bo‘lib, “fikrni ifodalash” umumiy maʼno ularning bog‘lanishi uchun imkoniyat yaratadi. Bu kabi birikmalar tarkibidagi qismlar bir-biriga maʼno jihatdan uzviy bog‘lik bo‘lib, semantik mutanosiblik asosida birikkan. Badiiy nutqda so‘zlarning o‘zaro bog‘lanish qonuniyatlari adabiy tildagiga qaraganda birmuncha o‘ziga xos tarzda kechadi. So‘zlarning o‘zaro birikishchegaralari kengayadi. Chunki badiiy nutqda so‘zlarni ko‘chma maʼnoda qo‘llash tendensiyasi juda kuchli. So‘zlar ko‘chma maʼnoda qo‘llanganda esa ularning bog‘lanishidagi cheklanishlar deyarli yo‘qoladi.
Nutq jarayonida ifodalanayotgan so‘zlardagi ko‘chma maʼno so‘zning o‘z maʼnosi bilan uzviy bog‘liq holda namoyon bo‘ladi. Shuning uchun so‘zlarni nutqda ko‘chma maʼnoda qo‘llash turli badiiy usul-vositalarni hosil qiladi. Masalan: ironiya (kinoya), metafora, metonimiya, sinekdoxa, paradoks, antifrazis, oksyumoron, giperbola, litota, o‘xshatish, evfemizm, allyuziya, enantiosemiya, polisemiya, omonimiya, sinonimiya, sinkretizm va boshqalar. Tilimizdagi bunday usul–hodisalarning ko‘p qismi nutqda birikmali shaklda ifoda etiladi. Birikmali shaklda qo‘llaniladigan uslubiy vositalardan biri oksyumorondir. Oksyumoronni shakllantiruvchi komponentlar ham, asosan, ko‘chma maʼnoda qo‘llaniladi. Chunki oksyumoronlar haqida tilshunoslikka oid lug‘atlardan maʼlumki, oksyumoronlar bir-birining maʼnosini inkor qiluvchi, mantiqan bir- biriga zid bo‘lgan so‘zlardan tashkil topadi. Shunday ekan, bu qismlarning biri yoki har ikkisi ko‘chma maʼnoda bo‘ladi. So‘zlarning bog‘lanishiga eʼtibor qaratsak, ular grammatik va semantik jihatdan uzviy bog‘langan bo‘ladi. Oksyumoron usulida esa bunday mutanosiblik buzilgan, yaʼni semantik uyg‘unlik yuqolgan bo‘ladi. Lekin shunga qaramay, oksyumoronlar nutqimizning mazmundor, hissiyotga boy, ekspressiv bo‘lishini hamda o‘zgacha ifodani yoritib berishga xizmat qiladi. Oksyumoron komponentlari o‘z yoki ko‘chma maʼnoda qullanilishiga ko‘ra, turli xil bo‘ladi, yaʼni baʼzan bir xil oksyumoronlarning qismlaridan biri ko‘chma maʼnoda qo‘llaniluvchi birikmalar, baʼzan esa har ikki qismi ko‘chma maʼnoda qo‘llaniluvchi birikmalar yoki har ikki qismi o‘z maʼnosida qo‘llaniluvchi birikmalar. Bunday ifodalanishiga ko‘ra, oksyumoronlarni quyidagicha tasniflash mumkin: