Oksyumoronlarni ma’noviy xususiyatiga ko‘ra quyidagicha guruhlarga ajratishimiz mumkin:
1.His-tuyg‘ular bilan bog‘liq oksyumoronlar:
Sening-la tanhomiz xilvatda,
Mening qonimda-chi ehtiros bo‘roni.
Yuzlarimni bosaman yuzlaringa,
oh, bunchalar sovuq,
Men qanday quchaman o‘lik ehtirosni?..
Maʼyus shodlik o‘rtaydi meni,
O‘tmishlarga yetaklar xayol,
Sen-chi,
Tanho o‘ylaysan neni,
Ey men sevib, sevmagan ayol? (Tursun Ali)
Tobora to‘lib borar o‘ksik yuragim.
Ko‘zlarimga kirib kelar oltmish ikki
yil yashab o‘tgan ustoz Rauf Parfi.
Vo darig‘, balki shoirni she’r iztirobi qiynagan.
Balki uni ilhom parisi hijron o‘tida yondirgan.
Balki, uni sukunat o‘z qabristoniga dafn etgan.
Balki, shoirni o‘lim sog‘inchi olib ketgan. Balki...
2.Inson ko‘rinishi bilan bog‘liq oksyumoronlar:
Ruhim osmonida darbadar shodlik,
go‘yo yashin urgan daraxtman.
Yaqin-yiroqlarni qurshagan tuman,
Shamday miltiraydi oftob ham biroq...
Ey osmon,
Makkor, go‘zal yosuman,
Rangin tuyg‘ularga sig‘magan firoq.
3.Tabiat hodisalari va holatlari bilan bog‘liq oksyumoronlar:
Qish tuni,
oy ham bulutlar ko‘rpasida.
Tevarakni tutib turar
yolg‘iz
sukunatning tovushi.
U kuylar sel kabi,
jim-jit,
hayqirib,
to‘lqinday tebranar sirli siynalar.
Ayqirib kuylaydi,
tovushdan qurib –
yerdan to oygacha poya zinalar... ( Tursun Ali)
Quyosh qoni
Quyosh horib yiqildi,
tirqirab sizindi qoni,
uning qon tomchilaridan yorishdi Osmon.
O‘z yo‘limdan boraman tanho,
Manzilim ham ko‘rinar elas.
Yiroqlardan unsiz bir sado
Chaqiradi,
Undar har nafas.
Tashlandiq quduqqa
sukunat cho‘kkan.
Boqsam,
quduq tubidan
qo‘shiqday yangradi qadimiy
tovushsiz tovush
Dostları ilə paylaş: |