4.Zamon va makon semasi bilan bog‘liq oksyumoronlar: Ko‘ksimdagi qiyomat Bu tun Ko‘ksimga sanchding pichoq, Ey, olisdagi yaqinim. 5.Hid-ta’m bilan bog‘liq oksyumoronlar: Qarg‘alar keldi, qanotlaridan qor hidi ufurar. Cho‘ziq tovushlaridan achchiq qor yog‘a boshlar. Yomg‘ir, shamol turar, barglar chirpirak, Sevgilim, borasan yomg‘ir ostida. Mening-chi, panohda jonimdir halak, Sochlaring to‘zg‘iydi yel qanotida. Yomg‘ir kuchayadi, sovuq o‘rtanar, Sen yelib borarsan ust-boshing yupun. Meni shirin og‘u lazzati qiynar, Baribir, sen tomon ketaman beun.
Erk yo‘li ulug‘ yo‘l Namxush sovuq shamollarga qora bo‘ronlarga Qilich nigohlarga tutib ko‘ksimni achchiq yomg‘irlarda boryapman mardona
6.Rang bilan bog‘liq oksyumoronlar Yop-yorug‘ olamga cho‘kar qora tun, Cho‘kar yuragimga qop-qora tuman. Bo‘m-bo‘sh qo‘llarimga maʼyus boqaman, Ko‘zlarim yig‘laydi, yig‘laydi beun.
Yozning qaynoq kunlarida men seni yo‘qotdim. Quyoshga qarayman-u, Yonayotgan Quyosh qarshisida junjikib ketaman. Quyoshga qarayman, Ko‘zlarim kosasi limmo-lim iltijo ila. Quyosh bo‘lsa yonmoqda oq alanga sochib dunyoga. Ruhim kenliklariga esa qor yog‘moqda. Buncha sovuq bo‘lmasa kunlar?
Yurtim bo‘ylab uyg‘ongan bahor, Yuragimda yoshargan sevgi. Tog‘larda ham erimoqda qor, Ko‘zlarimda yam-yashil kulgi.
Ayoz... Yomg‘ir... Kezinar kuchuk yetaklagan ayol. Ayol beparvo... Mening botinimga esa beto‘xtov yog‘ayotir qip-qizil yomg‘ir