Fazoni his etish. Koordinatsiya qobiliyatlarini fazoni his etishga o’rgatmasdan tarbiyalab bo’lmaydi. Sportchi o’z tana holatini, yo’nalishini, amplituda, masofa, maydonchaning o’lchamlari va to’siqlarni juda yaxshi his qilish, muz, suv, to’p va boshqalarni yaxshi sezishi kerak. Lekin fazoviy hissiyotni to’g’ri rivojlantirish uchun vaqtni his qilishni rivojlantirish, dinamik zo’r berishni juda aniq me’yorlay bilish va bir tekis harakatlanish hislarini tarbiyalash zarur bo’ladi. Fazoni his etishni tarbiyalashda zidma-zid topshiriqlar usulidan, ya’ni (suvga sakrovchilar uchun suvni ko’k tosh bilan bo’yash, ravshan rangli to’plar, snaryadlar, predmetlar va boshqalardan foydalanish), topshiriqlarni belgilangan o’lchovlarda aniq ijro etish, harakatlarning doimiy shaklini o’zgartirish va hokazolardan foydalanish kerak. Bu narsalar mashg’ulot jarayoni harakatlarining barcha predmetlariga programmalashtirilgan mexanizmlar, harakat nusxalari, maketlar, mashq qurilmalari, passiv aylantiruvchi qurilmalarni kiritish tez ma’lum qiluvchi usullardan foydalanish orqali erishiladi. “Muskul sezgisini” tarbiyalash uchun ko’rish analizatorisiz mashq qilish tavsiya etiladi.
Egiluvchanlikni rivojlantirish.Egiluvchanlik-kishining harakatlarni erkin bajara olish qobiliyatidir.
Egiluvchanlik pay-muskullarning qayishqoqligi va kuchiga, bo’g’inlarning harakatchanligiga hamda atrof muhitga bog’liq bo’ladi. Havo haroratining oshishi bilan egiluvchanlik ortadi. U kunning vaqtiga ham bog’liq bo’ladi (ertalab egiluvchanlik kam bo’ladi, tush payti eng katta ko’rsatkichga ega bo’lib, kechqurunga borib susayadi).
Jismoniy tarbiya jarayonida har doim ham ortiqcha egiluvchanlikni mashq qildirish kerak emas, chunki keragidan ortiqcha harakatchanlikning oldini olish oson emas.
Egiluvchanlikning rivojlantirish uchun ikki: aktiv va passiv usulda cho’zish mashqlari qo’llaniladi.
Aktiv harakatlarga sportchining o’zi bajargan yoki sherigi yordamida bajariladigan engashishlar, prujinasimon cho’qqayib o’tirishlar va siltash harakatlari kiradi; passiv harakatlarga ham shu mashqlar kiradi, lekin ular ko’proq harakatsiz holatlar bo’lib, uzoqroq vaqt davom ettiriladi (og’irliklar bilan bajarilishi mumkin). Shuni esda saqlash kerakki, egiluvchanlik mashqlarini albatta kuchni rivojlantiruvchi mashqlar bilan navbatlantirib bajarish zarur. (Mashg’ulotlarning badan qizdirish qismida).